Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” fani bo‘yicha ispring quizmaker dasturida interfaol testlar ishlab chiqish

Ushbu bitiruv malakaviy ishida “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” fanining mazmun-mohiyati va “Goʻshtning sifati va biologik qiymati”, “Parranda mahsulotlari” va “Tuxum va tuxum mahsulotlari” mavzulari tanlab olindi va ushbu mavzularni o'qitish metodikasi birinchi marta toʻliq ishlab chiqildi va takomillashtirildi. Mavzular boʻyicha kerakli adabiyotlar oʻrganildi va tahlil qilindi. Mazkur bitiruv ishida “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” fanining mazmun-mohiyati va “Goʻsht sifati va biologik qiymati”, Parranda mahsulotlari” va “Tuxum va tuxum mahsulotlari” mavzulari boʻyicha ma'ruza matni qayta ishlandi. Ta'lim oluvchi bilimini oʻzlashtirishi muntazam va samarali nazorat qilinishi maqsadida oʻquv materiallariga oid nazorat savollari tuzildi. Fanning tanlab olingan mavzulariga tuzilgan rejalar asosida B.Blum taksonomiyasining har bir kategoriyalariga oʻquv maqsadlari (kutiladigan ta'lim natijalari) aniqlandi hamda ular jadvallar shaklida keltirildi. Tanlangan “Goʻsht sifati va biologik qiymati” mavzusini oʻqitish boʻyicha ma'ruza mashg'ulotining texnologik xaritalari tuzildi; Tanlab olingan mavzularni oʻqitish metodikasi ishlab chiqildi. Tanlangan mavzular boʻyicha 11 xil turdagi interfaol testlar ishlab chiqildi va “iSpring QuizMaker” dasturida oʻrgaturvchi dastur yaratildi. Interfaol testlar “iSpring QuizMaker”dasturida chop etilib, foydalanishga tayyor holatga keltirildi. “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” fanidan talabalar bilim, ko'nikma va malakalarini baholash tizimi ishlab chiqildi.

Asosiy mavzular

  • Goʻshtning sifati va biologik qiymati: Goʻshtning ozuqalik va biologik qiymati, goʻshtning sifati va bakteriyalar bilan moslanishi, goʻshtning ozuqa tayyorlashdagi biologik xususiyatlari, insonlar goʻsht orqali asosiy va yuqori qimmatli turli moddalarning olinishi, goʻshtdan zaharlanish omillari, goʻshtni viterinariya jihatidan tekshirish usullari, hayvonni soʻyishdagi texnologik jarayonlar farqi, oqsil sintezi jarayonlari farqini tahlil qilish, aminokislotalar va oqsil moddalar biosintezi jarayonlarini umumlashtirish, aminlanish va qayta aminlanish reaksiyalari, goʻshtning ozuqalik va biologik qiymatini baholash kabi mavzularni oʻz ichiga oladi. Ushbu mavzu boʻyicha interfaol testlar ishlab chiqilgan va foydalanishga tayyor holatga keltirilgan.
  • Parranda mahsulotlari: Parranda goʻshtining kimyoviy tuzilishi, oqsillar, yogʻlar, mineral elementlar, parrandalarning soʻyishdagi jarayonlar, goʻshtning “marmarlik” xususiyati, konserva turlari, qadoqlash jarayoni va semizlik kategoriyalari kabi mavzularni qamrab oladi. Parranda goʻshtining sifatiga qoʻyilgan talablar, uni tahlil qilish, tayyorlash va baholash boʻyicha interfaol testlar tuzilgan.
  • Tuxum va tuxum mahsulotlari: Tuxumning tarkibi, oqsillarning turlari, yogʻlar, vitaminlar va mikroelementlar, tuxumning saqlash texnologiyasi, tuxumning epidemiologik ahamiyati, tuxum mahsulotlari (tuxum kukuni va tuxum melanjini) kabi mavzularni oʻz ichiga oladi. Bu mavzular boʻyicha ham interfaol testlar ishlab chiqilgan va foydalanishga tayyor holatga keltirilgan.