🔍

Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari

Ushbu kitob «Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari» fani bo'yicha talabalarga zamonaviy avtomatlashtirilgan mashinasozlik ishlab chiqarish texnologik jihozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilish ko'lami, hisoblash asoslari va ulardan foydalanish bo'yicha yo'nalish profiliga mos bilim, ko'nikma va malaka darajasini ta'minlashga qaratilgan uslubiy qo'llanmadir. Unda stanoklar klassifikatsiyasi, shakllantirish harakatlari asosidagi ishlash printsiplari, asosiy qurilmalari, muhim qismlari, avtomatik boshqarish, jumladan: raqamli dasturda va mikroprotsessorli boshqarish sistemalari, sanoat robotlari haqidagi ma'lumotlar, hamda texnologik jihozlardan foydalanish va ularning aniqligi va mahsuldorligini oshirish, ma'lum ishlab chiqarish sharoitlarida ulardan munosibini tanlash usullarini o'rganishga oid ma'lumotlar keltirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" fani bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" fanini o'qitishdan maqsad - talabalarga zamonaviy avtomatlashtirilgan mashinasozlik ishlab chiqarishning texnologik jihozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilish ko'lami, hisoblash asoslari va ulardan foydalanish bo'yicha yo'nalish profiliga mos bilim, ko'nikma va malaka darajasini ta'minlashdir. "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr - texnologik jihozlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari, klassifikatsiyasi, harakatlarining tasnifi, detallar yuzalarini shakllantirish, kinematikasi asoslari, kinematik sozlash haqida tasavvurga ega bo'lishi kerak.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari

Ushbu kitob "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" fanidan olingan ma'ruzalar va laboratoriya mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi. Unda mashinasozlik ishlab chiqarishda qo'llaniladigan turli dastgohlar, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, kinematikasi, sozlash usullari, jihozlarning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari va ularni hisoblash usullari yoritilgan. Shuningdek, fan tarixi, rivojlanish tendentsiyasi, sanoat robotlari, manipulyatorlar, avtomatik liniyalar va boshqa zamonaviy texnologiyalar hamda ulardan foydalanish usullari bayon etilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Umumsanoat andozaviy mexanizmlarining avtomatlashtirilgan elektr yuritmalari

Ushbu kitobda asosan sanoat mexanizmlarining elektr yuritmalari, ularning ishlash rejimlari, texnik sharoitlari, tanlash mezonlari, boshqarish tizimlari, kranlar, liftlar, ekskavatorlar, konveyerlar, nasoslar, ventilyatorlar, kompressorlar kabi turli sanoat mashinalarining elektr jihozlari va ularning avtomatlashtirish tizimlari keng qamrovli tahlil qilingan. Shuningdek, energiya tejamkor elektr yuritmalarni loyihalash va tadbiq etish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Excel elektron jadvalini o’rganuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash

Ushbu bitiruv malakaviy ishida Excel elektron jadvalini o'rganuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash mavzusidagi ish ko'rib chiqilgan. Ishda "Excel elektron jadvalini o'rganuvchilar uchun o'quv qo'llanma" dasturini yaratish jarayonida foydalanilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, C++ Builder dasturlash muhiti va uning standart komponentalari, shuningdek, Excel dasturining imkoniyatlari va funksiyalari, formulalar bilan ishlash usullari, diagrammalar tuzish va iqtisodiy masalalarni yechish kabi mavzular chuqur o'rganilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 79.4%