Texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi
Ushbu kitob "Texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi" fanidan olingan bo‘lib, unda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, ularning texnologiyasi, jihozlar, mexanizmlar va ulardan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar keltirilgan. Kitobda shuningdek, turli tabiiy-iqlim sharoitida avtomobillardan foydalanish, ularning moylash, sovutish, yonilg‘i ta’minlash, tormoz, transmissiya, rul boshqarish tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish hamda elektr jihozlariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jarayonlari hamda ulardan foydalanish bo’yicha batafsil ma’lumotlar berilgan.