Gistologiya

Ushbu kitob gistologiya faniga oid bo'lib, tibbiyot va biologiya sohalari talabalari uchun mo'ljallangan. Unda to'qimalarning tuzilishi, funksiyasi, rivojlanishi va tasnifi kabi asosiy tushunchalar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Gistologiya fanining mazmuni, vazifalari, rivojlanish tarixi, tadqiqot usullari: Gistologiya fanining predmeti, vazifalari, rivojlanish tarixi va tadqiqot usullari haqida ma'lumot beriladi. Gistoximiya, gistofiziologiya, qiyosiy gistologiya, eksperimental gistologiya, tasviriy gistologiya kabi asosiy tushunchalar ochib beriladi. Mikroskopik tadqiqotlar, gistoximiyaviy tadqiqotlar, radioavtografiya va boshqa usullar ko'rib chiqiladi.
  • To'qimalar va ularning tuzilishi. To'qimalar klassifikasiyasi: To'qima va ontogenezda to'qimalarning shakllanishi, to'qimalarning klassifikasiyasi, to'qimalarda regenerasiya hodisasi va to'qimalar evolyusiyasini o'rganishning ahamiyati ko'rib chiqiladi. Ontogenez, blastomer, gistogenez, chegaralovchi to'qima, bazal membrana, regeneratsiya, reperativ regenerasiya tushunchalariga ta'rif beriladi.
  • Epiteliy to'qimasi va uning gistologik ta'rifi, klassifikasiyasi: Epiteliy to'qimasining xususiyatlari, morfologik turlari, bir va ko'p qavatli epiteliylar, ularning turlari haqida ma'lumot beriladi. Epiteliy, bir qavatli epiteliy, filogenetik klassifikasiya, morfologiya, klassifikasiya, bazal membrana kabi tushunchalar tahlil qilinadi.Mikrovarsinkalar, kiprikchalar, xivchinlar, tansillar tushuntiriladi.
  • Ichki muhit to'qimalari: Ichki muhit to'qimasi, uning o'ziga xos xususiyatlari, qon va uning tarkibi, qonning shaklli elementlari va limfa haqida ma'lumot beriladi. Qon plazmasi, eritrositlar, leykositlar, trombositlar, plazmasitlar, monositlar, bazofil, agranulositlar, limfositlar, eonozinofillar tushunchalariga izoh beriladi.
  • Biriktiruvchi to'qima va uning o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi to'qimaning turlari, haqiqiy biriktiruvchi to'qima, siyrak biriktiruvchi to'qima haqida ma'lumot beriladi. Biriktiruvchi to'qimaning xarakterli xususiyatlari, biriktiruvchi to'qima tiplari haqida fikr yuritiladi. Fibroblastlar, gistositlar, plazmasitlar, labrositlar, retikula hujayralari, kombial hujayralarga ta'rif beriladi.
  • Zich biriktiruvchi to'qima: Zich biriktiruvchi to`qima turlari, paylar va boylamlar, plastinkasimon va yog` to`qima haqida ma'lumotlar keltiriladi.Zich biriktiruvchi to`qimaning organizmda tarqalganligi, pay va boylamlar, retikula to`qimasi, oq va qo`ng`ir yog`lar tushuntiriladi.
  • Tog`ay to`qimasi, uning gistologik tuzilishi va tiplari: Tog`ay to`qimasining gistologik tuzilishi va tiplari,tog'ay to`qimasining rivojlanishi va regeneraciasi haqida tushunchalar beriladi. Honroblast, hondrocit, hondrin, amorf moddalar, gialinli va gialipsiz tog`ay, perelandriy, skeletogen to`qima kabi atamalar yoritiladi.
  • Muskul to'qimasi va uning gistologik xususiyatlari: Muskul to'qimasi va uning organizmdagi o'rni, muskul hujayrasi va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, muskul to'qimasining hujayraviy tarkibiga ko'ra guruhlanishi va muskullarning komponentlari ko'rsatib o'tiladi.
  • Nerv to'qimasi uning morfologik – gistologik ta`rifi: Nerv to'qimasining mohiyati va vazifalari yoritiladi. Nerv to'qimasi tarkibida faqat sezuvchi va harakat nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi guruh - oraliq neyronlar ham ko'rsatib o'tiladi.
  • Neyrologiya, uning mohiyati va klassifikasiyasi: Neyrogliyalar nerv to'qimasidagi yordamchi struktura elementlari ekanligi, ularning nerv to'qimalariga tayanch, chegaralab turish, gomeostatikhximoya va trofik vazifalarni bajarishi haqida so'z yuritiladi.