Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma "Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari" va "Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari" fanlaridan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarishga bag'ishlangan. Unda avtomobillarning asosiy ekspluatatsion xususiyatlari, yuk tashish marshrutlarini tuzish, transport vositalarining unumdorligi, ekspluatatsion ko'rsatkichlariga omillarning ta'siri, avtomobillarni tanlash va ularni hisoblash, marshrutda ishlovchi transport vositalarining ish hisobi, avtotransport korxonalari ishini hisoblash kabi muhim mavzular atroflicha yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • TRANSPORT VOSITALARI EKSPLUATASION XUSUSIYATLARI: Avtomobillarning asosiy ekspluatatsion xususiyatlari va o’lchami hamda massa ko’rsatkichlarining joiz chegaralarini o’rganishdir. Avtomobillarni asosiy ekspluatatsion xususiyatlariga quyidagilar kiradi; dinamikligi, yonilg’i iqtisodligi, boshqaruvchanligi, turg’unligi, o’tagonligi, xarakat ravonligi, sig’dira olishligi, mustaxkamligi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’minlashga mosligi ortish-tushirish ishlarini bajarishga mosligi.
  • YUK TASHISH MARSHRUTLARINI TUZISH: Tashish jarayonini amalga oshirishda marshrut tuzish, Transport vositalarining harakat oralig’i, Avtomobillarining ishda bo’lish vaqti, Aylanish vaqti, Yuk ko’tarishdan foydalanish koeffitsienti, Nolinchi qatnov vaqti, Avtomobil unumdorligi, Tashish tannarxi, Avtomobilь harakat grafigini tuzish, Yuklash-tushirishda turish vaqtini kamaytirish kabi masalalar yoritilgan.
  • TRANSPORT VOSITASI HARAKAT GRAFIGINI TUZISH: Grafik bo’yicha yuklarni yetkazish hisoblarini hal etishda amaliy ko’nikma hosil qilish. Grafik bo’yicha yuk tashishning mavjud usullarini o’rganish. Olingan natijalar taxlili. Marshrutlar bo’yicha avtomobillar harakati grafigini qurish metodikasi.
  • SHAHARLARARO YUK TASHISHNI TASHKIL ETISH: Ekspluatatsion xarajatlarni aniqlash bo`yicha mavjud usullar bilan tanishish. Ekspluatatsion xarajatlarni hisoblash bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish. Ekspluatatsion xarajatlarni tahlil qilish.