Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

Mazkur uslubiy qo'llanma "Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi" fani asosida tayyorlangan bo'lib, unda oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy tavsiflari, ularning sifatini baholash uslublari, kimyoviy tarkibi, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari, saqlash sharoitlari va o'zgarishlar, hamda nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish choralari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Kitobda oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy ko'rikdan o'tkazish qoidalari, jumladan meva-sabzavotlar, go'sht, parranda, baliq, sut mahsulotlari, tuxum, yog'lar, don mahsulotlari, non va makaron mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, ziravorlar, ichimliklar, konteva mahsulotlar va boshqa ko'plab mahsulotlarning sifatini baholash uslublari batafsil yoritilgan. Shuningdek, har bir mavzu bo'yicha nazorat savollari va testlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasiga kirish: Mazkur fanning maqsadi va vazifalari, laboratoriya ishlarini bajarishda texnika havfsizligi qoidalari, oziq-ovqat laboratoriyalarida ishlash tartiblari va jixozlar bilan tanishish.
  • Sabzavot va mevalar mahsulotlarini ekspertizasi: Meva va sabzavotlarning umumiy tavsifi, turlari, navlari, sifatiga talablar, saqlash sharoiti va muddatlari, hamda ularning fizik-kimyoviy va organoleptik ko'rsatkichlari.
  • Go'sht, parranda, va ularni kimyoviy tarkibi va ozuqlik qiymati: Go'sht, parranda, baliq va ularni kimyoviy tarkibi va ozuqlik qiymati, ularning sifatini baholash uslublari, hamda ularda uchraydigan nuqsonlar va ularni bartaraf etish choralari.
  • Sut va sut mahsulotlari, pishloq kabi mahsulotlarini ekspertizasi: Sut va sut mahsulotlari, pishloq va ularning kimyoviy tarkibi va ozuqlik qiymati, ularning turlari, sifati, saqlash sharoiti va muddatlari, hamda ularda uchraydigan nuqsonlar.
  • Tuxum kabi mahsulotlarini ekspertizasi: Tuxum va tuxum mahsulotlari, ularning kimyoviy tarkibi va ozuqlik qiymati, ularning turlari, sifati, saqlash sharoitlari va muddatlari, hamda ularda uchraydigan nuqsonlar.
  • Yog'larni ishlab chiqarish turlari, sifati, saqlash sharoiti: Oziq-ovqat yog'lari turlari, sifati, saqlash sharoiti va muddatlari, hayvon yog'lari, margarin va ularning xom ashyolari, konserva mahsulotlari tarkibidagi miqdorini aniqlash.
  • Don va don mahsulotlari, non va non mahsulotlari, makaron mahsulotlari va ularni ekspertizasi: Don va don mahsulotlari, non va non mahsulotlari, makaron mahsulotlari va ularning sifati, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari, saqlash sharoiti va muddatlari, hamda ularda uchraydigan nuqsonlar.
  • Lazzatli tovarlar: Lazzatli tovarlarning turlari, ovqatlanishdagi ahamiyati, choy va qahva ichimliklarining sifat taxlili.
  • Qandolat mahsulotlari turlari: Kraxmal va kraxmal mahsulotlari, shakar va qand, asal, karamellar, konfetlar, shokolad, pechen’e, kreker, pryaniklar va vaflilarning sifat tahlili.