Optimal boshqaruvning bir va ikki o’lchovli masalalarini maksimum prinsipi va optimal dasturiy boshqaruv usullari bilan yechish
Ushbu maqolada optimal boshqaruv masalalarini yechish uchun maksimum prinsipi va optimal dasturiy boshqaruv usullaridan foydalanilgan. Diskret maksimum prinsipi va optimal dasturiy boshqaruv algoritmlari keltirilgan. Hisoblash natijalari trayektoriya, optimal boshqaruv va funksionalning minimum qiymati shaklida taqdim etilgan. Maqolada Lagranj masalasi, Boltsa masalasi kabi tushunchalar va ularni yechish usullari ko'rib chiqilgan. Optimal boshqaruvni topishning asosiy munosabatlari, Bellman tenglamasi va uning yechimlari muhokama qilingan. Amaliy masalalar yechish algoritmlari bilan birga ko'rsatilgan.