Qattiq jism fizikasi

Ushbu o‘quv qo‘llanmada qattiq jism fizikasi asoslari chuqur lashtirilgan holda bayon qilingan bo‘lib, unda shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan an’anaviy darsliklardan farqli holda qattiq jismlarning yangi sohasi bo‘lgan nanostrukturalar va nanomateriallar haqidagi bilimlar ham yoritilgan. O‘quv qo‘llanma materiallari oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladigan “Kondensirlangan muhit fizikasi” fanining katta bo‘limi bo‘lgan “Qattiq jism fizikasi” kursi bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun o‘quv dasturini qamrab olgan holda ushbu kursning barcha bo‘limlariga, jumladan, o‘ta o‘tkazuvchanlik va magnetizmga tegishli asosiy materiallarni o‘z ichiga oladi. O‘quv qo‘llanmadan universitetlarning va boshqa oliy o‘quv yurtlarining shu sohaga tegishli bakalavriat va magistratura talabalari, izlanuvchi katta ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Qattiq jismlarning tuzilishi: Moddaning kondensatsiyalangan holatlari haqida umumiy tushunchalar. Suyuqliklar, shishalar, amorf moddalar, kristallar va suyuq kristallar. Nanokristallar va nanozarralar. Metallar va ularning tuzilishi. Kristallarning mexanik xossalari.
  • Qattiq jismlarning mexanik xossalari: Jismga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlar va jism deformatsiyasi. Ichki mexanik kuchlanish tenzori. Potensial energiya va deformatsiya. Haqiqiy va shartli deformatsiyalar. Elastiklik moduli. Kristallarning mexanik xossalari.
  • Qattiq jismlarning issiqlik hodisalari: Kristall panjarasi atomlarining issiqlik harakati. Qattiq jismlarning issiqlik sig‘imi. Metallardagi elektron gazining issiqlik sig‘imi. Eynshteyn va Debay nazariyalari. Kristallarning issiqlikdan kengayishi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Diffuziya hodisasi.
  • Kristallardagi elektronlar energiyasi zonalari: Yakkalangan vodorodsimon atomdagi elektronning energiyaviy sathlari. Kristallarning davriy potensial maydonidagi elektron harakati. Blox funksiyasi va uning xossalari. Brillyuen zonasi. O‘tkazgichlar, yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar.
  • Qattiq jismlarning magnit xossalari: Moddalarning magnit xossalarining hosil bo‘lish mexanizmlari. Atomlarning magnit xossalari. Diamagnetizm, paramagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, ferrimagnetizm. Doimiy magnitlar. Magnit rezonansi.
  • Nanostrukturalar va nanomateriallar: Nanostrukturalar va nanomateriallarning umumiy tushunchalari va ularning klassifikatsiyasi. Nanomateriallarning xossalari. Elektronlar spektri. Nanokristallarning fazaviy holatlari va termodinamikasi. Nanokristallarning issiqlik hodisalari. Nanokristallarning o‘tkazuvchanlik xossalari. Nanokristallarning magnit xossalari. Nanomateriallarning mexanikaviy xossalari. Nanozarralarni olish usullari. Nanomateriallarning amaliyotda qo‘llanish sohalari.