Uchtepa Biloqmozor arxeologik yodgorligi tarixiy tipografiyasi va uning tahlili

Ushbu dissertatsiyada Uchtepa-2 arxeologik yodgorligining tarixiy topografiyasi va uni o'rganish jarayonida aniqlangan arxeologik yodgorliklarning tahlili keltirilgan. Tadqiqotda Uchtepa-2 ibodatxonasidan topilgan altar-o'choqlar, tosh qurilmalar va qabrlar tahlil qilinib, ular orqali qadimiy otashparastlik diniga oid ma'lumotlar, diniy marosimlar va hunarmandchilik buyumlari haqida aniq xulosalar chiqarilgan. Shuningdek, tadqiqotda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda geofizik izlanishlar olib borilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari hamda mavzu bo'yicha adabiyotlar sharhi keltirilgan.
  • I-bob. Uchtepa Buloqmozor majmuasi obyektlarining tabiiy geografik joylashuvi va uning o‘rganilishi: Bobda Uchtepa-2 obyektining joylashish o'rni va uni o'rganishning boshlanishi, tabiiy geografik joylashuvi, yodgorlikning o'rganishni boshlanishi, yodgorlikning xarakteri, zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilgan ishlar va Uchtepa-2 obyektini arxeologik jihatdan o'rganish natijalari, Uchtepa-2 obyektining o'rganish metodikasi va strategrafiyasi hamda shifobaxsh buloq tavsifi keltirilgan.
  • II-bob. Uchtepa-2 obyekti antik va ilk o'rta asrlar davri otashparastlik ibodatxonasi: Bobda Uchtepa-2 obyektida topilgan galvirak xom loydan ishlangan altar o'choqlar va ularning xarakteristikasi, toshdan ishlangan otashkadalar va ularning xarakteristikasi hamda ibodatxona harobalari maydonida uchratilgan qabrlar tavsifi keltirilgan.
  • III-bob. Uchtepa-2 obyektidan topilgan ashyoviy dalillar va ularning tavsifiy xarakteristikasi va xronologik sanasi: Bobda Uchtepa-2 obyektidan topilgan keramika va uning tiplari, tosh ma'budalar, toshga ishlangan san'at va diniy kult predmetlari, muqaddas tosh pichoqlar va muqaddas xauma ichimligini tayyorlash mehnat qurollari, Uchtepa arxeologik majmuasi yuzasidan olib borilgan yozma ma'lumotlar talqini va tahlili, ularning arxeologik lokalizatsiyasi keltirilgan.
  • IV Bob. Tajriba sinov ishlari: tahlil va xulosalar: Bobda Tarix ta'limida eksperimental darsni tashkil etish metodlari va tajriba-sinov natijalari tahlili keltirilgan.
  • YAKUNIY XULOSA: Dissertatsiyada olib borilgan arxeologik qazishma ishlari va Innovatsiya vazirligining geofizika tadqiqotlari natijalariga tayanib, Uchtepa-2 obyektining antik va ilk o'rta asrlarga tegishli otashparastlik ibodatxonasi ekanligi tasdiqlangan. Ushbu ibodatxonadan topilgan ko'plab altar-o'choqlar, tosh qurilmalar va qabrlarning tahlili natijasida qadimiy otashparastlik diniga oid ma'lumotlar, diniy marosimlar va hunarmandchilik buyumlari aniqlangan.