Hozirgi o'zbek adabiy tili (Morfologiya)

Ushbu darslik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 24-avgustdagi 5D 5111200 3-14-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Darslikda oʻzbek tili leksikasi, grammatikasi, morfologiyasi, sintaksisi, stilistikasi, frazeologiyasi, leksikologiyasi, qiyosiy stilistika, dialektologiya, fonetika va boshqa mavzular chuqur tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Leksikologiya: Leksikologiyaning obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va turlari, leksik ma’no va uning leksema mazmunidagi asosiy hodisa ekanligi, leksik ma’noning fonetik so‘z, denotativ (referent) va signifikat o‘rtasidagi bog‘lanishdan tarkib topishi, leksik ma’no va semalar o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik, butun va bo‘lak munosabatlari, leksik ma’no (semema) tarkibidagi ideografik (atash, denotativ) va konnotativ (ifoda, baho) semalar.
  • Leksik sinonimiya: Leksik sinonimiyaning ma’no turlari, leksemalarning sinonim bo‘la olmaydigan holatlari, Antonimlarning asosiy xususiyatlari, Omonim omoleksemalarning turlari, Omonimlarning yuzaga kelish sabablari, Paronimiya haqida ma’lumot.
  • Leksik antonimiya: Antonimiyaning mazmun mundarijasi: Leksik antonimiya, Antonimik juftlik, Leksik antonimlarning bir so‘z turkumi doirasida yuz berishi, Kontekstual antonimiya, Antonimiya va enantiosemiya, Antonimiya va polisemiya, Antonimlarni belgilashdagi munozarali holatlar, Antonimiyada “mantiqiy markaz prinsipi”, Antonimlarning uslubiy vosita sifatidagi tavsifi.
  • So‘z o‘zlashtirish: So‘z o‘zlashtirish, uning ikki yo‘li: jonli so‘zlashuv orqali va bosma manbalar orqali so‘z o‘zlashtirish. So‘z o‘zlashtirish usullari: o‘zicha olish va kalkalab olish. Kalka usulining turlari: a) grammatik kalka (to‘liq va yarim kalka); b) semantik kalka. So‘z yoki ma’no o‘zlashtirishning chet so‘zlarni qo‘llashdan farqi.
  • Frazemalar: Frazeologiyaning o‘rganish obyekti, frazemalarning shakl va ma’no munosabati. Frazeologik monosemiya va polisemiya, frazemalarning semantik turlari: frazeologik butunliklar va frazeologik chatishmalar.
  • O‘zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti: O‘zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti, bunday taraqqiyotning Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy- siyosiy jarayonlar bilan bog‘liqligi. O‘zbek tilining o‘z qatlami: umumturkiy va sof o‘zbek so‘zlari.
  • So’z turkumlari: So'z turkumlarining umumiy tahlili va tasnifi, ularning ma'no, shakl va vazifa jihatidan farqlanishi. Leksemalarning semantik, morfologik va sintaktik belgilari asosida tasnifi.