Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" fani bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" fanini o'qitishdan maqsad - talabalarga zamonaviy avtomatlashtirilgan mashinasozlik ishlab chiqarishning texnologik jihozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilish ko'lami, hisoblash asoslari va ulardan foydalanish bo'yicha yo'nalish profiliga mos bilim, ko'nikma va malaka darajasini ta'minlashdir. "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr - texnologik jihozlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari, klassifikatsiyasi, harakatlarining tasnifi, detallar yuzalarini shakllantirish, kinematikasi asoslari, kinematik sozlash haqida tasavvurga ega bo'lishi kerak.
Asosiy mavzular
- Kirish: Ushbu dastur mashinasozlik ishlab chiqarishining asosiy texnologik jihozlari hisoblangan metall qirqish stanoklari, raqamli dasturda boshqariladigan stanoklar, avtomatlar va yarimavtomatlar, avtomatik liniyalar, moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalari, sanoat robotlari, tayyorlov operatsiyalari uchun jihozlar tasnifi, ularning tuzilishi va hisoblash usullari, fan tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalari va hududiy muammolarning mashinasozlik sohasida ishlatiladigan texnologik jihozlar istiqboliga ta’siri masalalarini o’z ichiga qamrab olgan.
- O’quv fanining maqsadi va vazifalari: Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy avtomatlashtirilgan mashinasozlik ishlab chiqarishning texnologik jihozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilish ko’lami, hisoblash asoslari va ulardan foydalanish bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka darajasini ta’minlashdir. Fanning vazifasi – talabalarga texnologik jihozlar haqida umumiy ma’lumotlar: stanoklar klassifikatsiyasi, shakllantirish harakatlari asosidagi ishlash printsiplari, asosiy qurilmalari, muhim qismlari, avtomatik boshqarish, jumladan: raqamli dasturda va mikroprotsessorli boshqarish sistemalari, sanoat robotlari haqidagi ma’lumotlarni va texnologik jihozlardan foydalanish va ularning aniqligi va mahsuldorligini oshirish, ma’lum ishlab chiqarish sharoitlarida ulardan munosibini tanlash usullarini o’rgatishdan iborat.
- Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar: «Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - texnologik jihozlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari, klassifikatsiyasi, harakatlarining tasnifi, detallar yuzalarini shakllantirish, kinematikasi asoslari, kinematik sozlash haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak; - har xil turdagi: tokarlik, parmalash, jilvirlash, frezalash, randalash, tish va rezьba ishlash, qirqib tushirish stanoklarining ishlash printsipi, kinematikasi, kinematik tahlil qilish usullarini bilishi va foydalana olishi; - texnologik jihozlarni har xil detallarga ishlov berishga sozlashga hisoblash, ularning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari va asosiy texnik parametrlarini aniqlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi: «Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari» fani dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy hamda umumkasbiy fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni talab etadi, V -semestrda o’qitiladi va ixtisoslik fanlari hamda bitiruv malakaviy ishni bajarishda bazaviy bilim vazifasini o’taydi.
- Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni: Zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishi mahsulot konstruktsiyasining murakkablashuvi va ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasining tez o’zgaruvchanligi hamda mahsulotni ishlab chiqarish muddatlarining qisqaligi bilan xarakterlanadi. Bunday sharotlarda ishlab chiqarishni jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash talab etiladi. SHuning uchun yuqori unumdorlikka va aniqlikka ega avtomatlashtirishni texnologik jihozlar: raqamli dasturda boshqariladigan (RDB) stanoklar va ular asosidagi moslanuvchan ishlab chiqarish komplekslari, sanoat robotlari, avtomatlar va yarimavtomatlar, avtomatik liniyalar zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishida muhim o’rin egallaydi.
- Fanni o’qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: Fanning o’ziga xos xususiyatlari dasturni interaktiv usullarda o’zlashtirishni taqozo qiladi. Bunda asosiy e’tibor auditoriya mashg’ulotlarida va mustaqil ishda o’zlashtiriladigan chuqurlashtiriladigan nazariy bilimlarga, hamda ob’ektiv jarayonlar va hodisalarga nisbatan dunyoqarashni shakllantirishga qaratiladi; dunyoqarashni shakllantirishda ma’ruza mashg’ulotlariga katta o’rin ajratiladi.
- Asosiy qism: Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni. 7-semestr: "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlar" kursining umumiy tushunchalari, Fanning maqsad va vazifalari, Fanning ahamiyati, Asosiy atama va tushunchalar; Metall kesuvchi stanoklar, Stanoklarning texnologik vazifasi, ishlov berish turi, ixtisoslashganligi, aniqligi, og’irligi bo’yicha tasniflari, Metall kesuvchi stanoklarning belgilanishi; Metall qirqish stanoklarida sirt yasash, Kesishning optimal rejimi haqida tushuncha, Kesish jarayonida qo'llaniladigan moylash-sovitish moddalarining turlari, Metallarni kesib ishlashning turli usullari va ularga xos kesish parametrlari; Qirqish jarayonida sodir bo’luvchi kuchlar, Kesish kuchining ta'rifi, Kesish kuchining nazariy tenglamasi, Kesish kuchlarini tajribada baholash, Kesish jarayonida quvvat va energiya sarfining miqdori; Stanoklarning kinematika asoslari, Uzatmalar, Yuritmalarning tasniflanishi, Uzatma turlari, Kinematik aloqalar va ularni amalga oshirish; Kinematik zanjirlar, Stanokning kinematik zanjiri, Yuritmalarning tasniflanishi, Uzatmalarning vazifalari; Tish va rezba qirqish stanokari, Tish va rezba qirqish stanokarida tasnifi, Tish va rezba qirqish usullari, Tish frezalash stanoklari; Tish frezalash stanoklari, Tish frezalash stanoklari to’g’risida tushuncha, Tish frezalash stanoklarining tuzilishi, Konussimon g’ildiraklarda tish kesish stanoklari; Tish jilvirlash stanoklari, Tish pardozlash stanoklari, Tish pardozlash stanoklarining tuzilishi, Tish jirvirlash cxemalari; Rezba frezalash stanoklari, Rezba frezalash stanoklari to’g’risida tushuncha, Rezba frezalash stanoklarining turlari, Detallarga rezba ochish, Ishlov berish usullari; Tokarlik stanoklari, Tokarlik stanoklari to’g’risida tushuncha, Tokarlik vintqirqish stanoklari, Tokarlik vintqirqish stanoklarining ishlov berish sxemalari, Asosiy uzellari; Tokarlik karusel stanoklari, Tokarlik-lobovoy stanoklari, Tokarlik-karusel stanoklari, Tokarlik-karusel stanoklarining texnik xarakteristikasi, Tokarlik-revolver stanoklari, Tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlari; RDB tokarlik stanoklari, RDB tokarlik stanoklari haqida tushuncha, Tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlari, RDB tokarlik stanogi cxemasi; Parmalash va teshik yo’nish stanoklari, Parmalash va teshik yo’nish stanoklari, Parmalash stanoklarining turlari, Vertikal-parmalash stanoklari, Radial-parmalash stanoklari, Katta chuqurlikka ega bo'lgan teshiklarga ishlov beruvchi stanoklar, Gorizontal-teshik kengaytirish stanoklari; Randalash stanoklari, Randalash stanoklari to’risida tushuncha, Randalash stanoklari turlari, Randalash stanoklarining texnik tavsifi; Frezalash stanoklari, Frezalash stanoklari, Frezalash stanoklarining klassifikatsiyasi va kompanovkasining o’ziga xos xususiyatlari, Frezalash stanoklarida ishlov berish sxemalari, Frezalash stanoklarining turlari, Asosiy uzellari; Jilvirlash stanoklari, Jilvirlash stanoklarining vazifasi va abraziv asboblarda ishlov berishning o’ziga xos xususiyatlari, Jilvirlash stanoklarining vazifalari bo’yicha turlari, Jilvirlash stanoklarining texnik tavsifi, Markazli va markazsiz doiraviy jilvirlash stanoklari, ishlov berish sxemalari, asosiy qismlari; Agregat stanoklar, Agregat stanoklar, Agregat stanoklarining o’ziga xos xususiyatlari, Tasnifi va tuzilishi, Zamin tuzilmalari va birxillashtirilgan qismlari, Ko’p operatsiyali agregat stanoklari va ularidan tuzilgan moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalari; Avtomatik liniyalar, Avtomatik liniyalar va moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalari, Avtomatik liniyalarning ta’rif va tasniflari, Agregat stanoklaridan tuzilgan avtomatik liniyalar, Ko’p operatsiyali stanoklar va MIM lardan tuzilgan AL, Mexanik ishlov berish MAU, Moslanuvchan stanoklarda ishlov berish sifatini nazorat qilish.
- Amaliy mashg’ulotlar: Tokarlik dastgohlarini berilgan detalga ishlov berishga rostlash va sozlash. 16K20 tokarlik vint qirqish dastgohining vazifasi, tuzilishi, kinematikasi va unda ish bajarishni o’rganish. Nazariy ma’lumotlar. 16K20 tokarlik vint qirqish dastgohi barcha turdagi tokarlik ishlarini bajarishga mo’ljallangan, chunonchi, tsilindrik va konussimon, torets yuzalarga ishlov berish, metrik, modulli, dyumli va pitcha rezbalarni qirqish ishlari bajariladi. Texnologik jarayonni amalga oshirish uchun dastgohda ikki xil asosiy harakatlar amalga oshiriladi. Birinchisi bosh harakat- ishlanma mahkamlangan patronli shpindelning aylanma harakati, ikkinchisi kesuvchi asbobni olib yuruvchi supportni to’g’ri chiziqli surish harakati. Dastgohning umumiy ko’rinishi 1 rasmda ko’rsatilgan.
- Amaliy ish № 2: Vertikal-parmalash stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash: Ishdan maqsad: 2A150 modelli parmalash stanogining tuzilishi, ishlashi bilan tanishish va unda bajariladigan ishlar uchun texnologik karta tuzib, u bo’yicha ishni bajarishga sarflangan asosiy vaqtni aniqlash. Foydalaniladigan uskuna, keskich, moslama va o’lchov asboblari. 2A150 modelli bir shpindelli vertikal parmalash stanogi asosiy uskuna bo’lib, uning shpindeliga o’rnatiladigan keskich sifatida turli diametrli spiralь parmalar, zenkerlar va boshqa keskichlardan, moslama sifatida esa mashina tiski, patron, konduktor, o’tish vtulkalaridan zaruriyatga ko’ra foydalanadi. 76-rasm a, da 2A150 modelli parmalash stanogining umumiy ko’rinishi b da kinematik sxema keltirilgan. U gyuydevor plita 1, stanina 2, tezliklar qutisi 3, elektr dvigateli 4, shpindelь 5, surish quti 6 va stol 7 dan iborat. Kinematik sxemadan ko’rinadiki, stanok shpindeli aylanma harakatnn quvvati 7 kVt li elektr dvigateldan oladi va kinematik zanjir tenglamasini tubandagicha yozishimiz mumkin.
- Amaliy ish № 3: Frezalash dastgoxlarida berilgan detalga ishlov berishga rostlash va sozlash: Ishdan maqsad: 6R82 universal konsolli – frezalash dasgoxining kinematikasi, tuzilishi va ishlashini o’rganish. Nazariy ma`lumotlar: frezalash dasgoxida xar xil shakldagi ichki va tashqi yuzalarni, to’g’ri, qiya va vintsimon ariqcha va chuqurchalarni ichki va tashqi rez balarni, xar xil tishli g’ildiraklarni frezalash va boshqa jarayonlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan.
- Amaliy ish № 4: To’g’ri va egri tishli tsilindrik g’ildiraklarga ishlov berish uchun tish frezerlash stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash: Tish frezalash stanoklari yuqori ish unumdorligi va ishlov berish aniqligi tufayli eng ko'p tarqalganligi bilan ajralib turadi. Ishlov o'tayotgan zagotovka o'qining joylashuvi bo'yicha tish frezalash Stanoklari gorizontal va vertikal turlarga bo'linadi. Gorizontal tish frezalash stanoklari silindrik tishli g'ildiraklar, shlitsli vallar, "val shes-ternya" tipidagi detallarga ishlov berishda foydalaniladi. Vertikal stanoklar gorizontal stanoklarga qaraganda ko'proq uchraydi va ular ikki ko'rinishda ishlab chiqariladi: stoli radial yo'nalishda suriladigan va frezalash supporti radial yo'nalishda suriladigan stanoklar. Ba'zi tish frezalash stanoklarida freza o'z o'qi bo'yicha surilishga ega bo'ladi.
- Amaliy ish № 5: Konussimon tishli g’ildiraklarga ishlov berish stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash: Konussimon tishli g'ildiraklarni ishlab chiqarish silindrik g'ildiraklarni ishlab chiqarishga qaraganda ancha murakkabdir. Konussi-mon g'ildiraklarning tishlari bir biriga parallel emas, demak, tishlarning o'zi ham, ularning oralaridagi bo'sh joylar qam o'zaro parallel yon yoqlariga ega emas. Shu sababli tishlar orasidagi bo'sh joyning chu-qurligi va kengligi konussimon g'ildirakning katta asosidan kichik asosiga qarab asta-sekin kamayib boradi. Bularning barchasi konussimon g'ildiraklar tishlariga ishlov berishda qiyinchilik tug'diradi va stanoklar-ning konstruksiyasini murakkablashtiradi. Amalda to'g'ri tishli va doiraviy tishli konussimon g'ildiraklar keng qo'llaniladi.
- Amaliy ish № 6: To’g’ri va egri tishli tsilindrik g’ildiraklarga ishlov berish uchun tish kertish stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash: Tish frezalash stanoklari yuqori ish unumdorligi va ishlov berish aniqligi tufayli eng ko'p tarqalganligi bilan ajralib turadi. Ishlov o'tayotgan zagotovka o'qining joylashuvi bo'yicha tish frezalash stanoklari gorizontal va vertikal turlarga bo'linadi. Gorizontal tish freza lash stanoklari silindrik tishli g’ildiraklar, shlitsli vallar, "val shes-ternya" tipidagi detallarga ishlov berishda foydalaniladi. Vertikal stanoklar gorizontal stanoklarga qaraganda ko'proq uchraydi va ular ikki ko'rinishda ishlab chiqariladi: stoli radial yo'nalishda suriladigan va frezalash supporti radial yo'nalishda suriladigan stanoklar. Ba'zi tish frezalash stanoklarida freza o'z o'qi bo'yicha surilishga ega bo'ladi.
- Amaliy ish № 7: Rezba frezalash stanoklari: Detallarda rezba yasashning quyidagi asosiy usullari mavjud: 1) tokarlik stanoklarida rezba keskichlari va rezba taroqlari yordamida rezba ochish . Rezba hosil qilishning har bir usuli o'z afzalliklari va kamchi liklariga ega. Rezba ochish usulini tanlashda zagotovkaning shakli va o'lchamlari, uning materiali, ishlab chiqarish hajmi (seriyaligi), ishlov berish aniqligi va tozaligi va boshqa shart- I lar hisobga olinishi lozim.
- Amaliy ish № 8: Tokarlik-vintqirqish stanoklarini har xil yuzalarga va rezbalarga ishlov berish uchun kinematik sozlashga hisoblash: 16K20 tokarlik vint qirqish dastgohining vazifasi, tuzilishi, kinematikasi va unda ish bajarishni o’rganish. Nazariy ma`lumotlar. 16K20 tokarlik vint qirqish dastgohi barcha turdagi tokarlik ishlarini bajarishga mo’ljallangan, chunonchi, tsilindrik va konussimon, torets yuzalarga ishlov berish, metrik, modulli, dyumli va pitcha rezbalarni qirqish ishlari bajariladi. Texnologik jarayonni amalga oshirish uchun dastgohda ikki xil asosiy harakatlar amalga oshiriladi. Birinchisi bosh harakat- ishlanma mahkamlangan patronli shpindelning aylanma harakati, ikkinchisi kesuvchi asbobni olib yuruvchi supportni to’g’ri chiziqli surish harakati.
- Amaliy ish № 9: Frezalash dastgoxlarida berigan detalga ishlov berishga rostlash va sozlash: Ishdan maqsad: 6R82 universal konsolli – frezalash dasgoxining kinematikasi, tuzilishi va ishlashini o’rganish. Nazariy ma`lumotlar: frezalash dasgoxida xar xil shakldagi ichki va tashqi yuzalarni, to’g’ri, qiya va vintsimon ariqcha va chuqurchalarni ichki va tashqi rez balarni, xar xil tishli g’ildiraklarni frezalash va boshqa jarayonlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan.
- Amaliy ish № 10: To’g’ri va egri tishli tsilindrik g’ildiraklarga ishlov berish uchun tish kertish stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash: Tish frezalash stanoklari yuqori ish unumdorligi va ishlov berish aniqligi tufayli eng ko'p tarqalganligi bilan ajralib turadi. Ishlov o'tayotgan zagotovka o'qining joylashuvi bo'yicha tish frezalash Stanoklari gorizontal va vertikal turlarga bo'linadi. Gorizontal tish frezalash stanoklari silindrik tishli g'ildiraklar, shlitsli vallar, "val shes-ternya" tipidagi detallarga ishlov berishda foydalaniladi. Vertikal stanoklar gorizontal stanoklarga qaraganda ko'proq uchraydi va ular ikki ko'rinishda ishlab chiqariladi: stoli radial yo'nalishda suriladigan va frezalash supporti radial yo'nalishda suriladigan stanoklar. Ba'zi tish frezalash stanoklarida freza o'z o'qi bo'yicha surilishga ega bo'ladi.
- Amaliy ish № 11: Bulish kallaklari yordamida vintsimon ariqchalarga ishlov berish uchun frezerlash stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash: Bo'lish kallaklari zagotovkani belgilangan burchak ostida o'matib ishlash, davriy tarzda zagotovkani uning o'qi atrofida burish (bo'lish) va vintsimon yuzalarga ishlov berishda zagotovkani to'xtovsiz aylan-tirib turish uchun xizmat qiladi. Bo'lish kallaklari yordamida tishli g'ildiraklarning tishlarini, bolt va gayka kal!agining yoqlarini, parma, zenker, razvyortkalarning spiral ariqchalarini frezalash mumkin. Bo'lish kallaklarining asosiy o'lchami—o'rnatiladigan zagotovkaning maksimai diametri bo'lib , u 160, 200, 250, 320, 400 va 500 mm ga teng bo'ladi. KallakIar to'g'ridan-to'g'ri bo'lish, universal va optik turlariga bo'linadi. Ko'proq universal bo'lish kallaklari (UBK) qo'llanilib, ularda bo'lish uch usulda bajariladi: to'g'ridan to'g'ri bo'lish, oddiy bo'lish va differensial bo'lish.
- Amaliy ish № 12: Konussimon tishli g’ildiraklarga ishlov berish stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash: Konussimon tishli g'ildiraklarni ishlab chiqarish silindrik g'ildiraklarni ishlab chiqarishga qaraganda ancha murakkabdir. Konussi-mon g'ildiraklarning tishlari bir biriga parallel emas, demak, tishlarning o'zi ham, ularning oralaridagi bo'sh joylar qam o'zaro parallel yon yoqlariga ega emas. Shu sababli tishlar orasidagi bo'sh joyning chu-qurligi va kengligi konussimon g'ildirakning katta asosidan kichik asosiga qarab asta-sekin kamayib boradi. Bularning barchasi konussimon g'ildiraklar tishlariga ishlov berishda qiyinchilik tug'diradi va stanoklar-ning konstruksiyasini murakkablashtiradi. Amalda to'g'ri tishli va doiraviy tishli konussimon g'ildiraklar keng qo'llaniladi.
- Amaliy ish № 13: Taqsimlash valli boshqarish kulachoklari bo’lgan tokarlik avtomatlarini sozlashga hisoblash: Tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlari (avtomat va yarim av-tomat stanoklarning umumiy ta'rifi 8- bobda berilgan). Avtomat-stanokda texnologik siklni bajarish, shuningdek tayyor bo'lgan detalni bo'shatib olish va yangi zagotovkani o'rnatib mahkam-lash uchun zarur bo'lgan barcha asosiy va yordamchi harakatlar av-tomatlashtirilgandir. Yarim avtomat-stanokda bir zagotovkani ishlash siklini tashkil etuvchi barcha asosiy va yordamchi harakatlar avtomatlashtirilgan. Detaining ishlovi tugagandan so'ng yarim avtomat to'xtatilib, ishchi detalni bo'shatib oladi, yangi zagotovkani o'rnatadi va stanokni qay-tadan ishga tushiradi.
- Amaliy ish № 14: RDB stanoklarini berigan detalga ishlov berishga rostlash va sozlash: SDB dokarlik dastgohlarini ish bajarishga sozlash, boshqaruv dasturini tuzish orqali talabalarni olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish, mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Boshqaruv dasturini tayyorlash va ishni bajarishning ketma-ketligi. Mazkur ishni bajarish bo’yicha metodik ko’rsatmani o’rganib chiqish. Dastgohda detal ishlash uchun dastur tuzish tartьibini o’rganish. O’qituvchini ko’rsatmasi bo’yicha detalga ishlov berish dasturini tuzib chiqish. Detalga ishlov berish texnologik kartasini ishlab chiqish. Bajarilgan ish bo’yicha hisobot tuzish.