Optimal va adaptiv boshqarish sistemalari
Kitobda «Avtomatlashtirishning texnik vositalari» fani boʻyicha nazariy bilimlarni, koʻnikmalarni hamda tajribalarni oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan barcha texnik vositalarning tuzilishi, ishlash jarayonlari, klassifikatsiyasi, rostlash qonunlari, ijro mexanizmlari, tarmoqlari, aloqa kanallari, dasturiy taʼminot kabi keng qamrovli maʼlumotlar berilgan. Shuningdek, ushbu fan boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakasiga qoʻyiladigan talablar, reyting tizimi asosida baholash mezonlari, fan dasturi hamda mavzularga ajratilgan auditoriya soatlari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Fanga kirish. Avtomatlashtirish texnik vositalari rivojining asosiy bosqishlari va hozirgi zamon yo'nalishlari: Avtomatlashtirishning texnik vositalarining klassifikatsiyasi, qo`llash sohalari va tipik tavsiflari. Texnik vosita komplekslari. O‘byekt holati haqida ma‘lumot olishning texnik vositalari. Taqsimlangan boshqarish tizimlari. Dala qurilmalari.
- Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari: Avtomatik rostlash tizimlarini pnevmatik va gidravlik vositalar asosida tuzish tamoyillari. Ikkilamchi pnevmatik asboblar, boshqarish stansiyalari, funksional bloklar va yordamchi qurilmalar. Pnevmatik vositalar majmuasi asosida tuzilgan boshqarish sistemalarining tipoviy variantlari. Gidroavtomatika vositalarining elementlar bazasi. Gidravlik rostlagichlar. Elektrogidravlik va pnevmogidravlik o`zgartirgichlar va yordamchi vositalari. Pnevmokuchaytirgich. Pnevmorostlagich.
- Elektr ijro mexanizmlar: Elektr ijro mexanizmlarga qo`yilgan asosiy talablar. Doimiy tok dvigatellari. O`zgaruvchan tok dvigatellari. Sinxro va asinxron dvigatellar. Qadamli elektrodvigatellar. Dvigatellarning matematik modelini tuzish va uzatish funksiyasini hisoblash. Elektromagnitlar. Ishlash prinsiplari. Elektromagnit ijro mexanizmlar.
- Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar: Ijro etuvchi qurilmalarning umumiy strukturasi va umumiy tashkil etuvchilari. Ijro etuvchi qurilmalarning klassifikatsiyasi. Ijro etuvchi qurilmalarga, ularni o`rnatishga va ishlatishga qo`yiladigan talablar. Ijro etuvchi qurilmalarni ishlashini ta‘minlovchi bosimlar farqi, siljituvchi kuch va momentlar tushunchalari. Ijro etuvchi qurilmalarning asosiy xarakteristikalari. Ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash. Pnevmatik membranali ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash. Pnevmatik silfonli ijro mexaizmlarini hisoblash va tanlash. Pnevmatik mexanizmlarni dinamik hususiyatlari, differensial tenglamalari, uzatish funksiyalarini topish. Pnevmatik mexanizmlarni kompyuterda turli amaliy dastur paketlaridan foydalanib modellashtirish, konstruktiv parametrlarini ularni ishlashiga ta‘sirini o`rganish. Gidravlik ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash. Gidravlik ijro mexanizmlarini kompyuterda modelllashtirish va uni ishlashiga konstruktiv parametrlarini ta‘sirini o`rganish. Elektr ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash. Elektr ijro mexanizmlarini kompyuterda modellashtirish va ularni ishlashiga konstruktiv parametrlarini ta‘sirini o`rganish. Umumuy struktura sxemalari asosida ijro mexanizmlarini differensial tenglamalarini, uzatish funksiyalarini topish.
- Rostlash organlarini hisoblash va tanlash: Rostlash organlarining turlari. Rostlash organlariga umumiy talablar. Bir egarli rostlash organlari. Ikki egarli rostlash organlari. Zaslonkali rostlash organlari. Uch yo`nalishli rostlash organlari. Shlang ko`rinishidagi rostlash organlari. Kran ko`rinishidagi rostlash organlari. Zadvijka ko`rinishidagi rostlash organlari. Rostlash organlarini ularni o`tkazuvchanlik hususiyatlaridan kelib chiqib hisoblash va tanlash. Rostlash organlarini o`lchamlarini hisoblash va tanlash. Zatvorni sijitish uchun uni siljituvchi kuchni, momentni hisoblash. Dozirovka qiluvchi rostlash organlarini hisoblash va tanlash. Pozisionerlar. Reversiv va noreversiv pozisionerlar. O`ziga o`rnatilgan pozisionerlar. Chekka holatlar to`g‘risida xabar beruvchi qurilmalar.
- Avtomatik rostlagichlar: Umumiy tushunchalar. Avtomatik rostlagichlarning strukturaviy sxemalari. Kiritish/chiqarish funksiyalari. Boshqarish funksiyalari. Yuqori va quyi daraja analog kirish tochkalari. Jarayon o`zgaruvchisining (PV) aproksimatsiyasi. Jarayon o`zgaruvchisining diapazoni tekshiruvi va filtiratsiyasi. Boshqaruv slotlari turlari. Skanerlash chastotasi. Qisqa muddatli holatlar. Jarayon rejimlarining hususiyatlari. Blokirovka.
- Avtomatlashtirishning texnik vositalarida aloqa kanallari va tarmoqlari: Bog‘lanish to`g‘risida umumiy tushunchalar. AS interfeys. PROFIBUS. ETHERNET. HART-protokol. CAN-protokol. Golvonometrik bo`lish qurilmasi. Ma‘lumotlarning dasturiy nuqtasi. Kamutatorlar, konsentratorlar, integratorlar.
- Avtomatlashtirishning texnik vositalarida ma‘lumotlarni qayta ishlashning raqamli qurilmalari: Boshqaruvchi EXM lar. Boshqaruvchi hisoblash komplekslari. Sanoat kontrollerlari. Mikro-EXM. Bir kristalli kontrollerlar. Avtomatika sistemalarining dasturiy ta‘minoti.
- Programmalashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar: Programmalashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar (PMK) klassifikatsiyasi. Ko`p funksiyali kontrollerlar. PMK funksional tarkibi. Qo`shimcha bloklar.