Farmatsevtik texnologiya
Dori vositalari va ularning farmakologik xossalariga oid ma'lumotlarni berish, hamda ular asosida ishlatiladigan dorilarni tayyorlash texnologiyasini, sifati va asoslarni tanlash qoidalarini o'rganish.
Asosiy mavzular
- Suspenziyalar – dori shakli sifatida: Suspenziyalar ta’rifi, hosil bo’lish yo’llari, umumiy texnologiyasi. Suspenziyalarning turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar. Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Gidrofil va gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
- Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar: Emulsiyalar ta’rifi, tasnifi, emulsiya turlari va hosil bo’lish nazariyasi. Emulgatorlar ta’rifi, tasnifi. Emulsiya tipini e’tiborga olib emulgator tanlash. GLB ko‘rsatkichini mohiyati. Emulsiya tip va uni aniqlash metodikasi. Emulsiyaning fizikaviy, kimyoviy va mikrobiologik turg‘unligi. Emulsiyalarning sifatini baholash, saqlash va texnologiyasini takomillashtirish.
- Kombinirlangan surtma dorilar tayyorlash qoidalari, sifatini baholash: Aralash tipdagi surtma dorilar tayyorlash, tarkibidagi dorivor moddalar va asoslarning miqdorini aniqlash va samarali texnologiyani tanlash, tayyor mahsulotni jihozlash, saqlash va sifatiga baho berishni bilish, ma’lumotnomalar, adabiyotlarni o‘rganish.
- Linimentlar dori shakli sifatida, umumiy texnologiyasi. Gomogen linimentlar tayyorlash va sifatini baholash: Linimentlar ta’rifi. Linimentlarni dori shakli sifatida afzallik va kamchiliklari. Linimentlarning tibbiy tasnifi, fizik-kimyoviy tasnifi hamda dispersiologik tizim turi bo‘yicha tasnifi. Linimentlarda dispers muhit sifatida qo‘llaniladigan suyuqliklar. Linimentlar tayyorlashning umumiy qoidalari. Linimentlar sifati, saqlash va texnologiyasini takomillashtirish.
- Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash: Geterogen linimentlar ta’rifi va tasnifi. Suspension linimentlar ta’rifi, zamonaviy nomenklaturasi (Vishnevskiy linimenti va b.). Emulsion linimentlar ta’rifi, vakillari (ohakli va uchuvchan linimentlar). Kombinirlangan linimentlar ta’rifi, tayyorlash texnologiyasi. Linimentlarning sifatini baholash, saqlash va texnologiyasini takomillashtirish.
- Steril dori turlari, ularda ishlatiladigan erituvchilar. Aseptika va aseptik blok tushunchasi: Steril dori turlari, ularni tayyorlashda ishlatiladigan erituvchilar. Aseptika tushunchasi. Sterillashning turlari. Konservantlar tushunchasi, qo‘llanilishi oid nazariy ma’lumotlarni berish.
- In’yeksion dori turlari, umumiy va xususiy texnologiyasi, sifatini baholash: In’yeksion dori turlari tasnifi, tayyorlash texnologiyasi, ularning sifatini baholash bilan tanishish, ma’lumotlarni o‘rganish.
- Izotonik konsentratsiyani Vant-Goff, Raul usullari va natriy xlor bo‘yicha ekvivalenti yordamida hisoblash: Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullari.