Tarbiyaviy ihslar metodikasi
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining maqsadi va vazifalari. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarish, ushbu jarayonlarda ta’lim va tarbiyaning sifatini ta’minlash borasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish orqali ularning bo’lajak kasbiy-pedagogik va tarbiyaviy ishlar faoliyati samaradorligini ta’minlashdan iborat. Fanning vazifalari - talabalarga O’zbekiston Respublikasida kasbiy ta’limni rivojlanish tarixi, ta’limning uzluksizligi va davomiyligi, uzluksiz ta’limning maqsadi, mazmuni, tuzilishi, talaba yoshlarning ma’naviy-axloqiy odatlarini tarbiyalash vazifalari, kasb ta’limi muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning asosiy mohiyati, kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiya muammosi, uzluksiz kasbiy ta’lim tushunchalarini, kasb-hunar kollejlarini boshqarish tizimi, talabalarga pedagogik-psixologik bilimlarni umumkasbiy va maxsus fanlarni o’qitish jarayonida tadbiq etishni o’rgatishdan iborat.
Asosiy mavzular
- Fanning maqsadi va vazifalari: O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarish, ushbu jarayonlarda ta’lim va tarbiyaning sifatini ta’minlash borasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish orqali ularning bo’lajak kasbiy-pedagogik va tarbiyaviy ishlar faoliyati samaradorligini ta’minlashdan iborat. Fanning vazifalari – talabalarga O’zbekiston Respublikasida kasbiy ta’limni rivojlanish tarixi, ta’limning uzluksizligi va davomiyligi, uzluksiz ta’limning maqsadi, mazmuni, tuzilishi, talaba yoshlarning ma’naviy-axloqiy odatlarini tarbiyalash vazifalari, kasb ta’limi muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning asosiy mohiyati, kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiya muammosi, uzluksiz kasbiy ta’lim tushunchalarini, kasb-hunar kollejlarini boshqarish tizimi, talabalarga pedagogik-psixologik bilimlarni umumkasbiy va maxsus fanlarni o’qitish jarayonida tadbiq etishni o’rgatishdan iborat.
- Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar: Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar Davlat ta’lim standartidagi malakaviy tavsifga muvofiq ishlab chiqiladi va quyidagicha bayon etiladi. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari, Kasbiy ta’lim qonuniyatlari, kasb-hunar ta’limida guruh rahbari faoliyatini tashkil etish va boshqarish, kasb-hunar ta’limini boshqarish. O‘quvchi shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlari, tarbiya jarayoni jarayoni mohiyati va mazmuni, tarbiya tamoyillari, o’rta-mahsus kasb- hunar ta’limi muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarini tashkil etish tizimi, kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarni tarbiyalash.Kasb-hunar ta’limida ta’lim – tarbiya jarayoni sifatini nazorat qilish. Tarbiyaviy ishlarni olib borishda va o‘quv tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda axborot va pedagogik texnologiyalaridan foydalanish, o’rta mahsus kasb-hunar kolleji o‘quvchilarini ma’naviy axloqiy qiyofasini shakllantirishda adabiy me’rosidan foydalanish, yosh avlod tarbiyasining maqsad va vazifalari, talaba shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlarini bilishi kerak;