Optimal va adaptiv boshqarish sistemalari
Ushbu kitobda avtomatlashtirishning asosiy tushunchalari, texnik vositalari, rivojlanish bosqichlari, zamonaviy yo‘nalishlari, jumladan, pnevmatik, gidravlik va elektr tizimlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, nazorat organlari, avtomatik rostlagichlar va ular bilan ishlash bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, har bir mavzu bo‘yicha test topshiriqlari va qo‘shimcha adabiyotlar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Avtomatlashtirishning texnik vositalari: Avtomatlashtirish tizimlarining asosiy tushunchalari, texnik vositalarning turlari, rivojlanish bosqichlari, zamonaviy yo‘nalishlari, klassifikatsiyasi, qo‘llash sohalari va tipik tavsiflari.
- Pnevmatik va gidravlik tizimlar: Avtomatik rostlash tizimlarini pnevmatik va gidravlik vositalar asosida tuzish tamoyillari, ikkilamchi pnevmatik asboblar, boshqarish stansiyalari, funksional bloklar va yordamchi qurilmalar, pnevmatik vositalar majmuasi asosida tuzilgan boshqarish sistemalarining tipoviy variantlari, gidroavtomatika vositalarining elementlar bazasi, gidravlik rostlagichlar, elektrogidravlik va pnevmogidravlik o‘zgartirgichlar va yordamchi vositalari, pnevmokuchaytirgich, pnevmorostlagichlar.
- Elektr ijro mexanizmlari: Elektr ijro mexanizmlarga qo‘yilgan asosiy talablar, doimiy tok dvigatellari, o‘zgaruvchan tok dvigatellari, sinxro va asinxron dvigatellar, qadamli elektrodvigatellar, dvigatellarning matematik modelini tuzish va uzatish funksiyasini hisoblash, elektromagnitlar, ularning ishlash prinsiplari, elektromagnit ijro mexanizmlari.
- Ijro etuvchi qurilmalar – umumiy tushunchalar: Ijro etuvchi qurilmalarning umumiy strukturasi va umumiy tashkil etuvchilari, klassifikatsiyasi, ularni o‘rnatishga va ishlatishga qo‘yiladigan talablar, ularni ishlashini ta‘minlovchi bosimlar farqi, siljituvchi kuch va momentlar tushunchalari, asosiy xarakteristikalari, ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash, pnevmatik va gidravlik ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash, dinamik hususiyatlari, differensial tenglamalari, uzatish funksiyalarini topish, kompyuterda modellashtirish.
- Rostlash organlarini hisoblash va tanlash: Rostlash organlarining turlari, umumiy talablar, bir egarli va ikki egarli rostlash organlari, zaslonkali rostlash organlari, uch yo‘nalishli rostlash organlari, shlang ko‘rinishidagi rostlash organlari, kran ko`rinishidagi rostlash organlari, zadvijka ko`rinishidagi rostlash organlari, ularni o`tkazuvchanlik hususiyatlaridan kelib chiqib hisoblash va tanlash, o`lchamlarini hisoblash va tanlash, zatvorni siljish kuchini, momentni hisoblash, dozirovka qiluvchi rostlash organlarini hisoblash va tanlash, pozisionerlar.
- Avtomatik rostlagichlar: Umumiy tushunchalar, avtomatik rostlagichlarning strukturaviy sxemalari, kiritish/chiqarish funksiyalari, boshqarish funksiyalari, yuqori va quyi daraja analog kirish tochkalari, jarayon o`zgaruvchisining aproksimatsiyasi, diapazoni tekshiruvi va filtiratsiyasi, boshqaruv slotlari turlari, skanerlash chastotasi, qisqa muddatli holatlar, jarayon rejimlarining hususiyatlari, blokirovka.
- Avtomatlashtirishning texnik vositalarida aloqa kanallari va tarmoqlari: Bog‘lanish to`g‘risida umumiy tushunchalar, AS interfeys, PROFIBUS, ETHERNET, HART-protokol, CAN-protokol, Golvonometrik bo`lish qurilmasi, ma‘lumotlarning dasturiy nuqtasi, kamutatorlar, konsentratorlar, integratorlar.
- Avtomatlashtirishning texnik vositalarida ma‘lumotlarni qayta ishlashning raqamli qurilmalari: Boshqaruvchi EXM lar, boshqaruvchi hisoblash komplekslari, sanoat kontrollerlari, mikro-EXM, bir kristalli kontrollerlar, avtomatika sistemalarining dasturiy ta‘minoti.
- Programmalashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar: Programmalashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar (PMK) klassifikatsiyasi, ko`p funksiyali kontrollerlar, PMK funksional tarkibi, qo`shimcha bloklar.