Harbiy sotsiologiya

Ushbu darslik Oʻzbekiston Respublikasi gumanitar taʼlim standarti talablaridan kelib chiqqan holda yozilgan. Unda harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro ijtimoiy munosabatlar, ularning jamiyatdagi ijtimoiy mavqei va roli haqidagi masalalar hamda harbiy jamoalarda sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni tashkillashtirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Darslikda Harbiy sotsiologiya fanining maqsadi, vazifalari, sotsiologik tadqiqotlarni harbiy tizimda doimiy ravishda oʻtkazilganda, harbiy tizimdagi muammolar keskin ravishda bartaraf etiladi va armiyaning ijtimoiy holati, koʻnikmalari haqida aniq ma‘lumotlarni olish va bu ma‘lumotlar asosida kelajakni bashorat qilish imkoni tugʻilishining oʻziga xos jihatlari yoritilgan. “Harbiy sotsiologiya” fanining oʻquv dasturida nazarda tutilgan mavzularni oʻz ichiga olgan mazkur darslikdan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlari tinglovchi va kursantlari foydalanishi mumkin.

Asosiy mavzular

  • Umumsotsiologiya-Harbiy Sotsiologiyaning Nazariy Asoslari: Sotsiologiya fanining yuzaga kelishi va rivojlanishi. Sotsiologiya fanining ob‘ekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Sotsiologiyaning ijtimoiy va harbiy fanlar tizimida tutgan oʻrni. Harbiy sotsiologiyaning rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari.
  • Harbiy Xizmatchi Shaxsi Ijtimoiylashuvi Xususiyatlari: Harbiy xizmatchi shaxsi va uning ijtimoiylashuvining oʻziga xosligi. Harbiy xizmatchilarning tabaqalanishi va ijtimoiy harakatchanligi. Harbiy jamoalardagi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlarni oʻrganish. Harbiy mehnat va harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi.
  • Harbiy Jamoalarda Ijtimoiy Nazoratning Ahamiyati: Shaxs ijtimoilashuvi va deviant hulq-atvor sotsiologiyasi. Harbiy jamoalarda deviant hulq-atvoning koʻrinishlari. Harbiy jamoalarda deviant hulq-atvoning oldini olish chora tadbirlari.
  • Harbiy Sotsiologik Tadqiqotlar Metodologiyasi va Metodlari: Sotsiologik tadqiqotlarni dasturi, strukturasi asosiy elementlari. Sotsiologiyada ma‘lumotlar toʻplash metodlarining umumiy tasnifi. Sotsiologik tadqiqotlarni oʻtkazish va tahlil qilish hamda umumlashtirish. Tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha hisobotlar tayyorlash. Harbiy sotsiologik tadqiqotlar sotsiologik tadqiqotlarning turi sifatida. Amaliy operativ harbiy-sotsiologik tadqiqotlarni oʻtkazish metodikasi.