Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Ushbu kitob "Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" darsligi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent Davlat Texnika Universiteti uchun tayyorlangan. Unda jahon iqtisodiyotining asosiy tushunchalari, rivojlanish tendensiyalari, xalqaro savdo nazariyalari, jahon iqtisodiyoti va uning rivojlanish bosqichlari, milliy iqtisodiyotning jahon xo'jaligiga integratsiyasi, pul-moliya va kredit munosabatlari, jahon valyuta tizimi, jahon moliya bozori, jahon savdo tashkiloti va uning mamlakatlar iqtisodiyotiga ta'siri, Xitoy, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatlari, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy integratsiya, xalqaro tashkilotlar va O'zbekistonning ulardagi ishtiroki, shuningdek, O'zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyasi va rivojlanish istiqbollari kabi muhim mavzular yoritilgan.