Hozirgi o‘zbek tili
Hozirgi Oʻzbek tili
Asosiy mavzular
- Tilshunoslik uchun zaruriy tushunchalar: Bugungi kunda “Hozirgi o‘zbek tili” fanining maqsadi o‘zbek tili substansial xususiyatlarining hozirgi holatini lison va nutq farqlanishi nuqtayi nazaridan tavsiflashdan iborat. Substansial tahlilning bosh tamoyili asosida o‘zbek tili qurilishini yoritishda lisoniy birliklarga umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) va ularning voqelanishi natijasida hosil bo‘lgan nutqiy birliklarga alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat (AHVO) sifatida munosabatda bo‘linadi. UMIS va AHVO tushunchalari sun’iy qisqartmalar emas, balki o‘ta muhim ilmiy-falsafiy va metodologik umumiylik, ta’lim oluvchini ashyoviy fikrlashdan uzib, unda dialektik tafakkur malakalarini hosil qildirishning muhim vositalaridan. Gnoseologiya (bilish nazariyasi)dan ma’lumki, xususiylik umumiylikka (demak, alohidalik/xususiylik umumiylikka, hodisa mohiyatga, voqelik imkoniyatga, oqibatsababga) nisbat berilmaguncha, u ta’riflangan, tavsiflangan, o‘rganilgan deb sanalishi mumkin emas. Shuning uchun lisoniy imkoniyatlar tilshunosligi bo‘lgan substansial tahlilda bular yuksak umumiylikka ega bo‘lgan kategorial tushunchalar sifatida juda muhim.
- Lisoniy munosabat va uning turlari: Falsafada munosabat muayyan sistemadagi elementlarning joylashish tabiati va ularning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi sifatida qaraladi. Masalan, shaxs jamiyatdagi boshqa shaxslar bilan bog‘liq holda yashaydi. Ushbu bog‘liqlik shaxsning munosabatidir. Oila a’zolari orasidagi bog‘liqlik bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Oilada ota bilan ona, ular bilan farzandlar, farzandlar orasida o‘zaro o‘ziga xos munosabatlar oila sistemasining xususiyatini namoyon qiladi. Oilada har bir a’zo (element)ning tutgan o‘rni bor. Bu o‘rin boshqa a’zolarga ta’sir qiladi. Bu oila yaxlitligini va mustahkamligini ta’minlovchi munosabatdir. Ahillik, hurmat-e’tibor, farosat, oilaga e’tiqod oila sistemasidagi munosabatlarning yorqin ko‘rinishlaridir. Paradigmatik munosabat, iyerarxik munosabat va sintagmatik munosabat bu munosabatlarning asosiy turlaridandir. Paradigmatik munosabatda leksema birliklar bir-birini eslatib turadi, iyerarxik munosabatda esa birliklar boshqa birliklar tomonidan qamrab olinadi, sintagmatik munosabatda esa birliklar bir-biriga moslashadi va bir-biriga bog‘lanadi.
- Leksik-semantik munosabatlar: Tilda leksemalar orasida turli xil munosabatlar amal qiladi. Ba’zi munosabatlar ma’no asosida bo‘lsa, boshqalari orasida shakliy munosabatlar mavjud. Shu boisdan leksemalararo munosabatlarni ikkiga ajratish mumkin: 1) leksik-semantik munosabatlar; 2) leksik-shakliy munosabatlar. Leksik-semantik munosabat deganda leksemalarlarning o‘zaro ma’no asosidagi o‘xshashlik va farqlari tushunilsa, leksik-shakliy munosabat sifatida leksemalarning o‘zaro shakl asosidagi o‘xshashlik va farqlari e’tiborga olinadi. Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo‘ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabatlardir. Leksik-shakliy munosabatlar sirasida omonimiya (shakldoshlik) va paronimiya (talaffuzdoshlik) hodisalari qaralib, ular bevosita til strukturasiga daxldor bo‘lmaganligi sababli bizning tahlil obyektimiz sifatida qaralmaydi.
- Leksema sememasi va uning tarkibi: Har qanday butunlik qismlarga bo‘linganligi yoki qismlardan tashkil topganligi kabi leksemaning mazmuniy tomoni – sememasi o‘ziga xos elementlardan – semalardan tashkil topadi. Sema termini grek tilidan o‘zlashgan bo‘lib, “belgi”, “ramz”, “ishora” degan ma’nolarni bildiradi. Semema elementlar, ya’ni semalarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, bu jihatidan kimyoviy moddalarni eslatadi. Masalan, kimyoviy moddalar molekula bo‘lib, ular o‘ziga xos elementlar, ya’ni atomlardan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ataladi. Nomemaгрек тилидан morfema, sonema, leksema, semema so‘zlariga qiyosan yasalgan. Sonema morfemalarning tovush qobig‘ini anglatsa, nomemadeganda leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. Masalan, kitob leksemasining tashqi tomoni k + i + t + o + b tovushlari yig‘indisi. Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema грекча σημαίυω so‘zidan olingan bo‘lib, “ifodalayman” degan ma’noni bildiradi. U tilda fonema, morfema, leksema so‘zlariga o‘xshash shaklda qabul qilingan. Семема ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema – leksemaning ichki jihati.