Isajon Sulton hikoyalarida peyzaj va uning badiiy-estetik funksiyasi
Ushbu bitiruv malakaviy ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fargʻona davlat universiteti, Filologiya fakulteti, Oʻzbek tili yoʻnalishi, 15.44- guruh bitiruvchisi Qodirova Maftuna Rasul qizining "Isajon Sulton hikoyalarida peyzaj va uning badiiy-estetik funksiyasi" mavzusidagi tadqiqot ishini oʻz ichiga oladi. Ishda Isajon Sulton ijodining nazariy va uslubiy jihatlari, xususan, uning hikoyalarida peyzajning oʻrni va badiiy-estetik funksiyasi atroflicha tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Mavzuning dolzarbligi.: Oʻzbekiston jahonga yuz tutib, tobora yuksalish, yangilanish jarayonini boshdan kechirayotgan kunlarda eng dolzarb va muhim nazariy muammolarni tadqiqot markaziga olib chiqish va hal etish mamlakatimiz olimlari oldidagi kechiktirib boʻlmaydigan vazifa boʻlib turibdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ijtimoiy-gumanitar fan sohalarida mazmunan teran va sifat jihatidan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan adabiyotshunoslik fani ham oʻz obyektiga yangicha nazar bilan qarash, asar poetikasiga oid muammolarni chuqurroq oʻrganish, ularni haqqoniy va teran tahlil qilish, yangicha adabiy-estetik mezonlar asosida ish koʻrishga kirishdi.
- Tadqiqotning maqsadi.: Yangi oʻzbek adabiyot rivojida bir qator yorqin isteʼdodlar alohida oʻrin tutadi. Ularning qatorida Isajon Sulton ijodi ham alohida eʼtirofga loyiq. BMI maqsadida yozuvchining uslubiy mahoratini aniqlash, hikoyalarining oʻziga xosligini oʻrganish, asar kompozitsiyasida peyzajning tutgan oʻrni, yozuvchining peyzaj yaratish mahoratini tadqiq etish belgilandi.
- Tadqiqotning vazifalari.: Ushbu bitiruv-malakaviy ishni yoritishda quyidagi vazifalar belgilab olindi: – asar kompozitsiyasida peyzajning oʻrnini tadqiq etish; – tabiat tasviri orqali qahramon ruhiyatini yoritish; – peyzajni chizishda adib mahoratini belgilash; – peyzaj turlarini tahlil qilish; – qahramon xarakterini yoritishda peyzajning oʻrnini aniqlash; – peyzaj vositasida ramziylikning ifodalanishida muallif pozitsiyasini tadqiq etish.
- Mavzuning oʻrganilish darajasi.: Isajon Sulton ijodi bir qator adabiyotshunos olimlar, adabiy tanqidchilar tomonidan muayyan aspektlarda oʻrganilgan. Jumladan, O.Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” (2004), U.Normatovning "Ijodkorning haroratli soʻzi” (2015) asarlari, D.Quronovning "Zavqimdan bir shingil" (2013) risolasi, D.Quronovning “Mutolaa va idrok mashqlari” (2013) kitobi, Y.Solijonovning “Haqiqatning sinchkov koʻzlari” (2009), “Moʻjizalar sehri” (2013) kitoblari, R.Rahmatning "Adabiyotdan chiqish” (2015), U.Ali “Koʻngilga sayr” (2009) kitoblarida Isajon Sultonning ijodi va asar kompozitsiyasida peyzajning tutgan oʻrni yuzasidan adabiy-tanqidiy, adabiy-nazariy qarashlar mavjud.
- Tadqiqotning yangiligi.: Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, Isajon Sulton ijodi boʻyicha ilmiy ishlar qilingan. Adib mahorati, uslubi, xarakter yaratish mahorati kabi masalalar tahlil qilingan. Qissa va romanlari poetikasi haqida ayrim olimlarimiz ilmiy maqolalari mavjud. Biroq adibning hikoyalaridagi peyzajning badiiy-estetik funksiyasi haqida alohida ilmiy tadqiqot amalga oshirilmagan. BMIda adib hikoyalaridagi tabiat tasvirini ilmiy va nazariy jihatdan tahlil qilinishi ishning yangiligini belgilaydi.
- Ishning obyekti.: Ishga yozuvchi Isajon Sultonning “Organik proza”, "Anorganik proza", "Bog`i Eram hikoyalari”, “Tarixiy hikoyalar", "Qaydasan, jannat" hikoyalari turkumi obyekt sifatida tanlandi.
- Ishning tuzilishi.: Ish kirish, ikkita bob, har bir bob ikki fasl, xulosa va adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifasi, oʻrganilish darajasi, ob'yekti, yangiligi, tuzilishi kabi masalalar yoritildi.
- I BOB. ASAR KOMPOZITSIYASIDA PEYZAJNING OʻRNI: Badiiy asarni yaxlit holda oʻquvchiga yetkazish uchun muallif badiiy niyati, ideali, dunyoqarashidan kelib chiqib turli qismlarni bir-biriga mantiqiy muvofiqlikda berilishi kompozitsiya, u shakliy kategoriya hisoblanadi deb manbalarda yozilgan. Lekin agar u faqat shakliy kategoriya bo`lsa, unda asar mazmuniga doir elementlarni qamrab olmasligi kerak bo`ladi. Demak, kompozitsiyaning shakl va mazmun birligini namoyon qiluvchi asosiy asoslardan biri, desak maqsadga muvofiq bo`ladi. Aslida kompozitsiya deganda, odatda, badiiy asardagi shakliy qismlarni badiiy mavzu, gʻoya, muammolar tizimi, epik kechinma, estetik ideal kabilarni ifodalash uchun bir reja asosida joylashtirish, uyishtirish tushuniladi. 'Kompozitsiya (lot. tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o`zi bo`lmaydi, zero har bir unsur asar butunligida o`zining funksiyasiga ega bo`ladi, muayyan gʻoyaviy-badiiy yuk tashiydi. Avvalo, kompozitsiyaning katta qismini sujet tashkil qilishini ta'kidlash joiz. Shu bilan birga, badiiy asar faqat voqealar tizimidangina iborat emas, unda rivoya, tafsilotlar, peyzaj, portret, interyer, lirik chekinish, qistirma epizod, obrazlar tizimi kabi sujetdan tashqari qator unsurlar ham mavjud. Yozuvchi asar qurilishini belgilaganda ularning har birini o`z o`rnida, o`z me'yorida ishlatishi, qismlarni butun bilan mustahkam aloqada bo`ladigan, bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirishi muhim” Demak yozuvchi badiiy asar yaratar ekan, avvalo, o`zi tanlagan hayotiy materiallar mavzu, obraz, sujet, joy, vaqt, turli detallar, obrazlarning tashqi ko`rinishi, ularning kasbi va nutqi kabilarni zarur tartibda joylashtirishi asar kompozitsiyani tashkil etadi. Kompozitsiyaning qurilishi ham san'atkor tanlab olgan va tasvirlagan hayotiy materialga bog'liqdir. Asardagi kompozitsion elementlarning barchasi umumiy maqsadga qaratilgan bo`lishi kerak. Kompozitsiya elementlari: syujet elementlarining tartibi; badiiy qoliplash; qistirma hikoyalar; lirik chekinish, kirish, xotima. syujet liniyalarining joylashishi; obrazlarning joylashishi; qahramonlarning dialog, monologlari, o`z tuyg'ularini ifoda etishlarining o`rni, ichki monologlar; portret xarakteristikasi. Portretda qahramonlar tashqi qiyofasigina emas, ularning ichki dunyosidagi o`zgarishlar ham mujassamlanadi. peyzaj va muhit xarakteristikasi. -badiiy detal. Oʻzbek adabiyotining ko`zga ko`ringan yozuvchilaridan biri Isajon Sulton hikoyalari kompozitsion jihatdan o`ziga xos puxta tashkillanganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Yozuvchi bu masalaga novatorona yondashadi. Bu hatto yozuvchining hikoyalar to`plami kompozitsiyasida ham seziladi. Yozuvchi hikoyalarini turkumlarga tasniflaydi: 1. Organik proza. 2. Anorganik proza. 3. Bog`i eram hikoyalari. 4. Tarixiy hikoyalar. 5. Xun turkimidagi hikoyalar. Yuqoridagi tarzda turkumlarga ajratishi uning o`ziga xos uslubidir. Chunki hech qaysi bir yozuvchi ijodida bunday holatni uchratmaganmiz. Isajon Sulton hikoyalarini mavzulariga, g`oyasiga qarab shunday turkimlarga ajratgan. Yozuvchi har bir kompozitsion unsurning zimmasiga asosiy g`oyani yoritib berishga xizmat qiluvchi muayyan vazifalarni ustalik bilan yuklaydi va ularning chiroyli natijasini asarni o`qish davomida chuqur his qilish mumkin. Adib ijodida inson va tabiat mavzusi muhim o`in tutadi. Buni tasvirlashda esa peyzajdan ham mohirona foydalanadi. Hikoyaladagi tabiat tasviri voqealar rivojida asarning asosiy qismi bo`lib xizmat qilgan. Kundalik hayotimizda, ayniqsa qishloq hayotining har bir qadamida uchrovchi tabiat tasvirlari, voqea-hodisalar asarning kompozitsiyasida ayricha ifodasini topgan. "Qo`riqchi” hikoyasi qishloq hayotida dalalarda eng kerakli va taqdiri hech kimni qiziqtirmidigan yasama qo`riqchining yashash tarzi, uning qalbidagi hech kim eshitmaydigan dil so`zlarini qiziqarli tarzda ochib bergan. Qishloq tasviri, atrof-muhit bir jonsiz qo`riqchi ko`zi bilan idrok etiladi, tasvirlanadi. Tabiat hodisalari, manzaralariga Isajon ramziy ma'no yuklaydi. Tabiat tasviri uning asarlarida shunchaki qahramon ruhiyatini aks ettiradigan qo`shimcha bir vosita emas, balki maqsaddir. U tabiat hodisalari tilida bu olamning inson xayollari yetadigan joyigacha bo`lgan hikmatini aks ettirishga harakat qiladi. To`g`rirog'i, yozuvchi tabiat hodisalarini shunday ma'noli va ta'sir usulda tasvirlay oladiki, biz bu manzaralarni o`qib butun borliqni boshqarib turgan Ollohning irodasini rosmana his etamiz", - deya e'tirof etadi adabiy tanqidchi Rahimjon Rahmat o`z izlanishlarida.
- I.1. Isajon Sulton hikoyalari kompozitsiyasidagi oʻziga xoslik: Badiiy asarni yaxlit holda oʻquvchiga yetkazish uchun muallif badiiy niyati, ideali, dunyoqarashidan kelib chiqib turli qismlarni bir-biriga mantiqiy muvofiqlikda berilishi kompozitsiya, u shakliy kategoriya hisoblanadi deb manbalarda yozilgan. Lekin agar u faqat shakliy kategoriya boʻlsa, unda asar mazmuniga doir elementlarni qamrab olmasligi kerak boʻladi. Demak, kompozitsiyaning shakl va mazmun birligini namoyon qiluvchi asosiy asoslardan biri, desak maqsadga muvofiq boʻladi. Aslida kompozitsiya deganda, odatda, badiiy asardagi shakliy qismlarni badiiy mavzu, gʻoya, muammolar tizimi, epik kechinma, estetik ideal kabilarni ifodalash uchun bir reja asosida joylashtirish, uyishtirish tushuniladi. "Kompozitsiya (lot. tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning oʻzi boʻlmaydi, zero har bir unsur asar butunligida oʻzining funksiyasiga ega boʻladi, muayyan gʻoyaviy-badiiy yuk tashiydi. Avvalo, kompozitsiyaning katta qismini sujet tashkil qilishini ta'kidlash joiz. Shu bilan birga, badiiy asar faqat voqealar tizimidangina iborat emas, unda rivoya, tafsilotlar, peyzaj, portret, interyer, lirik chekinish, qistirma epizod, obrazlar tizimi kabi sujetdan tashqari qator unsurlar ham mavjud. Yozuvchi asar qurilishini belgilaganda ularning har birini oʻz oʻrnida, oʻz meʼyorida ishlatishi, qismlarni butun bilan mustahkam aloqada boʻladigan, bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirishi muhim” Demak yozuvchi badiiy asar yaratar ekan, avvalo, oʻzi tanlagan hayotiy materiallar mavzu, obraz, sujet, joy, vaqt, turli detallar, obrazlarning tashqi koʻrinishi, ularning kasbi va nutqi kabilarni zarur tartibda joylashtirishi asar kompozitsiyani tashkil etadi. Kompozitsiyaning qurilishi ham san'atkor tanlab olgan va tasvirlagan hayotiy materialga bogʻliqdir. Asardagi kompozitsion elementlarning barchasi umumiy maqsadga qaratilgan boʻlishi kerak. Kompozitsiya elementlari: syujet elementlarining tartibi; badiiy qoliplash; qistirma hikoyalar; lirik chekinish, kirish, xotima. syujet liniyalarining joylashishi; obrazlarning joylashishi; qahramonlarning dialog, monologlari, oʻz tuygʻularini ifoda etishlarining oʻrni, ichki monologlar; portret xarakteristikasi. Portretda qahramonlar tashqi qiyofasigina emas, ularning ichki dunyosidagi oʻzgarishlar ham mujassamlanadi. peyzaj va muhit xarakteristikasi. -badiiy detal. Oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan yozuvchilaridan biri Isajon Sulton hikoyalari kompozitsion jihatdan oʻziga xos puxta tashkillanganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Yozuvchi bu masalaga novatorona yondashadi. Bu hatto yozuvchining hikoyalar toʻplami kompozitsiyasida ham seziladi. Yozuvchi hikoyalarini turkumlarga tasniflaydi: 1. Organik proza. 2. Anorganik proza. 3. Bogʻi eram hikoyalari. 4. Tarixiy hikoyalar. 5. Xun turkimidagi hikoyalar. Yuqoridagi tarzda turkumlarga ajratishi uning oʻziga xos uslubidir. Chunki hech qaysi bir yozuvchi ijodida bunday holatni uchratmaganmiz. Isajon Sulton hikoyalarini mavzulariga, gʻoyasiga qarab shunday turkimlarga ajratgan. Yozuvchi har bir kompozitsion unsurning zimmasiga asosiy gʻoyani yoritib berishga xizmat qiluvchi muayyan vazifalarni ustalik bilan yuklaydi va ularning chiroyli natijasini asarni oʻqish davomida chuqur his qilish mumkin. Adib ijodida inson va tabiat mavzusi muhim oʻrin tutadi. Buni tasvirlashda esa peyzajdan ham mohirona foydalanadi. Hikoyaladagi tabiat tasviri voqealar rivojida asarning asosiy qismi boʻlib xizmat qilgan. Kundalik hayotimizda, ayniqsa qishloq hayotining har bir qadamida uchrovchi tabiat tasvirlari, voqea-hodisalar asarning kompozitsiyasida ayricha ifodasini topgan. "Qoʻriqchi” hikoyasi qishloq hayotida dalalarda eng kerakli va taqdiri hech kimni qiziqtirmidigan yasama qoʻriqchining yashash tarzi, uning qalbidagi hech kim eshitmaydigan dil soʻzlarini qiziqarli tarzda ochib bergan. Qishloq tasviri, atrof-muhit bir jonsiz qoʻriqchi koʻzi bilan idrok etiladi, tasvirlanadi. Tabiat hodisalari, manzaralariga Isajon ramziy ma'no yuklaydi. Tabiat tasviri uning asarlarida shunchaki qahramon ruhiyatini aks ettiradigan qoʻshimcha bir vosita emas, balki maqsaddir. U tabiat hodisalari tilida bu olamning inson xayollari yetadigan joyigacha boʻlgan hikmatini aks ettirishga harakat qiladi. Toʻgʻrirogʻi, yozuvchi tabiat hodisalarini shunday ma'noli va ta'sir usulda tasvirlay oladiki, biz bu manzaralarni oʻqib butun borliqni boshqarib turgan Ollohning irodasini rosmana his etamiz", - deya e'tirof etadi adabiy tanqidchi Rahimjon Rahmat oʻz izlanishlarida.
- I.2. Tabiat tasviri va unda muallif konsepsiyasi: Peyzaj asardagi tabiat tasviri va voqea-hodisa sodir boʻlgan joy haqida ma'lumot beradi. Isajon Sultoning hikoyalaridagi peyzajda poligarmoniya, politasvir diqqatni tortadi. Yozuvchi hech qachon, bitta holat bitta masalaga yopishib olmaydi. Yozuvchining “Tilsim lashkari” hikoyasida peyzaj tasviri voqealar sodir boʻlayotgan, joy, vaqt haqida ma'lumot berish barobarida muhim-badiiy estetik vazifa bajargan. Asar davomida peyzaj tasvirlarining boʻlib-boʻlib berib borilishi dinamik peyzaj yaratish usulidir. Bundan tashqari peyzaj asardagi qahramonlar ruhiyatini ochib berishga xizmat qilgan. Joy tasviri (undagi “rang”lar) personaj ruhiyati bilan uyg'unlik kasb etishi ham, unga kontrast tasvirlanishi ham mumkin. Bu funksiyalarning qay birini asosiy oʻringa oʻtishi esa muallifning konsepsiyasiga bog'liq. Yozuvchi hikoyalaridagi qahramonlar tabiat bilan doʻst tutinadi, "quyoshning taftiga peshvoz chiqadi", "nish urgan maysaga mehr” beradi, uning qahramonlari peyzaj tasviri ham tabiat tasviri, ham voqea-hodisa roʻy berayotgan joy tasviri vazifasini oʻtaydi. Masalan, yozuvchining “Oʻrgimchak” hikoyasidagi peyzaj tasvirini olsak tabiatning barcha-barcha hodisalarini oʻz koʻzi bilan koʻrib, oʻziga xos mushohada qiladi. Unda "Dunyoda bir oʻrgimchak bor edi. Tong bilim-bilmas otib, qizgʻimtir quyoshning iliq-iliq nurlari olamga yoyilib, shudring ostidagi turli- tuman oʻtlarning hidlari sezilar-sezilmas tarala boshlagani ondan u yangi toʻr toʻqishga tushar edi”. Murodbaxsh tongning ilk daqiqalarini qarshi olishga muyassar boʻlgan yashash uchun va oʻzidan zurriyot qoldirish uchun erta tongda mehnatga kirishayotgan mittigina oʻrgimchakning hayoti peyzaj tasviri bilan uygʻunlashgan holda tasvirlangan. Tasvirdagi oʻrgimchak toʻri ham asli ramziy ma'nosi ifodalaydi. Uning “Oʻrgimchak” hikoyasidagi ...Anchadan keyin shabada qattiqroq esdi-da, toʻsatddan toʻrning bandlarini yaproqlardan uzib olib, toʻr egasi bilan qoʻshib havoda aylantira-aylantira havoda uchirib ketdi. Bu uchish oʻrgimchakka juda yoqadi.
- II. BOB. SHAMOL OBRAZI VA UNING YOZUVCHI G`OYAVIY- BADIIY NIYATINI IFODALASHDAGI ROLI: Shamol obrazi talqinlari faqatgina zamonaviy adabiyot namunalaridagina uchramaydi. Biz bu tabiat hodisasini folklor namunalarida ham uchratamiz. Masalan, oʻzbek xalq ertaklarida ham shamol oʻziga xos funksiya bajarganiga guvoh boʻlamiz. Bolalar sevib oʻqiydigan "Zumrad va Qimmat" ertagini olaylik . bu ertak ezgulikning yovuzlik ustidan g'alaba qozonishi haqida. Ertak yakunida oqila qiz Zumrad va uning otasi tinch hayotga erishadi va murod-maqsadlariga yetishadi. Biz bu ertakda shamolning oʻrni va funksiyasi nimadan iborat ekanlgini quyidagi parcha orqali ko`ramiz: "... Chol qizni adashtirib kelish uchun tog`-toshlarni kezib, bir o'rmon ichida uzoq yurishibdi. Axiri quyuq soyali bir joyga borib to`xtalishibdi. Keyin chol o`tin kesgani ketibdi. Zumrad yolg`iz qolibdi. Shu paytda birdan shamol turibdi. Chol esa o`rmondagi bir katta daraxtga boltasini osibdi-da, unga og'irroq tosh bog'lab qattiq itarib yuboribdi. Bolta u yoqdan bu yoqqa urilib taqqillayveribdi. Shamol juda kuchayibdi. Bolta shamol kuchi bilan uzoq vaqt daraxtga urilib to`q-to`q qilib tovush chiqaribdi. Zumrad otam o`tin kesayotibdi, deb o`ylab otasini anchagacha kutibdi. Kech bo`libdi otasidan darak bo`lmabdi. Shamol to`xtabdi. Qiz o'rmondagi chuchmomalarni terib yuvib, bexosdan bolta osilgan daraxt tagiga borib qolibdi. Qarasa otasi yo`q emish". Yuqoridagi parchada birdan qo`zg`olgan kuchli shamol Zumrad qalbidagi qo`rquvni, ya'ni otasi yo`qligini bilgandan so`ng qalbida bo'layotgan yoqimsiz holatni ifodalagan bo`lsa, shamol ta'sirida "to`q-to`q" qilib tovush chiqarayotgan bolta ovozi esa ana shu ko`ngilsizlikdan ogohlantirishdir. She'riy asarlarda uchraydigan shamol obrazi o`zining estetik ta'sir doirasini nasriy asarlardagi ishtirokidan ko`ra kuchliroq ekanligi bilan alohida ahmiyat kasb etadi. Shamol obrazi sabo, nasim, boda, yel kabi ko`rinishlarda mumtoz adabiyotimiz namunalarida ham uchraydi. Masalan, Alisher Navoiyning “Ey sabo" nomli g'azalida biz tahlil qilayotgan shamol obraziga juda katta badiiy-estetik funksiya yuklatilgan. G`azalning quyidagi matlasida bevosita saboga murojaat qilinadi. Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimga ayt, Yig`larimning shiddatin gulbargi xandonimga ayt. Yuqoridagi baytda sabo inson qalbini ifoda etmoqda. Chunki sabo ya'ni shamol lirik qahramon qalbini jumbushga keltirmoqda va bu qalbni o`zi bilan o`zi gaplashishga, kechinmalarini qog`ozga to`kishga majbur etmoqda. Bu yerda yana shamol ana shu qalbning tilga kirishida ishtirok etgan vosita rolini ham bajargan. Bu g'azalda lirik qahramon shamolning esishi yo`nalishiga qarab unga badiiy-estetik funksiya yuklaydi. Bu yerda saboga qarata xitob qilingan. Ayt so`zi orqali oshiqning o`z ruhiy holatidan ma'shuqasini boxabar qilish va uning ishqida ozor chekayotganligidan o`kinish holati yuzaga chiqadi. Demak, bu g'azalda sabo lirik qahramondan ma'shuqaga xabar yetkazish funksiyasini bajargan. Aynan sabo obrazini Husayniy ijodida ham uchratamiz. Ijodkorning "Ey sabo, bergil xabar, sarvi ravonim keldimu..." deya boshlanuvchi g`azalida ham shamol obrazini uchratamiz. Ey sabo, bergil xabar, sarvi ravonim keldimu? Jon isi sendin kelur, ruhi ravonim keldimu? Hajr dashtida mungrab qolmish erdi xasta jon, Voh dengizkim, ul g`aribi notavonim keldimu? Yuqoridagi g'azalda ham shamol darakchi vazifasini o`tagan. Ammo shuni farqlash lozimki, A.Navoiyning qalamiga mansub “Ey sabo” g`azalida oshiq o`z holi haqida xabarni ma'shuqasiga berishini saboga aytadi. Husayniy qalamiga mansub ushbu g'azalda esa oshiq o`z ma'shuqasi haqidagi xabarni keltirishini so`rab sabodan umidlanadi. Bu g'azaldagi saboga endi o`zidan emas, balki oshiqqning o`ziga xabar keltirish vazifasi yuklangan. Bundan tashqari biz ana shu saboga murojaat orqali oshiqning qanchalar o`z ma'shuqasi ishqida sog'inchdan iztirob chekayotganini ko`ramiz. G`azaldagi bunday ruhiy holat ifodasi aynan shamol obrazi vositasida yuzaga chiqqan. Quyidagi Shermuhammad Munis Xorazmiy qalamiga mansub g'azal baytida ham shamolning yana bir turi qo`llanilganini va u ham o`ziga xos badiiyatni ochish uchun xizmat qilganligini ko`ramiz. Sarsari ohimni, ey gardun, qilursan tund-u tez, Mashʼali xurshidi raxshoning kerakmasmu sanga? Bu yerdagi sarsari ohim birikmasida biz tashbehning kuchli turidan foyadalanganini ko`ramiz, ya'ni lirik qahramon bu yerda tashbehni sarsari kabi ohim yoki sarsariday ohim tarzida emas, yuqoridagi holatda beradi va bu orqali shoir o`z lirik qahramoni qalbidagi notinchlik va kuchli g`alayonni aks ettirishga muvaffaq bo`ladi. Chunki sarsari bu – daydi, kezib yuruvchi shamol ma'nosidadir. Shamolning aynan bu turidan foydalanish orqali ijodkor lirik qahramon holatini yorqinroq tasvir etishga erishgan. Munis Xorazmiyning ijodiga mansub "Kimnikim do`st dedim..." nomli g`azalida ham biz shamolning o`ziga xos badiiy-estetik funksiyada kelganini ko`ramiz: G'unchayi xotirim ochmoqg'a nasimi tiladim, Goh otlig` yel-u bodi xazon topdim oni. Yuqoridagi misralarda sog`inchdan iztirob chekayotgan oshiq holati emas, endi bu yerda do`stdan aziyat ko`rgan lirik qahramon iztiroblari ko`zga tashlanadi. Bu baytda qo`llanilgan nasim yel-u bodi xazon ham endi darakchi ma'nosida emas, qalbdagi shirin orzu shuning bilan birgalikda, o`kinch va nadomatni o`zida aks ettirgan. Chunki nasim – mayin, yoqimli shamol va lirik qahramon aynan uni tilamoqda, ya'ni undagi xohish, orzu va istakning yoqimli ifodasi nasim orqali yorqinroq namoyon bo`lmoqda. Baytning ikkinchi misrasida qo`llanilgan yel-u bodi xazon esa o`z do`stlaridan, yaqinlaridan va umuman o`zga qalblardan kutgan natijasiga erisha olmagan, natijada bundan o`kinib afsus chekayotgan lirik qahramon ruhiyatini yaqqol o`zida aks ettirgan. Shamol obrazining yuqoridagi kabi ko`rinishlari yana bir qator mumtoz va zamonaviy adabiyotimizdagi she'riy san'at namunalarida ham uchraydi. Masalan, Shavkat Rahmon qalamiga mansub “Baland daraxtlar