Intellektual transport tizimlari

Ushbu kitob "Intellektual transport tizimlari" fanidan amaliy mashg'ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko'rsatma hisoblanadi. Unda zamonaviy intellektual transport tizimlarining mohiyati, ularning tuzilmasi, turlari, axborot tizimlari, kommunikatsion infratuzilmasi, shuningdek, transport oqimlarini boshqarish zamonaviy tizimlarining afzalliklari, yo'l harakati xavfsizligini oshirishda zamonaviy intellektual tizimlar, avtomobillarning harakatlanish jarayonida xavfli vaziyat paydo bo'lishi to'g'risida xaydovchini ogohlantirish, transport vositalarini to'xtatmasdan vaznini nazorat qilish, yo'l tonnellari axborot tizimi ITT tarkibiy qismi sifatida kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMI (ITT): 1.1. ITTning mohiyati va ahamiyati: O’zbekiston transport tizimining asosiy vazifalaridan biri, milliy iqtisodiyot va axoliga ko’rsatiladigan transport xizmatlari sifatini, transport – yo’l majmuasi faoliyatini yuqori darajada va samarali tashkil etish orqali oshirishdan iborat. Shahar transport tizimi – transport kommunikatsiyalarining barcha turlarini majmui (maxalliy hududda umumiy foydalaniladigan avtomobilь yo’llari, tuman, shahar va relьsli transport yo’nalishlari) muhandislik uskunalari va inshootlari, transport xo’jaliklari va barcha transport vositalari, yo’l harakati ishtirokchilari, atrof muxitni, xamda yuk va yo’lovchilarni havfsiz xarakatini samarali tashkil etishni ta’minlovchi shahardagi xarakat jarayonlarni tashkil etuvchi va boshqaruvchi usullardan iborat. Intellektual transport tizimi – o’z ichiga, zamonaviy axborot, kommunikatsion va telematik texnologiyalarni, boshqaruv texnologiyalarni va transportdan foydalanuvchilar va ekspluatatsion jarayonlarida qatnashadigan personalning (xodimlar) qulayligi uchun, transport jarayonini samarali tashkil etish va xavfsizlikni oshirish, transport-yo’l tarmog’ining foydalanish ko’rsatkichlarini maksimal darajada oshirish, axolini belgilangan xarakatlanish (mobilьnostь) darajasini ta’minlash maqsadida, konkret transport vositasi yoki transport vositalari guruxi tomonidan xudud (shahar, yo’llar) transport tizimini yuqori (maksimal) samarali boshqarish ko’rinishlarini (stsenariy) amalga oshirishni avtomatik tarzda qidirishni oladi. 1.2. ITTni tadbiq etishning Yevropa tajribalari: ERTICO – ITT bozorini iste’molchilari, infrastruktura aloqa operatorlari, vazirliklar va idoralar, ITT bozorini rivojlanishiga manfaotdor jamoat tashkilotlari va yetakchi ishlab chiqaruvchilar, Yevropa assotsiatsiyasi qatnashchilari. E-Call – Yo’l transport xodisasi (DTP) da tezkor reaktsiya beruvchi tizim. 2010 yildan boshlab Yevropa ittifoqi davlatlarida barcha avtomobillar favqulodda sodir bo’lgan voqea to’g’risida xabar beruvchi tugmacha (knopka) bilan majburiy jixozlanadi. ADASIS – Haydovchi bashorat yordamida yo’ldagi vaziyat to’g’risida axborot olishi uchun navigatsiya vositalarida aniq kartografik ma’lumotlardan foydalanadi. AIDE – Avtomobilь harakati jarayonida murakkab manevrni amalga oshirayotganda, salondagi qurilmalarning o’chib qolishi va quvib o’tish paytida xaydovchini diqqat-e’tiborini ta’minlovchi dasturlar va maxsus elektron moslamalardan foydalanish. FeedMAP – Navigatsiyada ishlatiladigan elektron kartalarni doimiy ravishda yangilanishini ta’minlash. GST – Yo’l xarakati qatnashchilari, tez tibbiy yordam va qutqaruv xizmati kabi iste’molchilar uchun ma’lumotlarni yig’ish, yetkazish, va ishlov berishni amalga oshiruvchi telematika xizmatlarining ommaviy bozorini kengaytirishda xamkorlikni rivojlantirish uchun texnologik platforma. eSafety Forum – eCall («tezkor chaqiruv») loyihasini o’z ichiga qamrab olgan aktiv va passiv xavfsizlik tizimini ommaviy joriy etish Yevropa dasturi o’z ichiga kuyidagi ishlarni qamrab olgan: favquloddagi xizmatlar tomonidan ishlatiladigan elektron kartalarni yaratish, avtomobildan dispetcherlik markazlarga axborotlarni yetkazish kanallar samaradorligini o’rganish, yo’ldagi real vaziyat to’g’risida xaydovchini ogohlantirish va tan jarohatini olganlarga tezkor yordam berishning xalqaro standartlarini va ustivor vazifalarini ishlab chiqish maqsadida amerika, yaponiya va boshqa telematika xizmatlari bozorining qatnashchilari bilan xamkorlik qilish. CONNECT, SIMBA – Intellektual transport tizimlari bozorini rivojlantiruvchi milliy va xalqaro dasturlar. O’z ichiga Markaziy va SHarqiy Yevropa, Braziliya, Xindiston, Xitoy, JAR, 2008 yildan esa – Rossiya davlatlari dasturlarini qamrab olgan. 1.3. Standartlashtirishning jahon tizimlari: ITT texnik tartibga solish doirasida jaxonda uchta standartlashtirish tizimlari eng yuqori mavqega ega: – ISO – standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO – International Organization of Standartization), unda ITTni tartibga solish 204 texnik qo’mita tomonidan amalga oshiriladi (Technical Committee 204 – Intelligent Transport Systems); – CEN – standartlashtirish bo’yicha Yevropa qo’mitasi (CEN – European Committee for Standartization), unda ITTni tartibga solish 278 texnik qo’mita tomonidan amalga oshiriladi (Technical Committee 278 – Road Transport and Traffic Telematics); – ITS Standards of Japan – yaponiya standartlashtirish tizimi.
  • TRANSPORT OQIMLARINI BOSHQARISH ZAMONAVIY TIZIMLARINING AVZALLIKLARI: 4.1.Jaxon transport tarmoqlarining taxlili: 2050 yilgacha Yevropa Itgifokining transport siyosati Yevropa komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan kompleks strategiyasiga asoslanadi (“Oq qitob” xujjati). Yevropa komissiyasi tomonidan 2011 yil 28 martda Bryusselda “Oq qitob — Rakobatbardosh va ekologik toza tizimni shakllantirish yo’lida yagona yevropa transport xududini yaratishning yo’l xaritasi” tasdiqlandi va qabul qilindi. Yevropa transport strategiyasining asosiy maqsadi – transport va transport infratuzilmasidan samarali foydalanish va ushbu dasturni amalga oshirish uchun transport - yo’l majmua sini boshqarish intellektual transport tizimini (ITT) tadbiq etish. Evropa parlamenti va Yevropa kengashi tomonidan 2010 yil 7 oktyabrda 2010/40/EU - sonli “Yo’l transporti doirasida va boshqa transport turlari bilan o’zaroxamkorlikni ta’minlaydigan ingellektual transport tizimlarini tadbiq etish asoslari to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Menejment nuqtai nazaridan ilk bor amalga oshirilgan yirik yevropa loyixalardan biri COMFORT nomli myunxen loyixasi 1991 yildan boshlangan. Ushbu birinchi loyixa yirik shahar atrofida joylashgan xududlardagi avtomagistrallarni shahar markazidagi transport oqimlari bilan muvofiqlashtirgan xolda rejalashtirish jarayonini amalga oshirishga imkon berdi. Loyihani tahlili shuni ko’rsatdiki, tadbiq etilishiga kiritilgan kapital quyilmalar faqatgina yo’l - transport xodisalar kamayishi evaziga 2 yil mobaynida o’zini oqladi. Piyodalarni urib ketish 35%ga kamaydi, yo’l-transport xodisalarda olingan jarohatlar - 30%ga va xaloq bo’lganlar soni esa 31 %ga kamaydi. Yevropa Ittifoqi doirasida qator ma’lum loyihalar amaliyotga tadbiq etilgan. 4.2. YXBAT(ASUD)dan yetakchi davlatlarda foydalanish: Yaponiyada amalda barcha xududlardagi yo’llar xar xil shaklldagi ITT bilan jihozlangan. ASUD-YABTni amaliyotda tadbiq etilganini kuyidagi misollarda ko’rish mumkin: - Toronto, Kanada: SCOOT 75 svetofor ob’ektlarini boshqarish tizimi. Ushbu tizimni vaqtincha boshqarish jadvali bilan solishtirganda katnov vakti 8%, transport vositalarning to’xtashlar soni 22% va ushlanib qolishlari 17% kamayadi. Natijada yoqilgi xarajati 5,7% kamaydi, bu esa o’z navbatida ijobiy ekologik samara keltirdi; - Los-Andjeles, Kaliforniya: LADOT yangi boshqarish tizimi 1170 svetofor ob’ektlari va 4590 detektorlardan tashkil topgan va ular boshqarish tizimiga optimallashtirish uchun ishlatilmokda. Natijada yokilgi xarajatini 13% kamayishiga erishilgan, transport vositalarning to’xtab turishi 41% kamaygan va vaqt yo’qotishlari 16% qisqardi; - CHikago, Illinoys: ASUD ORAS asosida jamoat transportini optimallashtirishning boshlang’ich loyihasi amalga oshirildi. Loyiha bo’yicha chorraxalarda avtobuslarga ustunlik beriladi va natijada avtobuslarning xarakat tezligi 25-50% oshadi; - Virginiya: bir nechta shahar xududlaridan o’tadigan eksperimental avtomagistral ko’rilishiga Virginiyada transport vazirligi katta sarmoyalar kiritgan. Eksperimengal avtomagistralь ekspluatatsiyasiga 1998 yilda tushgan va bir nechta eksperimentlarda ishlatilmoqda. ERTICO saytida - Yevropa ITT assotsiatsiyalari - Yevropa ITT-tizimlarini amaliyotga tadbiq etish misollari keltirilgan.
  • YO’L HARAKATI XAVFSZILIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY INTELLEKTUAL TIZIMLAR: 6.1. Yo’l-transport xodisasn (YTX) to’g’risida o’z vaqtida xabar berish va ogohlantirish: Xar xil davlatlarda xaydovchilar xavfsizligini qo’llab - quvvatlovchi tizimlarni amaliyotga tadbiq etilishiga qaratilgan ilk loyihalar yo’l-transport xodisalarni sezilarli kamaytiradi va shu bilan birga tashish jarayonining samadorligini oshiradi. Ushbu loyihalarning asosiylaridan biri «Intellektual avtomagistralь» hisoblanadi. Bunday xolatda xaydovchiga to’plangan va ishlov berilgan axborotlarni yetkazish vazifasini asosan yo’l atrofida tashkil etilgan infrastruktura amalga oshiradi. Ushbu vaziyatda xar bir avtomobilni murakkab kompleks texnika bilan jihozlash zarurati qolmaydi, lekin bunga qaramasdan RDS - TMS tizimi yoki axborot yetkazuvchi displeylar yordamida avtomobilni xech bulmasa bir tomonlama aloqa bilan ta’minlash imkoniyati saqlanib qolinadi. 6.3. Yo’l xarakati qoidalariga rioya qilishni nazorati: Zamonaviy avtomobillarni ximoya qilish vositalaridan biri yo’l-transport xodisasini elektron registratsiya qilish vositasi xisoblanadi. Ushbu registrator nafaqat sodir bo’lgan yo’l - transport xodisasini aniqlashga yordam beradi, undan tashqari avtomobilning konstruktsiyasini yaxshilashga xam imkon yaratadi. Zamonaviy transport vositasi bir nechta datchiklar bilan jixozlanadi va ular vaziyatni yozib olish vositalar bilan ulanadi. Yo’l - transport xodisasi sodir bo’lganda voqea boshlanishidan ilgari 30 soniya va sodir bo’lgandan so’ng 15 soniya yozib saqlanadi.
  • INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARIDA KOMMUNIKATSION INFRATUZULMASI: 15.1. ITTda kommunikatsiyalar: ITTta kommunikatsiyalar axborotlarni kuyidagi ko’rinishda uzatilishini ta’minlaydi: – yo’llarda o’rnatilgan uskunalarga buyruqlarni uzatish; – transport, meteorologik va ekologik datchiklar ma’lumotlari; – kameralar va SOS vositalarining video va ovoz signallari;– uskunalar xolatini tavsiflovchi ma’lumotlar; – boshqarish markazlari o’rtasidagi axborotlar uzatilishi. Transport tizimlarida vositalar va aloqa liniyalari juda muhim va qimmat xisoblanadi va ularning faoliyatini ta’minlashda transport muxandisi katta e’tibor berishi lozim chunki ular intellektual transport tizimidan samarali foydalanishda asosiy rolni bajaradi. 15.2. Telekommunikatsion tarmoqlarning asosiy tavsifi: Mavjud bo’lgan telekommunikatsion tarmoqlarni ko’pchilik mezonlar asosida taqsimlash mumkin: – tarmoqning maqsadi: axborotlarni telefon orqali uzatish, kompьyuter orqali va b.; – tarmoq funktsiyalari: kirish tarmog’i, tranzit tarmog’i, lokal tarmog’i va b.; – o’tkazish polosa kengligi: torpolosa, kengpolosa; – abonentlar mobilligi: statsionar, mobilь; – abonentlarning aloqa usuli: ikki abonentlarning ulanishi, axborot tarmoqlari (radio, televidenie).
  • INTELLEKTUAL TRANSPORT VOSITALARINI YARATISHDA JAHON TAJRIBASI: 16.1. Zamonaviy xavfsiz avtomobillarni ishlab chiqish: Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4deb nomlangan innovatsion xavfsiz avtomobilning to’rtinchiavlodini ishlab chiqdi. Tizimning asosiy vazifasi innovatsion texnologiyalar yordamida avtomobillar o’rtasidagi kommunikayatsilarni yaxshilash evaziga avariyalar sonini kamaytirish. Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4 avtomobilida xar xil texnologiyalarni testdan o’tkazdi va ulardan tijorat ishlarida foydalanish uchun tayyorladi. Nissan ASV-4 avtomobilining ogohlantirish tizimi xaydovchini ogohlantirish uchun avtomobillar o’rtasidagi V2V kommunikatsiyasidan foydalanadiva qaramaqarshi xarakatlanuvchi avtomobilь to’g’risida ogohlantiradi natijada yo’lda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli vaziyatni oldini oladi. 16.2. Avtomobilning xarakatlanish jarayonida xavfli vaziyat paydo bo’lishi to’g’risida xaydovchini ogohlantiruvchi innovatsion texnologiyalar: GM muxandislari bir nechta amaliy misollarda yangi texnologiyaning yutuqlarini namoyon etishdi. Oldinda qo’zg’almas avtomobilь joylashgan.Agarda avtomobilь buzilishi tufayli yo’lning chetida to’xtasa tizim xaydovchini ogohlantiradi.Qo’zg’almas avtomobilь boshqa avtomobilь xarakat qilayotgan qatordan tashqari joylashgan xolda xam yaqinlashayotgan avtomobilning xaydovchisini ogohlantiradi. Ushbu xolat vizual kontaktgacha amalga oshiriladi.
  • TRANSPORT VAZIYaTLARINING MONITORINGI: 18.1. Xaydovchiga xavfsiz xarakatlanishga yordam beruvchi tizimlar: DSSS: Driving Safety Support Systems. Ushbu tizimlar transport vositalari xaydovchilariga murakkab transport vaziyatlarida zarur bo’lgan ma’lumotlarni olishga ko’maklashadi (transport signallari, yo’l belgilari va shu kabilar). Bunday ma’lumotlar avtomobilga yo’l-transport infrastrukturasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar, ya’ni intellektual transport tizimlari yordamida uzatilishi mumkin. 18.2. To’qnashuvlarni oldindan ogohlantiruvchi tizim (Precrash Safety System): Tizimda millimetrlik to’lqinlarida va kameralarda ishlayotgan radarlar ishlatiladi. Radar avtomobilь oldidagi xududni skaner qiladi, elektron bloki esa to’siq bilan yaqinlashish tezligini xisoblaydi. Xavfsizlik masofasi buzilgan xollarda tizim xaydovchini ogohlantiradi, kerak bo’lgan xollarda esa tormoz tizimini ishga soladi. Agarda to’qnashuv sodir bo’lishi aniq bo’lsa – tizim xavfsizlik kamarlarini xamda avariya xolatidagi shikastlarini oldini olish tizimlarini ishga soladi.
  • YO’L XOLATI NAZORATINI TA’MINLASHDA INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARI (ITT) BO’LINMALARI (KICHIK TIZIMLARI): 11.1. Avtomobil yo’llarining xolati: O’zbekiston yo’l xo’jaligi – bu barcha umumiy foydalanish avtomobilь yo’llari va ulardagi muhandislik inshoatlarini o’ziga qamrab olgan yagona ishlab chiqarish – xo’jalik majmuasi. Xar xil xududlardagi aholi punklari va tumanlar o’rtasidagi aloqalarni hamda qo’shni mintaqalarning yo’l tarmog’i integratsiyasini ta’minlovchi avtomobilь yo’llari tarmog’ini rivojlanish darajasi va transport – ekspluatatsion (foydalanish) xolati barqaror iqtisodiy o’sish masalalarini yechishga, aholini turmush darajasini o’sishi va tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan sharoitni yaxshilashga, tarkibiy islohotlarni amalga oshirishga va alohida olingan xududlarning transport tizimini respublikamizning yagona transport tizimiga integratsiyasini amalga oshirish uchun zamin yaratadi.
  • BELGILANGAN XARAKAT TEZLIGI OSHIRILGANDA OGOHLANTIRUVCHI QURILMALAR: 7.1. Ob-xavo va iqlim sharoiti o’zgarganlign va xarakatlanish jarayonida to’siqlar mavjudligini ogohlantirish (detektirovanie): Yo’l-transport xodisalar (YTX) sodir bo’lishining asosiy sabablaridan biri xarakat tezligining maxalliy yo’l sharoitlariga mos kelmasligida. Bu negativ xolatlarni oldini olish uchun yoki maksimal ravishda kamaytirish maqsadida dinamik tizimlardan foydalanish mumkin, ular avtomobillar tezligini o’lchash datchiklari va boshqariladigan yul belgilari yordamida yo’l xarakati qoidalari buzilganligi yoki boshqa xavf-xatarlar to’g’risida xaydovchini ogohlantiradi. 7.3. Ob-xavo va iqlim sharoitlari: Transport tarmog’ida yo’ldagi favquloddagi vaziyatlar sodir bo’lishi mumkin nuqtalarida datchiklar joylashtiriladi. Ushbu datchiklar yo’lning xarakat qismining yuzidagi xaroratni aniqlaydi, xavo temperaturasi, yomg’ir yoki qor yog’ishi va boshqa ko’rsatkichlarni o’lchaydi. Ko’pchilik zamonaviy o’lchash vositalari bir necha soatga yo’l muzlanishini bashorat qila oladi. Yo’lni boshqarish markazlardan xaydovchilar yo’lning xolati to’g’risida axborot oladilar (muzlanish, ob-xavo va boshqalar) va eng muximi ushbu axborotlar yo’lni boshqarish markazlariga yo’l xolatini yaxshilash uchun imkon yaratadi.
  • TRANSPORT OQIMLARINI BOSHQARISHNING INTELLEKTUAL TIZIMLARI: 9.1. Intellektual transport tizimlarida axborot oqimlari: Zamonaviy intellektual avtomagistrallarni xususiyati shundan iboratki, transport oqimi to’g’risidagi axborotlar, iqlim va ekologik sharoitlar to’g’risidagi ko’pchilik ma’lumotlar (axborotlar) o’z aksini topadi lar. shu tizimning asosiy xususiyati - barcha axborotlarni jamlash, tekshirsh, identifikatsiya qilish va uzatishdan iborat. Avtomagistrallarda xarakatni uzoq muddatlarga cheklashga yo’ldagi qurilish va ta’mirlash ishlari mavjudligi sababchi bo’ladi, transport vositalarning buzilishi va yo’l chekkasida to’xtab turishi va boshqa sabablar tufayli avtomagistrallarda qisqa muddatli xarakat cheklovlari amalga oshiriladi. Yuqoridagi qayd etilgan barcha ma’lumotlarga ishlov beriladi va ular mijozlarga yuboriladi. Demak avtomagistralda xarakat jarayonidagi yeki avtomagistralga kirib kelish vaqtidagi axborotlar to’g’risida so’z yuritilayapti.
  • TRANSPORT VOSITALARINI YARATISHDA JAHON TAJRIBASI: 16.1. Zamonaviy xavfsiz avtomobillarni ishlab chiqish: Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4deb nomlangan innovatsion xavfsiz avtomobilning to’rtinchiavlodini ishlab chiqdi. Tizimning asosiy vazifasi innovatsion texnologiyalar yordamida avtomobillar o’rtasidagi kommunikayatsilarni yaxshilash evaziga avariyalar sonini kamaytirish. Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4 avtomobilida xar xil texnologiyalarni testdan o’tkazdi va ulardan tijorat ishlarida foydalanish uchun tayyorladi. Nissan ASV-4 avtomobilining ogohlantirish tizimi xaydovchini ogohlantirish uchun avtomobillar o’rtasidagi V2V kommunikatsiyasidan foydalanadiva qaramaqarshi xarakatlanuvchi avtomobilь to’g’risida ogohlantiradi natijada yo’lda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli vaziyatni oldini oladi. 16.2. Avtomobilning xarakatlanish jarayonida xavfli vaziyat paydo bo’lishi to’g’risida xaydovchini ogohlantiruvchi innovatsion texnologiyalar: GM muxandislari bir nechta amaliy misollarda yangi texnologiyaning yutuqlarini namoyon etishdi. Oldinda qo’zg’almas avtomobilь joylashgan.Agarda avtomobilь buzilishi tufayli yo’lning chetida to’xtasa tizim xaydovchini ogohlantiradi.Qo’zg’almas avtomobilь boshqa avtomobilь xarakat qilayotgan qatordan tashqari joylashgan xolda xam yaqinlashayotgan avtomobilning xaydovchisini ogohlantiradi. Ushbu xolat vizual kontaktgacha amalga oshiriladi.
  • TRANSPORT VAZIYATLARINING MONITORINGI: 18.1. Xaydovchiga xavfsiz xarakatlanishga yordam beruvchi tizimlar: DSSS: Driving Safety Support Systems. Ushbu tizimlar transport vositalari xaydovchilariga murakkab transport vaziyatlarida zarur bo’lgan ma’lumotlarni olishga ko’maklashadi (transport signallari, yo’l belgilari va shu kabilar). Bunday ma’lumotlar avtomobilga yo’l-transport infrastrukturasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar, ya’ni intellektual transport tizimlari yordamida uzatilishi mumkin. 18.2. To’qnashuvlarni oldindan ogohlantiruvchi tizim (Precrash Safety System): Tizimda millimetrlik to’lqinlarida va kameralarda ishlayotgan radarlar ishlatiladi. Radar avtomobilь oldidagi xududni skaner qiladi, elektron bloki esa to’siq bilan yaqinlashish tezligini xisoblaydi. Xavfsizlik masofasi buzilgan xollarda tizim xaydovchini ogohlantiradi, kerak bo’lgan xollarda esa tormoz tizimini ishga soladi.
  • YO’L XOLATI NAZORATINI TA’MINLASHDA INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARI (ITT) BO’LINMALARI (KICHIK TIZIMLARI): 11.1. Avtomobil yo’llarining xolati: O’zbekiston yo’l xo’jaligi – bu barcha umumiy foydalanish avtomobilь yo’llari va ulardagi muhandislik inshoatlarini o’ziga qamrab olgan yagona ishlab chiqarish – xo’jalik majmuasi. Xar xil xududlardagi aholi punklari va tumanlar o’rtasidagi aloqalarni hamda qo’shni mintaqalarning yo’l tarmog’i integratsiyasini ta’minlovchi avtomobilь yo’llari tarmog’ini rivojlanish darajasi va transport – ekspluatatsion (foydalanish) xolati barqaror iqtisodiy o’sish masalalarini yechishga, aholini turmush darajasini o’sishi va tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan sharoitni yaxshilashga, tarkibiy islohotlarni amalga oshirishga va alohida olingan xududlarning transport tizimini respublikamizning yagona transport tizimiga integratsiyasini amalga oshirish uchun zamin yaratadi.
  • BELGILANGAN XARAKAT TEZLIGI OSHIRILGANDA OGOHLANTIRUVCHI QURILMALAR: 7.1. Ob-xavo va iqlim sharoiti o’zgarganlign va xarakatlanish jarayonida to’siqlar mavjudligini ogohlantirish (detektirovanie): Yo’l-transport xodisalar (YTX) sodir bo’lishining asosiy sabablaridan biri xarakat tezligining maxalliy yo’l sharoitlariga mos kelmasligida. Bu negativ xolatlarni oldini olish uchun yoki maksimal ravishda kamaytirish maqsadida dinamik tizimlardan foydalanish mumkin, ular avtomobillar tezligini o’lchash datchiklari va boshqariladigan yul belgilari yordamida yo’l xarakati qoidalari buzilganligi yoki boshqa xavf-xatarlar to’g’risida xaydovchini ogohlantiradi. 7.3. Ob-xavo va iqlim sharoitlari: Transport tarmog’ida yo’ldagi favquloddagi vaziyatlar sodir bo’lishi mumkin nuqtalarida datchiklar joylashtiriladi. Ushbu datchiklar yo’lning xarakat qismining yuzidagi xaroratni aniqlaydi, xavo temperaturasi, yomg’ir yoki qor yog’ishi va boshqa ko’rsatkichlarni o’lchaydi. Ko’pchilik zamonaviy o’lchash vositalari bir necha soatga yo’l muzlanishini bashorat qila oladi. Yo’lni boshqarish markazlardan xaydovchilar yo’lning xolati to’g’risida axborot oladilar (muzlanish, ob-xavo va boshqalar) va eng muximi ushbu axborotlar yo’lni boshqarish markazlariga yo’l xolatini yaxshilash uchun imkon yaratadi.
  • AXOLI PUNKLARI VA AVTOMAGISTRALLARDA YO’L XARAKATINI TASHKIL ETISH INTELLEKTUAL TIZIMLARI: 8.1. Yo’l xarakatini boshqarishnnng chiziqli tizimi - RLTC: Transportni yo’l xarakatini boshqarishning chiziqli tizimi transport oqimlarining xarakatlanishi to’g’risidagi axborotlarni to’plash va ularga ishlov berish (transport oqimining tarkibi va intensiv xarakatlanishi) jarayonida yo’lning eng katta (uchastkalarida) qismida “Yuk avtomobillarning o’zib o’tishi taqiqlanadi” va “Maksimal tezlikni chegaralash” kabi boshqariladigan yo’l belgilari yordamida yo’l xarakatini va tezlikni boshqaradi. Ushbu tizim “Boshqa xavf-xatarlar” va “Yo’l ishlari” kabi ogohlantiruvchi yo’l belgilari bilan to’ldiriladi. RLTC tizimining asosiy maqsadlari. Transport oqimining qatlami oshgan sari «Stop and Go» o’zgaruvchan to’lkinlari ko’rinishidagi xarakatlanish rejimi vujudga keladi. Ushbu to’lqinlar tezlikning katta o’zgarishlari bilan tavsiflanadi va tezlikning o’rtakvadrat o’zgarishini bildiradi.
  • INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARIDA AXBOROT OQIMLARI: 9.1. Intellektual transport tizimlarida axborot oqimlari: Zamonaviy intellektual avtomagistrallarni xususiyati shundan iboratki, transport oqimi to’g’risidagi axborotlar, iqlim va ekologik sharoitlar to’g’risidagi ko’pchilik ma’lumotlar (axborotlar) o’z aksini topadi lar. shu tizimning asosiy xususiyati - barcha axborotlarni jamlash, tekshirsh, identifikatsiya qilish va uzatishdan iborat. Avtomagistrallarda xarakatni uzoq muddatlarga cheklashga yo’ldagi qurilish va ta’mirlash ishlari mavjudligi sababchi bo’ladi, transport vositalarning buzilishi va yo’l chekkasida to’xtab turishi va boshqa sabablar tufayli avtomagistrallarda qisqa muddatli xarakat cheklovlari amalga oshiriladi. Yuqoridagi qayd etilgan barcha ma’lumotlarga ishlov beriladi va ular mijozlarga yuboriladi. Demak avtomagistralda xarakat jarayonidagi yeki avtomagistralga kirib kelish vaqtidagi axborotlar to’g’risida so’z yuritilayapti.
  • TRANSPORT VOSITALARI TURARGOHLARINI TASHKIL ETISHDA ITT BO’LINMALARI (KICHIK TIZIMLARI): 10.1. Avtomobillarii to’xtab turish va turargohlarini tashkil etish: Xozirgi kunda transport xizmatlari sifatiga bo’lgan talab doimiy ravishda o’sib bormoqda, shuning uchun xam avtomobillar turargohlarini tashkil etishda keng ko’lamda telematik transport tizimlari ishlatilmoqda va natijada ular xizmat ko’rsatish darajasini o’sishiga sababchi bo’lmoqda. Turargoxlar tizimini tashkil etuvchi xar xil sektorlarida telematik xizmatlardan foydalanish ko’lami kengaymoqda. Xususan, so’z turargoxlarning barcha turlariga (P+R, qo’riqlanadigan turargohlar, garaj kabi qurilmalar va xokazolar) avtomobillarni yo’naltirish tizimlari to’g’risida ketmoqda, ular boshqarish markazi, turargoxlardagi elektron avtomatlar va yirik garajlardagi axborot tizimlari bilan uzviy bog’liq. Eng muhimi shundaki, yuqoridagi barcha transport tizimlari shahar transportini boshqarish tizimi bilan xam bog’liq. Ushbu doiraga elektron to’lov tizimi (EFC, Yelectronic Fee Collection) xam kiradi, chunki u nafaqat transport infrastrukturasida (avtomagistrallardagi xarakatlanishning elektron to’lovlari, shahar jamoat transportidagi elektron to’lovlar va shu kabilar) barcha elektron to’lovlari bilan birga turagoxlardagi xizmatlar to’lovini amalga oshiradi (turargoxlarda elektron to’lovlar). 10.3. Parkovka (turargoh) joylariga avtomobillarni yo’naltirish turlari (yo’llari): Parkovka (turargoh) joylariga avtomobillarni statik yo’naltirish tizimlari. So’z urnatilgan yo’l belgilari yordamida avtomobillarni yunaltirish to’g’risida ketayapti. Amaliyotda axborot beruvchi Dl1a va “To’xtash joyi” yo’l belgilarining kombinatsiyasi ishlatiladi va ular yaqin bo’lgan turargohning nomi, yetib borish masofasi va yo’nalishi to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar bilan to’ldiriladi, undan tashqari kaysi jamoat transporti turida turargohga yoki shahar markazita yetib borish mumkinligi to’g’risida ham axborot beriladi. Parkovka (turargohlar) joylariga avtomobillarni dinamik yo’naltirish tizimlari. Dinamik yo’naltirish tizimi transport-telematik tizimning asosiy qismi hisoblanadi va boshqariladigan informatsion tablo yoki o’rnatilgan yo’l belgilari yordamida xaydovchilar yaqin bo’lgan turargohlar, ularning bandlik darajasi va yetib borish masofasi to’g’risida muhim bo’lgan tezkor axborotlar olishadi. Tizim misol tariqasida yaqin va bo’sh joylarga ega bo’lgan turargohga optimal yetib borish marshrutini ham tavsiya etishi mumkin. Turargohlar, boshqariladigan informatsion tablo va boshqarish tizimi o’rtasida aktual axborotlarni kafolatli uzatish doimiy ishlayotgan aloqa liniyali orqali ta’minlanadi.