Echki sutidan pishloq olishning laboratoriya tajriba reglamentini yaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ish "Echki sutidan pishloq olishning laboratoriya tajriba reglamentini yaratish" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda echki sutining o'ziga xos kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlari chuqur o'rganilgan. Tadqiqot jarayonida echki sutidan yuqori sifatli, oziq-ovqat talablariga javob beradigan qattiq pishloq ishlab chiqarishning optimal texnologiyasi ishlab chiqilgan va uning amaliyotga tadbiq etilishi ko'rsatib berilgan. Ishda jahon adabiyotlari va patent materiallaridan foydalanilgan hamda tajriba-tadqiqotlar asosida amaliy natijalar olingan.
Asosiy mavzular
- Mavzuning dolzarbligi: Viloyatimizda yetishtirilayotgan echki sutining kimyoviy tarkibi, boshqa sut emizuvchi hayvonlar sutidan yuqoriligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda viloyatimizda echki sutidan maxsulotlar tayyorlaydigan korxonalar yo'qligi, echki sutidan to'liq foydalanilmayotganligidan dalolat beradi. Echki sutini qayta ishlaydigan korxonalarni tashkil qilinishi ham aholini sifatli sut maxsulotlari bilan ta'minlaydi, balki Xorazm vohasining turizm imkoniyatlarini oshishiga, umumiy ovqatlanish korxonalarida taomlar assortimentini ko'payishiga olib keladi. Echki sutining fizik-kimyoviy va texnologik ko'rsatkichlarini aniqlash va undan turli pishloqlar ishlab chiqarishni optimal texnologiyasini ishlab chiqish va ishlab chiqarish pishloq olishning tadbiq qilish bugungi davrning dolzarb masalasi hisoblanadi.
- Ishning maqsad va vazifalari: Mamlakatimizda yetishtirilayotgan echki sutidan pishloq olishning fizik-mexanik va ekspulatatsion usullarini yaxshilash, O'zbekiston va chet el olimlarining ilmiy ishlari, maqola va monografiyalari, ixtirolariga olingan patentlarni o'rganib chiqish, xalqaro standart talablariga javob beradigan qattiq pishloq olishda sutni qayta ishlashni fizik-kimyoviy, texnologik asoslarini yaratish va amaliyotga tadbiq etish eng muhim vazifadir.
- Tajriba-tadqiqotlar qismi: Ushbu qismda pishloq ishlab chiqarish jarayonining asosiy bosqichlari, ishlatiladigan xomashyo va materiallar, texnologik jarayonlarni grafiklari, tajriba natijalari va ularning tahlili keltirilgan. Jumladan, sutning tarkibi, shirdon fermentining ta'siri, pishloqning namligi va boshqa ko'rsatkichlarning pishloq chiqishiga bog'liqligi o'rganilgan.
- Olingan natijalarni ishlab chiqarishga tadbiqi: Olingan natijalarga asoslanib, echki sutidan yuqori sifatli pishloq ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Bu ishlar viloyatimizda sutni qayta ishlashni rivojlantirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlashga hissa qo'shadi.