Nisbiylik va kvant nazariyalari tarixi

Ushbu kitobda nisbiylik va kvant nazariyalari tarixi, ularning shakllanishi va rivojlanishi, hamda bu nazariyalarning asosiy qoidalari, fizik hodisalarni tushuntirishdagi oʻrni va amaliy qoʻllanishlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kitob fizika va falsafa bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Nisbiylik nazariyasining shakllanishi va rivojlanish tarixi: Nisbiylik prinsipi, efir haqida tasavvurlar, harakatdagi jismlar optikasi va elektrodinamikasi, fazo va vaqt haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi, maxsus va umumiy nisbiylik nazariyalari, ularning tajribada tasdiqlanishi.
  • Kvant nazariyasining shakllanishi va rivojlanish tarixi: Atomizm va korpuskula haqida tasavvurlar, muvozanatli nurlanish qonunlari, kvant tushunchasining paydo boʻlishi, foton haqida, korpuskulyar-toʻlqin dualizmi, atomning murakkab tuzilishi. Bor atomi, kvant mexanikasining yaratilishi, kvant elektronikasining yaratilish tarixi.