Hozirgi o`zbek adabiy tili

Ushbu kitobda o'zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi uchun mo'ljallangan

Asosiy mavzular

  • 1. Mavzu: Kirish.: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. O`zbek tilshunosligida an'anaviy (formal) va yangi (formal-funksional) yo`nalishlarning o`zaro munosabati. 2. Ular davomiyligi. Yangicha "Zotiy yondashuv" tushunchasi haqida. 3. Formal-funksional tilshunoslikning tahlil usullari haqida qisqacha ma'lumot.
  • 2. Mavzu: Grammatik shakl, grammatik kategoriya: Grammatik shakl va grammatik ma'no. Grammatik ma'no ifodalash usullari. Grammatik shakllarning ma'no va vazifasi. So'z shakllarining sintaktik va morfologik tabiati.
  • 3. Mavzu: So`z turkumlari tasnifi. Mustaqil so`zlar va ularning shakllari.: So`z turkumlari tasnifi. Mustaqil so`zlar va ularning shakllari. Fe’l lug`aviy ma’no guruhlari ustida ish. Fe’l funksional shakllari bo`yicha mashq. Matn bilan ishlash.
  • 4. Mavzu: Sifat.: Sifat va uning UGMsi. Asliy va nisbiy sifatlar. Asliy sifatlarning daraja, kuchaytirma va ozaytirma shakllari. Sifatning ma'noviy guruhlari va yasalish qoliplari. Ot yasalishi.
  • 5. Mavzu: Son, uning UGMsi. Ravish. Taqlidlar.: Son, uning UGMsi, lug‘aviy shakllari. Sonning lug‘aviy ma’no guruhlari. Numerativ (o‘lchov) so‘zlar. Otlarni numerativ so‘z sifatida voqelantiruvchi qoliplar (sanoq son + hajm, makon, zamon, miqdor v.q. otlar + sanalish) (bir qop bug‘doy). Sonlarning sintaktik vazifalari. Ravish va uning ma’noviy va grammatik (o’zgarmaslik) belgisi. Ravishlarning ma’noviy turlari va ularning so`z yasash qoliplari. Taqlidlarning mustaqil so’zlar tizimidagi o`ziga xos ma'no, tarkib, qurilish va vazifa xususiyatlari.
  • 6. Mavzu: Sintaktik shakllar: So'zlarning sintaktik (aloqa-munosabat) shakllari. Sintaktik shakllarning tarkibi va ichki bo`linishi: a) so`zlarni bog‘lashga xizmat qiluvchi kategoriyalar (kelishik, egalik); b) so`zlarga alohida sintaktik vazifa belgilovchi kategoriya (kesimlik kategoriyasi). Egalik kategoriyasi va uning UGMsi. Egalik kategoriyasi shakllarining murakkabligi. Ushbu shaklning nokategorial ma'nolari. Kelishik kategoriyasi. Kelishik kategoriyasi va uning UGMsi.
  • 7. Mavzu: Yordamchi so`zlar.: Yordamchi so`zlar. Ularning leksik va grammatik tuzumlardagi o`rni. Leksemalarning ma`noviy tasnifidagi “ma`noviy nomustaqillik” belgisi tushunchasi. Yordamchi so`zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi. Yordamchi so`zlarning shakliy xususiyatiga ko`ra guruhlanishi. Ko`makchi. Ularning ma’no va vazifasi. Bog`lovchi. Ularning ma’no va vazifasi. Bog`lovchi va yuklamalar orasidagi munosabat.
  • 8. Mavzu: Yuklama: Yuklamalarning ma`no va vazifasi. Ularning shakliy va vazifaviy turlari. Yordamchi so`zlar haqidagi xulosalar.
  • 9. Mavzu: So`z – gaplar.: So`z-gaplar to`plamini ajratish tamoyillari. So`z-gaplar va ularning tasnifi. Modallar, undovlar, tasdiq/inkor va taklif/ishora so`zlari va bularning ichki bo`linishlari. Boshqa so`z turkumlari bilan aloqalari. So`z-gaplarning sintaktik xususiyatlari. Umumiy xulosalar.