ISAJON SULTON HIKOYALARIDA INSON OBRAZI TALQINLARI
Ushbu bitiruv malakaviy ish Isajon Sulton hikoyalaridagi inson obrazining talqinlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Ishda Isajon Sulton ijodining o'zbek hikoyachiligidagi o'rni, uning hikoyalaridagi inson ruhiyati tasvirining turfa qirralari, shuningdek, obrazlar orqali inson xarakterini tasvirlash mahorati atroflicha o'rganilgan. Xususan, ota, ona, farzand obrazlari tahlili, ramziy obrazlar orqali inson xarakterini ochib berish uslublari batafsil ko'rib chiqilgan. Shuningdek, Isajon Sultonning falsafiy-hayotiy, ijtimoiy-ma'naviy dunyoqarashi, ijodiy uslubi va zamonaviy o'zbek nasridagi o'rni ham tahlil etilgan. Ishda Isajon Sultonning Sharq va G'arb nasrining sintezini qo'llagani, milliy adabiyot an'analarini jahon adabiyoti tajribalari bilan uyg'unlashtirgani ta'kidlangan.