Muhandislik grafikasi
Ushbu kitob "Muhandislik grafikasi" O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan. Kitobda so'nggi yillarda Davlat standartlariga kiritilgan yangi o'zgarishlar va talablar e'tiborga olingan. Mazkur qo'llanma Toshkent avtomobil-yo'llar institutida bakalavrlar tayyorlashning barcha yo'nalishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, muhandislik grafikasi fanini o'rganishda yordam beradi. Qo'llanmada konstruktorlik hujjatlarni rasmiylashtirishning asosiy qoidalari, chizmalarga qarab texnik fikr yuritish, standartlarni mukammal o'rganish kabi masalalar yoritilgan.