Muzeyshunoslik
Ushbu kitob O'zbekistonda muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalqning ma'naviy-axloqiy kamolotida tutgan o'rnini yanada oshirish masalalariga bag'ishlangan. Unda muzey fondlarini saklash, urganish, boyitish, jaxon muzeyshunosligi tajribalarini kullashga zarur shart-sharoitlar yaratish, muzeylar faoliyatini takomillashtirish, turli tipdagi muzeylar (tarixiy, badiiy, tabiatshunoslik, texnik, adabiyot muzeylari) va ularning vazifalari, muzeyshunoslikning nazariy va amaliy jihatlari, muzey fondini tashkil etish, muzey ekspozitsiyalarini loyihalash, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Muzeyshunoslik faniga kirish: Muzeyshunoslikning predmeti, asosiy tushunchalari va metodlari, muzey ishi va uning jamiyatdagi o'rni
- O'rta Osiyoda muzeylarning shakllanishi, muzey ishi tarixi: Feodalizm davrida ma'naviy boyliklarni tuplash, Chor Rossiyasi mustamlakasi davrida muzeyshunoslik, Turkistonda dastlabki muzeylar va ularning rivoji
- Mustaqillik sharoitida muzeylar va muzey tarmog'ining rivojlanish muammolari: Mustaqillik sharoitida muzeylar ishi, O'zbekiston Respublikasi muzeylari ishini takomillashtirish, Amir Temur muzeyining ochilishi
- Tarixiy muzeylar: Tarixiy muzeylarning paydo bo'lishi, mustamlaka davrida muzeylar ahvoli, asosiy ijtimoiy vazifasi, tarmoklari va ixtisoslashuvi
- Muzeylarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati: Muzey tadqiqot markazi sifatida, tadqiqotchilik faoliyati asoslari, muzeyshunoslik tadqikoti
- Davlat muzeyi fondi, ularni hisobga olish muzey ashyolarini o'rganish: Muzey fondi tushunchasi, ilmiy tashkil etish, asosiy yunalishlari, ashyolarni o'rganish uslubiyoti
- Muzey kurgazmasi. Loyixalashning ilmiy asoslari: Asosiy tushunchalar, tashkil etish, materiallari, ilmiy loyixalash
- Tarbiyaviy ishlar tizimida muzeylarning o`rni: Ommaviy ishlarning maksadi, vazifalari va xususiyatlari, Muzey pedagogikasi, Muzeylarning goyaviy-tarbiyaviy, ta`limiy ishlarning turlari va shakllari
- O`zbekiston muzeylari: SHahar muzeylari, Tuman muzeylari, Sergey Eseninning adabiy muzeyi