Hozirgi zamon davlat va huquq nazariyasi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Toshkent Davlat Yuridik Instituti tomonidan nashr etilgan bo'lib, huquqshunoslik sohasida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Kitobda hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari, huquqni amalga oshirish shakllari, qonuniylik va huquqiy tartibot masalalari kabi dolzarb mavzular yoritilgan. Mualliflar huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, qonunchilikni takomillashtirish kabi muhim vazifalarni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga harakat qilganlar.