Muzeyshunoslik
Ushbu kitob O‘zbekiston muzeylari, ularning tarixi, shakllanishi, faoliyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan. Unda muzeyshunoslikning nazariy asoslari, O‘zbekistondagi muzeylarning rivojlanish bosqichlari, muzey fondlarini tashkil etish va saklash, ilmiy-tadqiqot ishlari, ekspozitsiya va ko‘rgazmalarni loyihalashtirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Kitobda shuningdek, O‘zbekiston muzeylarining turlari, xususan tarixiy, ulkashunoslik, etnografiya muzeylari va ularning o‘ziga xosliklari yoritilgan. Talabalar uchun mo‘ljallangan ushbu qo‘llanma muzey ishining nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishda yordam beradi.