Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

Ushbu tadqiqot ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligi tomonidan Terimiz Davlat Universiteti, Jismoniy Madaniyat Fakulteti, “Jismoniy Madaniyat Nazariyasi va Metodikasi” kafedrasi bitiruvchisi Paygʻamova Atirgul Olim qizi tomonidan tayyorlangan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyevning yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida
  • I BOB. YOSH SPORTCHILARNI JISMONIY TAYYORLASH USLUBIYATI: Yosh sportchilarni jismoniy tayyorlash sport mashg'ulotlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, organizmni harakat tomonlama rivojlantirish, sog'liqni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirish va tayyorgarlikning barcha boshqa turlari uchun mustahkam funksional baza yaratishga yo'naltirilgan jarayon sifatida tushuniladi. Zamonaviy sport sportchilarning jismoniy tayyorgarligiga yuksak talablar qo'ydi. Buni quyidagi omillar bilan izohlash mumkin: 1) sportdagi yutuqlarning o'sib borishi har doim sportchidan jismoniy qobilyatlar rivojining yangi darajasini talab qiladi; 2) jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasi bo'lmish mashg'ulot va musobaqa yuklamalari oshirilishining zaruriy sharti. Qo'llaniladigan vositalarning ta'sir ko'rsatish xususiyati va yo'nalishiga ko'ra jismoniy tayyorgarlikni umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT), yordamchi hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) turlariga bo'lib o'rganiladi. Yosh sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi yuksak natijalarga erishishi uchun poydevor zarur asos hisoblanadi. U quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan: 1) yosh sportchilar organizmining funksional imkoniyatlarini oshirish; 2) jismoniy sifatlar - kuch, tezkorlik, chidamkorlik, epchillik va egiluvchanlikni rivojlantirish; 3) yosh sportchilar organizmining jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni yo'q qilish.
  • II BOB. TADQIQOTNING MAQSADI, VAZIFASI, USLUBIYATI VA TASHKIL ETILISHI: Boshlang'ich maktab o'quvchilarini jismoniy tarbiya darslaridan tashqari harakatli o'yinlar orqali uloqtirish mashqlarining dastlabki holatlariga tayyorlash va kelgusida uloqtirish turlariga jalb qilish. Qo'yilgan maqsadga erishish uchun biz oldimizga qyidagi vazifalarni tanlab oldik: 1. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun uloqtirish harakatini o'rgata-digan harakatli o'yinlarni tanlash va ularni o'quv yili davomida 7-8 yoshli bola-larga o'rgatish; 2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'quv yili davomida jismoniy o'sishlarini test sinovlari orqali tahlil qilish. Oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi vazifalar-uslubiyatlardan foydalandik: Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish; Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'quv jarayonini kuzatish va tahlil qilish; Pedagogik nazorat o'tkazish; Pedagogik tajriba o'tkazish; Olingan natijalarni matematik usullar orqali hisoblash.
  • III BOB. TADQIQOTNING NATIJALARI VA ULARNI TAHLIL QILISH: Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya harakati oldida: jismoniy tarbiya va sportni mehnatkashlarning kundalik hayotiga ko'proq singdirish; yoshlarni kommunistik ruhda tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportdan keng foydalanish; mehnatkashlarning sog'lig'ini yaxshilash va ularni Vatan mudofaasiga tayyorlash va shu singari katta vazifalar turadi. Harakatli o'yinlar esa ana shu maqsadda juda keng qo'llanilib kelinayotgan muhim jismoniy tarbiya va sport vositalaridan biridir. O'yin odamlarga xos faoliyatning muayyan formalaridan biridir. O'yin tushunchasi yosh bolaning shaqildoq bilan bajaradigan oddiy harakatlaridan tortib, kattalarning to basketbol, volleybol, xokkey va boshqa juda ko'p sport turlarida amalga oshiradigan jismoniy faoliyatlarni o'z ichiga oladi. Harakatli o'yinlar o'z navbatida vazifalariga ko'ra uchga bo'linadi: davolash, hordiq chiqarish va o'quv o'yinlari. Davolash- harakatli o'yinlari har xil medisina muassasalarida davolash fizkulturasida, sog'lomlashtirish gruppalarida umumiy ishchanlikni oshirish, yurak faoliyatini mustahkamlash va nafas olish sistemasini rivojlantirish uchun qo'llaniladi. Hordiq chiqarish o'yinlari maktablarda tanaffus vaqtida, bayramlarda, kuni uzaytirilgan gruppalarda istiroxat bog'larida, dam olish uylarida, pioner lagerlarida aktiv dam olishni tashkil qilish maqsadida qo'llaniladi. O'quv o'yinlari esa bolalar bog'chalaridan tortib, to oliy o'quv yurtlarigacha, hammasida harakat malakalarini egallash uchun jismoniy sifatlarni rivojlantirish, umumiy va maxsus jismoniy, psixologik, texnik va taktik tayyorgarlikni yaxshilash hamda rivojlantirish uchun qo'llaniladi.