Avtomatik boshqarish nazariyasi
Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Avtomatik boshqarish nazariyasi" fanining nazariy va amaliy mashg'ulotlariga bag'ishlangan bo'lib, unda avtomatik boshqarish tizimlari, ularning turlari, nochiziqli tizimlar, fazoviy fazo usuli, Lyapunov usuli, Mixaylov va Naykvist mezonlari, tasodifiy jarayonlar va ularning statistik tavsiflari hamda diskret tizimlar hamda ularning chastota xususiyatlari chuqur o'rganilgan.
Asosiy mavzular
- 1-mavzu: Boshqarishga kirish. Boshqarish sistemalarining asosiy tushunchalari, turlari va prinsiplari. Avtomatik boshqarish sistemalariga misollar. Nochiziqli tizimlarning xususiyatlari va statik xarakteristikalari.
- 2-mavzu: Fazoviy fazo usuli. Tizimlar dinamikasini nochiziqli differensial tenglamalar orqali ifodalash. Fazaviy fazo, fazaviy tekislik va fazalar trayektoriyasi.
- 3-mavzu: Oddiy chiziqli tizimlar uchun fazoviy trayektoriyalar. Xarakteristik tenglama ildizlariga qarab fazoviy trayektoriyalarning turlari.
- 4-mavzu: Lyapunov usuli asosida nochiziqli tizimlarning turg‘unligini tahlil qilish. Lyapunov funksiyasi va uning hosilasi.
- 5-mavzu: V.M.Popovning mutloq turg‘unlik mezoni. Nochiziqli tizimlarning turg‘unligini chastota usulida aniqlash.
- 6-mavzu: Garmonik balans usuli. Avtotebranishni aniqlash usullari. Tizimning garmonik uzatish funksiyasi.
- 7-mavzu: Diskret tizimlarning sinflanishi. Impulsli tizimlar va ularning uzatish funksiyalari. Diskret tizimning uzluksiz ekvivalent tizimga almashtirilishi.
- 8-mavzu: Diskret tizimlarning chastota xususiyatlari. Diskretli o‘zgartirishning chastota xususiyatlari. Ma’lumotlarni tiklash va uzatish funksiyalari.
- 9-mavzu: Laplasning diskret o‘zgartiruvchisi va uning xossalari. Diskret uzatish funksiyalari. Panjarali funksiyalar.
- 10-mavzu: Diskret uzatish funksiyalari va ularning algebraik tuzilishi. Z-almashtirish.
- 11-mavzu: Tasodifiy jarayonlar va ularning statistik tavsiflari. Korrelyatsion funksiya va spektral zichlik.
- 12-mavzu: Tasodifiy jarayonlarning spektral zichligi va korrelyatsion funksiyalari orasidagi aloqa. Tasodifiy ta’sirlarning modellar.
- 13-mavzu: Mixaylov va Naykvist mezonlarining diskret tizimlarga tadbiqi. Diskret tizimlarning aniqligi.
- 14-mavzu: Tasodifiy ta’sirlar va ularning asosiy statistik tavsiflari. Statsionar tasodifiy jarayonlar.
- 15-mavzu: Tasodifiy jarayonlarning korrelyasion funksiyalari. Korrelyatsion funksiyaning asosiy xossalari va ularning tavsifi.
- 16-mavzu: Tasodifiy jarayonlarning spektral zichligi. Spektral zichlik va korrelyatsion funksiya orasidagi aloqa. Tasodifiy ta’sirlarning modellar.
- 17-mavzu: Chiziqli tizimlarning kirish va chiqishida tasodifiy jarayonlarning korrelyasion funksiyalari va spektral zichliklari orasidagi aloqa.
- 18-mavzu: Tasodifiy ta’sirlarda bo‘lgan chiziqli sistemalarni hisoblash. Diskret tizimlarni sintez qilish. Minimal o‘rtacha kvadratik xatoli chiziqli sistemalarning sintezi.
- 19-mavzu: Impulsli tizimlarning turg‘unligi. Turg‘unlik mezonlari. Gurvits mezonini diskret tizimlarga tadbiqi.
- 20-mavzu: Mixaylov va Naykvist mezonlarining diskret tizimlarga tadbiqi. Diskret tizimlarning aniqligi.