Sholining ikkilamchi xom ashyosidan oqsil lipidli konsentrat olish

Ushbu bitiruv malakaviy ishda guruch chiqitidan oqsil-lipidli kompleks ishlab chiqarish texnologik liniyasining loyixasi yaratilgan. Quritgich asosiy uskuna sifatida tanlanib, uning ishlash prinsipi, hisoblari keltirilgan. Mazkur bitiruv malakaviy ishda keltirilgan ma'lumotlar asosida iqtisodiy samarali texnologiyalar ishlab chiqishda foydalanish imkonini beradi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Oziq-ovqat mahsulotlarining insonning normal rivojlanishi va faoliyati, salomatlikni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, keksayish jarayonini sekinlashtirish va umrni uzaytirish uchun zarur bo'ladigan to'yimli va sifatli moddalar bilan kerakli darajada ta'minlanishiga bog'liq. Oziq-ovqat muammosi doimo kishilik jamiyati oldida turgan eng muhim muammolardan biri bo'lib kelgan. Oziq-ovqat xom ashyolarining va tayyor mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, ularning olinish usullari to'g'risida tasavvurga ega bo'lishni, mahsulotlarni olish va pishirish paytida sodir bo'ladigan jarayonlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishni talab qiladi. Yildan-yilga biz oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ko'proq energiya sarflaymiz, buning ustiga, ovqatda yig'iladigan energiya, uni ishlab chiqarishda sarflanadigan energiyaga nisbatan ancha sekinlik bilan o'sadi. Guruchni qayta ishlash sanoati rivojlanib borayotgan bir davrda, unda hosil bo'ladigan ikkilamchi xom ashyolarni kompleks qayta ishlashni tashkil etish muxim masaladir.
  • Ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy nazariy asoslari: Guruch yormasini kimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymatining tahlili. Tarixiy manbalardan ma'lumki, guruch inson tomonidan etishtiriladigan donli mahsulotlar orasida eng qadimiysi bo'lib hisoblanadi. Guruchning kimyoviy tarkibi turli xil ozuqaviy elementlar, vitaminlar, makro va mikroelementlar, biologik faol moddalarga boydir. Guruchdan olingan oqsil -lipidli kompleks engil xazm qilinishi bilan qadrlanadi. Undan bolalar ovqatini tayyorlashda, muzqaymoq, qandalot maxsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
  • Asosiy uskunaning ishlash prinsipi va uning texnik tavsiflari: Quritgichlar ishlash prinsipiga koʻra davriy va uzluksiz boʻladi. Davriy ishlaydigan quritgichlarda oqsil-lipidli konsentratni amalga oshiriladi va quritgichni konstruksiyasiga qarab quritish jarayoni bir necha soat davom etadi. Uzluksiz ishlaydigan quritgichlarda oqsil-lipidli konsentrat katta bo'lmagan portsiyaarda uzluksiz uzatiladi va quruq oqsil-lipidli konsentrat ham uzluksiz chiqadi.
  • Xom ashyolar tavsifi: Sholi - suvni yaxshi ko'radigan, issiq-sevar sug'oriladigan zonalarda etishtiriladigan va yuqori hosildorlikka ega boʻlgan ekin hisoblanadi. SHoli Respublikamizda etishtiriladigan asosiy don ekinlaridan biridir. SHolidan guruch yormasi olinadi. Guruch shakl jihatidan uzunchoq (ingichka va yoʻgʻon) va dumaloq boʻladi. Guruch gul qobiqli don hisoblanadi. Guruch asosan oziq-ovqat mahsulotlarida ishlatiladi. Guruch yormasi eng qimmatli yorma mahsulotlaridan biri hisoblanadi.
  • Iqtisodiy qism: Ishlab chiqarish dasturi - mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmi (natural va qiymat ifodasida). Ushbu jadvalda loyixa boʻyicha ishlab chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot turi, uning oʻlchami, natural ifodadagi va qiymati boʻyicha mahsulotning hajmi va 1 oʻlcham mahsulotning sotiladigan narxi qayd etiladi. Hisob tartibi: 5 grafada loyixa boʻyicha mahsulotning 1 yillik hajmi qayd etiladi. 6 grafa = 4 grafa x 5 grafaga. 1. Korxona i/ch sarflari va ularning guruxlanishi. Umumiy koʻrinishda ishlab chiqarish sarf xarajatlar (maxsulot, ishlar, xizmatlar tannarxi) ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanilgan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilg'i, quvvat, asosiy fondlar, mexnat resurslari, xamda ishlab chiqarish va maxsulotni sotishga sarflangan boshqa qolgan xarajatlarning qiymatlarni aks ettiradi.
  • Xulosa: Mazkur bitiruv malakaviy ishimda guruch chiqitidan oqsil-lipidli kompleks ishlab chiqarish texnologik liniyasining loyixasi yaratildi. Asosiy uskuna sifatida quritgich tanlandi. Quritgichning ishlash prinsipi, va uning ishlash hisoblari keltirildi. Mazkur bitiruv malakaviy ishimda keltirilgan ma'lumotlar asosida iqtisodiy samarali texnologiyalar ishlab chiqshda foydalanish imkonini beradi.