Gistologiya
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tavsiyalari asosida tayyorlangan bo'lib, gistologiya fanini chuqur o'rganishga mo'ljallangan. Kitobda to'qimalarning tuzilishi, rivojlanishi va funksiyalari hamda ularning o'ziga xos morfologik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek, gistologik tadqiqot usullari atroflicha yoritilgan. Kitobning har bir mavzusida mustahkamlash uchun savollar, tayanch iboralar va adabiyotlar keltirilgan.