Xalqaro shartnomalarning shakli, tuzilishi
Ushbu kitob xalqaro shartnomalar mohiyatini, ularning tuzilishi, shakli va ahamiyatini yoritadi. Xalqaro huquqning manbai sifatida shartnomalarning roli, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ishlash tartibi qonuniy asosda tahlil qilinadi.
Asosiy mavzular
- Xalqaro shartnomalar huquqi: Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi, manbalari (odat normalari, konventsiyalar), shartnoma turlari (ikki tomonlama, ko'p tomonlama), universal va mintaqaviy shartnomalar, ularning tuzilish bosqichlari va sub'ektlari.
- Xalqaro shartnomaning shakli: Shartnoma shaklining erkinligi, shartnoma nomlanishi, izohlar (ogovorka), bayonotlar, qo'shilish, og'zaki shartnomalar va ularning yuridik kuchi, O'zbekiston qonunchiligida xalqaro shartnomalar shakli.
- Xalqaro shartnomaning tarkibiy qismlari: Shartnoma tuzilishi: muqaddima (maqsad va prinsiplar), asosiy qism (bo'limlar, moddalar), xulosa qismi (majburiylik, kuchga kirish), ilovalar, shartnomaning amal qilish muddati, tuzatishlar (qayta ko'rib chiqish).
- O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risidagi qonuni: Qonunning mohiyati, shartnomalarni tuzish, bajarish, to'xtatish tartibi, O'zbekiston Respublikasining shartnomalari turlari (davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo), muzokaralar olib borish tartibi, ratifikatsiya, tasdiqlash, e'lon qilish, bajarilishini nazorat qilish.