Chet tili darslarida loyiha ishlari qo'llanishining ahamiyati

Diplom ishi nemis tili darslarida loyiha usullarini qo'llash masalalariga bag'ishlangan. Unda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning talablari, nemis tilini o'qitishda qo'llaniladigan metodlar, loyihalash tartibi va bosqichlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, darsni loyihalashda bo'lajak pedagog bilishi zarur bo'lgan asosiy jihatlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Darsni loyihalash metodlari: Pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta'minlash, natijalarni ko'ra bilish, rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi. Loyihalash ta'limning ijtimoiy, pedagogik maqsadlarga tayangan holda, pedagogik jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiya hisoblanadi.
  • Nemis tili darslarida o'quv jarayonining asosiy yo'nalishlari: Mashqlar tizimi holida bo'lishligi ularning muvaffaqiyatli qo'llanilishining eng birinchi va asosiy xususiyatidir. Chet tillarini oʻqitishda qoʻllaniladigan mashqlarning ayrim tip va turlari qanchalik samarali boʻlsa, ular til oʻrganishning butunlay muvaffaqiyatli bo'lishligini belgilaydi.
  • Nemis tili fanida og'zaki nutq shakllarining o'zaro bog'lanishi: Og'zaki nutq shakllarini oʻzaro bog'lanishida fonetika va talaffuz muhim o'rin tutadi. Talaffuzni o'rgatishda approksimatsiya prinsipiga amal qiladi. O'quvchilarning fonologik ma'noga ta'sir qiladigan xatolarga yo'l qo'ymaydi, ma'noga ta'sir qilmaydigan xatolarga yo'l qo'yish mumkun.
  • Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi: Loyihalash ishlarining har xil bo'lishi mumkun. Sinf o'qituvchisi tematik va metodik darsni oldindan tayyorlaydi, o'quvchilar uchun yozish materiali yoki varaqlarini tayyorlaydi. Har bir guruh vakili oʻz guruhiga xulosasini eshittiradi yoki loyihalangan ishini sxemasini chizib koʻrsatadi.