Muhandislik geodeziyasi

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti «Avtomobil yo’llari va aerodromlar» kafedrasi tomonidan tayyorlangan MUHANDISLIK GEODEZIYASI fanidan tayyorlangan O‘QUV -USLUBIY MAJMUA hisoblanadi. Unda Muhandislik geodeziyasi fanini o’qitishdan maqsad, fanning vazifasi, fanining qisqacha tavsifi, fanning nazariy materiallari, tajriba mashg’ulotlari, keyslar banki, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy va adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Shuningdek, kitobda geodeziyaning asosiy tushunchalari, o’lchash usullari, asboblari, nazorat va baholash tizimlari, hamda turli usullar asosida ob’ektlarning aniqligi, qabul qilinishi kabi ma’lumotlar berilgan. Avtomobil yo’llari va suv o’tkazuvchi inshootlar ekspluatatsiyasi va ta’mirlashlardagi geodezik ishlar, aerodromlarda geodezik ishlar, ularning umumiy ko’rinishi va boshqalar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, GEODEZIYA fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va GIS tizimlarining qo’llanilishi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Muhandislik geodeziyasi faniga kirish: Geodeziya va geodezik ishlarning rivojlanish tarixi bo’yicha qisqacha ma’lumotlar. Geodeziya fani, uning tarmoqlari va xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Yerning shakli, o’lchamlari va uning geodeziyadagi o’rni. Geodeziyada qabul qilingan koordinatalar tizimi. Chiziqlarni orientirlash va orientirlash burchaklari. Davlat geodezik to’rlari.
  • Topografik xarita, plan va mashtablar. Joyning sonli modeli: Topografik xarita, plan va mashtablar xaqida umumiy tushuncha. Topografik xarita mazmuni. Shartli belgilar. Topografik xarita nomenklaturasi. Mashtablar. Topografik xarita va planlar mashtablari. Qiyalik elementlari, qo’yilma va qo’yilish mashtabi. Rel’efni tasvirlashda gorizontallar usuli va uni qo’llash. Topografik xaritada avtomobil yo’llarini loyixalashdagi geodezik masalalar yechish. Joining sonli modeli
  • Joyida burchak o’lchash: Gorizontal va vertical burchak o’lchash asosi. Burchak o’lchash asboblari. Optik va avtomatlashtirilgan electron teodolitlar. Teodolitlarni tekshirish. Teodolitni tayanch nuqtaga ish xolatiga keltirish. Gorizontal burchak o’lchash usullari. Vertikal burchak o’lchash va qiyalikni xisoblash.
  • Chiziq o’tkazish va chiziq uzunligini o’lchash: Chiziq o’tkazish va chiziq o’lchash tartibi. Yer yuzasi bo’ylab chiziq uzunligini o’lchaydigan yer o’lchagichlar. Optik va elektron dal’nomerlar. Svetodal’nomer va zamonaviy lazerliy dal’nomerlar. Qiyalik chizig’ini gorizontga keltirish. Murakkab joylarda chiziq uzunliklarini aniqlashda matematik ifodalarni qo’llash.
  • Nisbiy balandliklarni o’lchash: Nisbiy balandliklarni o’lchash mohiyati va turlari. Optik va avtomatlashtirilgan electron nivelirlar. Nivelirlarni tekshirish. Geodezik reykalar va ularning turlari. Trigonometrik nivelirlash . Optik va electron taxeometrlar .
  • Teodolitda piket va rel’yef balandliklarini olchash va dala jadvalini to’ldirish: Teodolitda piket va rel’yef balandliklarini olchash. Teodolitda nivelirlashning mohiyati va formulasi. Horizontal burchakni o’lchash va olingan natijalarni qayd etish jadvali.
  • Elektron taxeometrlar va ularning texnik kor’satkichlari: Elektron taxeometrlar svetodalnomer, elektron teodolit va mikro EXM ni birlashtiruvchi, bir vaqtning o’zida gorizantat va vertikal hamda masofa ulchaydigan asbob xisoblanadi. Elektron taxeometrlarni amaliyotga kirib kelishi, barcha ulchash ishlarini avtomatlashtirishga olib keldi. Taxeometrning klaviaturasi va displeyidagi belgilari va makomi keltirilgan.
  • Injenerlik geodeziyasidagi o’lchashlardagi muammolarni bartaraf etish yo’llari: Keysning asosiy maqsadi: Geodezik asboblarni ishlatishga xalaqit ber`uvchi omillar va ularning, sabablarni tahlil etish, yechimini topish va vaziyatdan chiqib ketishga o’rgatish. O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar va tinglovchilar bilishi kerak bo’lgan ko’nikma va malakalar haqida ma’lumot berilgan.
  • Avtomobil yo’llari va suv o’tkazuvchi inshootlarni ekspluatatsiyasi va ta’mirlashlardagi geodezik ishlar: Avtomobil yo‘llarini va ulardagi suv olkazuvchi inshootlami ekspluatatsiya qilish davrida transport vositalarining ta’siri va tabiatdagi lqlimiy sharoitlammg o‘zgaruvchanligi ushbu inshootlami talab darajasiga javob bermaslik. ekspluatatsiya holatini ta’minlay olmaslik va ularnmg aynm qismlanning turli darajada buzilishiga olib keladi. Yo‘llami va sun'iv inshootlami yaxshi holatda saqlash ulaming doimiy to'xtovsiz talab darajasida ekspluatatsiya davrida asosiy vazifa hisoblanadi.
  • Ko’prik o’tish joylarini qidiruv va qurishdagi geodezik ishlar: Ko’prik o’tish joylarining loyixa elementlari. Ko’prik o’tish joylarini geodezik qidiruv tarkibi. Ko’prik o’tish joylarini qurishdagi gidrologik qidiruv ishlarida geodezik o’lchashlar. Ko’priklarni yo’l o’tkazuvchi inshootlarni rejalash to’rlari. Ko’priklarni yo’l o’tkazuvchi inshootlarini markaziy tayanch ustunlarini rejalash. Tonnellarni qurishda geodezik ishlar. Aeroportlarni qidiruvdagi geodezik ishlar tarkibi va vazifalari. Aeroport maydonlarini planli-balandlik asosi va topografik tasvir. Xavo yo’lidagi to’siqlarni tasvirga tushirish. Aerodromlarning asosiy o’q chiziqlarini mustaxkamlash va rejalash. Aerodrome yuzalarini vertical tekislash va grunt xajmini xisoblash. Grunt massasini yotqizishdagi rejalash ishlari.
  • Avtomobil yo’llari haqida umumiy ma’lumotlar va trassalash dala ishlari: Avtomobil yo’llari haqida umumiy ma’lumotlar. Avtomobil yo’lining elementlari. Avtomobil yo’llarini qidiruv-loyixalashdagi geodezik ishlarining xususiyatlari va tarkibi. Yo’llarni xarita va planlarda trassalash. Trassalashdagi dala topogrofo-geodezik ishlar.
  • Avtomobil yo’llarini qurishdagi rejalash elementlari va ularni joyiga ko’chirish: Avtomobil yo’llarini qurishdagi rejalash elementlari va ularni joyiga ko’chirish. Gorizontal egrilarni batafsil rejalash. Doiraviy egrilarni batafsil rejalash. Loyixaviy otmetkani joyga ko’chirish. Ma’lum nishablikdagi chiziqni joyga ko’chirish.