Uchtepa Biloqmozor arxeologik yodgorligi tarixiy tipografiyasi va uning tahlili
Ushbu dissertatsiyada Uchtepa-2 arxeologik yodgorligining tarixiy topografiyasi va uni o'rganish jarayonida aniqlangan arxeologik yodgorliklarning tahlili keltirilgan. Tadqiqotda Uchtepa-2 ibodatxonasidan topilgan altar-o'choqlar, tosh qurilmalar va qabrlar tahlil qilinib, ular orqali qadimiy otashparastlik diniga oid ma'lumotlar, diniy marosimlar va hunarmandchilik buyumlari haqida aniq xulosalar chiqarilgan. Shuningdek, tadqiqotda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda geofizik izlanishlar olib borilgan.