Ratsional kasrning o’nli kars ko’rinishida davriy yoki davriy bo’lmasligini yetarlilik shartlarini topish.

Ushbu bitiruv malakaviy ishida ratsional kasrning o'nli kars ko'rinishida davriy yoki davriy bo'lmasligini yetarlilik shartlari tushunchasi haqidagi nazariy tushunchalar va amaliy tatbiqlar tahlil qilingan. Ishning maqsadi ratsional kasrning o'nli kars ko'rinishida davriy yoki davriy bo'lmasligini yetarlilik shartlarini oʻqitish orqali o'quvchi, o'quvchilarni matematika faniga yanada qiziqishlarini oshirish, tasavvurlarini kengaytirish, mantiqiy fikrlarini mustaxkamlash hamda ijodkorlikka oʻrgatishdan iborat. Ish nazariy va amaliy jihatdan boy mazmunga ega bo'lib, koʻplab misol va masalalar bilan boyitilgan.

Asosiy mavzular

  • Ratsional kasrlarning turlari: Ushbu qismda oddiy kasrlarning turlari, jumladan, to'g'ri va noto'g'ri kasrlar, aralash kasrlar haqida ma'lumot berilgan. Kasrlarni taqqoslash, ularga qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish amallari tushuntirilgan.
  • Davriy o'nli kasrlar ko'rinishida ifodalaniladigan ratsional kasrlar: Bu qismda oʻnli kasrlarning xossalari, ularning sonlar nurida tasvirlanishi, ularni taqqoslash, qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish amallari batafsil yoritilgan. Chekli va cheksiz davriy oʻnli kasrlarning xossalari va ulardan foydalanish usullari ham koʻrsatilgan.
  • Tugal o'nli kasr ko'rinishida ifodalaniladigan ratsional kasrlar: Ushbu qismda qisqarmaydigan oddiy kasrning chekli oʻnli kasrga aylanishi uchun maxrajining kanonik yoyilmasida faqat 2 va 5 tub koʻpaytuvchilar boʻlishi zarurligi va yetarliligi isbotlangan. Shuningdek, bunday kasrlarni oʻnli kasrga aylantirish usullari koʻrsatilgan.