Harbiy san’at tarixi

Mazkur o’quv qo’llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etildi. Ushbu o’quv qo‘llanmada Yer yuzida harbiy san’atning paydo bo‘lishi va hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy davrlardagi taraqqiyoti yoritib berilgan. Mazkur o’quv qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlardan 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘tiladigan “Harbiy san’at tarixi” fani bo‘yicha dars mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Harbiy san’at tarixi mazmunan juda keng qamrovli soha sifatida harbiy sohaga tegishli barcha tushunchalarni – harbiy siyosat, jang mahorati, qurol-yarog‘lar, mudofaa tizimi, harbiy san’at, ayni paytda urushlar tarixini juda chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, insoniyat tarixida qadimiy sivilizatsiya o‘choqlaridan biriga asos solgan xalqimizning serqirra va boy o‘tmish madaniyatining muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Ayniqsa, qariyb uch ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan o‘zbek davlatchiligi tarxida harbiy san’atning o‘rni beqiyosdir. Zero, butun o‘tmish mobaynida davlat va jamiyatning xavfsizligi, yurt tinchligi va osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi, xalqning erki va ozodligi, madaniy taraqqiyotini ta’minlashi uchun harbiy kuchlarga ehtiyoj katta bo‘lgan. Shu sababli harbiy ishga davlatning muhim vazifasi sifatida juda katta etibor qaratilgan.
  • Qurol yarog‘larni ixtiro qilinishi, qadimgi mudofaa inshootlari: Qadimgi halqlarning harbiy mahoratining shakllanishi, qurol yarog‘larning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Tosh asridayoq odamlar qurol-yarog‘lardan ov maqsadida, keyinchalik esa o‘zlarini himoya qilish maqsadida ham foydalanishgan. Dastlabki qurol-yarog‘lar taxminan 100 ming yil ilgari uchi chaqmoqtosh va suyakdan yasalgan nayzalar va uloqtirish oson bo‘lgan nayzalar paydo bo‘ldi. Mezolit davriga kelib esa uchi chaqmoqtoshdan yasalgan o‘q yoylar ixtiro qilindi. Buni natijasida kishilik jamiyati rivojlandi. Neolit davriga kelib esa palahmonlar yanada rivojlandi. Odamlar bu davrda toshdan keyinchalik, loydan yasalgan yadrolarni uloqtirishni o‘rganishdi. Bu davrning yana bir ixtirosi kiyik shohidan o‘yib yasalgan boltalar kabi qurol aslahalar paydo bo‘ldi. Bronza davrida chorvachilik va dehqonchilik rivojlanishi oqibatida ovchilikning avvalgi ahamiyati ancha pasaydi. Endi chorvachilik uchun yaylovlar, dexqonchilik uchun erlarning ahamiyati ortib, ularni egallash va muxofaza qilish zarurati tug‘ildi. Mol-mulkni tashqi dushmanlardan himoya qilish va o‘zaro nizolarni hal qilish uchun qurol-yarog‘larni ahamiyati yanada ortdi.
  • Misr va Mesopotamiya harbiy san`ati: Qadimgi Misr davlati tarixi besh davrga bo‘linadi: ilk, qadimgi, o‘rta, yangi va so‘nggi podsholiklar davri. Har bir davrning harbiy tashkiloti o‘z xususiyatlariga ega bo‘lgan. Ilk podsholikning boshlanishi (mil. av. XXXI-XXIX asrlar) bilan Misrdagi ichki urushlar to‘xtagan, quyi Misr va yuqori Misr podsholiklarining birlashgan davri bo‘lgan.Qadimgi podsholik mil. av. XXVIII asrning boshlaridan to mil. av. XXIII asrning o‘rtalarigacha hukm surdi. Markazlashuv dexqonchilikning rivojlanishini ta'minlagan sug‘orish tizimining kengay’ishi va takomillashuvidek muhim hodisalarga olib keldi. Hunarmandchilik rivojlandi, butun boshli hunarmandchilik ustaxonalari ochilib, ularda qurol-yarog‘lar ham tayyorlana boshlandi. Savdo-sotiq kengaydi, bu o‘z navbatida kemasozlikning rivojlanishiga olib keldi.
  • Qadimgi Yunoniston va Rimning harbiy san`ati: Antik mamlakatlarda (Qadimgi Yunonistan, Qadimgi Rim) dastlabki davrda qurolli kuchlar militsiya tizim asosida tashkil topgan. Bu degani, xar bir erkak harbiy ishni bilib, armiyada xizmat qilish lozim edi. Tinchlik davrida yoshlar dastlabki harbiy tayyorgalikni o‘tishar edi, urush paytida esa ularni armiyaga safarbar qilishgan. Ammo jamiyatdagi sinfiy tabaqalanishi erkin axolini kamayishiga olib kelgan. Sabab shundaki, xonavayron bo‘lgan dehkon qulga aylanar edi. Shuning uchun ozod bo‘lgan odam kamayib ,yollangan armiyani tashkil qilishga majbur bo‘lishgan. Qadimgi Yunonistonda armiya asosini piyodalar tashkil etgan. Ular ikki turga bo‘lingan-og‘ir qurollangan va engil piyodalar. Og‘ir qurollangan piyodalar (goplitlar) nayza, kalta shamshir, qalqon, ko‘krakdagi himoya qiluvchi bronza sovut bilan qurollangan edi. Engil piyodalar esa engil nayza yoki o‘q-yor bilan qurollangan.
  • Turk va mo‘g‘il xalqlarining harbiy san`ati: VI asr o‘rtalariga kelib, Markaziy Osiyoda Ashina qabilasi xukmdori Bumin yabg‘uning ta’siri kuchayib, o‘zini “el-xoqon” deb e’lon qilishi bilan yangi davlat Turk xoqonligi tashkil topadi. Turk xoqonligining chegaralari sharqda Koreya bo‘g‘ozidan g‘arbda to Shimoliy Qora dengiz bo‘ylarigacha, shimoliy Ural tog‘larigacha, Enisey va Bakalbo‘yidan janubga tomon Afg‘oniston va shimoliy Hindistongacha bo‘lgan xududlarni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Turk xoqonligi tez orada dunyoning yirik imperiyalaridan biriga aylanishga muvaffaq bo‘ladi. Albatta bunday yirik davlatga aylanish uchun xoqonlikning harbiy qo‘shini ancha ilg‘orlab ketganligidadir.
  • Slavyan xalqlarining harbiy san`ati: Kishilik tarixining taraqqiy etishi jamiyatning iqtisodiy siyosiy ba`zasining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Quldorlik tuzumi o‘z o‘rnini faeodal tartiblarga bo‘shatib berdi. Faeodal tartiblarni o‘rnatilishi turli hududlarda turlichi joylashuvi aholi turmush darajasiga qarab yuz bergan. Dastlab Xitoy va Xindiston hamda sharqiy Rim imperiyasida quldorlik tuzumi krepostnoy tuzimga aylandi. Arab, slovyan, frank, mo‘g‘il va ayrim xalqlar o‘z taraqqiyotida quldorlik tuzumini chetlab o‘tganlar. Garchi, bu xalqlarda qular mavjud bo‘lgan bo‘lsada, qular asosiy ishchi kuchi xisoblanmagan. Quldorlik tuzumidan feodalizmga o‘tish uzoq jarayonni tashkil etgan. Dastlab qabilalar ittifoqiga asoslangan harbiy davlatlar, qabilalar o‘z ixtiyorlari bilan birlashganlar. Harbiylashgan davlatning siyosiy kuchini birlashgan qabilalar zadogonlari tashkil etib, ular orasidan saylangan knyaz yoki xon boshqargan. Harbiy kuch asosini ularni shaxsiy bo‘linmalari tashkil etgan. Natijada birlashgan davlatlar yuzaga keldi. Ular jumlasiga arab davlati, franklar qirolligi VI-XIX asr. Qadimgi rus davlati XIX-XI asr. Mo‘g‘illar davlati XII-XIII asrlarni kiritish mumkin. Lekin bu davlatlarni qo‘shini yollanma askarlar: arablarda badaviy, falloxlar; frank va slavyanlarda ozod dexqonlar; mo‘g‘illarda ko‘chmanchi chorvadorlardan iborat bo‘lganlar.
  • Amir Temur – buyuk davlat arbobi va yetuk sarkarda: Amir Temur xukmronlik qilgan davr O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirdi. Amir Temur o‘sha davrdagi eng jangovor armiyani tuzushga muvaffaq bo‘ldi, harbiy strategyani rivojlantirdi. Shuning uchun qator g‘alabalarga erishdi. Amir Temur yoshligidanoq Movarounnaxrdagi siyosiy ishlarga aralasha boshlaydi. Yosh Temur o‘z viloyatini ko‘chmanchilar talon tarojlaridan ximoyalash maqsadida mug‘ul xonlari xizmatiga kirib, Tug‘luq Temur yorlig‘i bilan viloyat dorug‘asi etib tayinlanadi. Xon oilasiga mansub qizga uylanib, “ko‘ragon” xonning kuyovi unvonini olish orqali qonuniy xokimyatga ega bo‘ladi. 1370-yilda Amir Temur Husayinni engib Movarounnaxr xukmdori deb e’lon qilinadi. Shundan so‘ng Amir Temur o‘z oldiga markazlashgan davlat tuzushni maqsad qilib qo‘yib Samarqandni poytaxt etib tayinlaydi. Amir Temur davlatining harbiy kuchlari, uning tuzulishi, vazifalari, harbiy lavozim pog‘onalari, armiyaning davlatdagi o‘rni haqidagi ko‘plab ma’lumotlar Amir Temur “tuzuklari” da va o‘sha davrga mansub boshqa manbalarda keltirilgan.
  • Yevropadagi milliy ozodlik va dexqonlarning urushlari davrida harbiy san`atning rivojlanishi: Reformatsiya - XVI asrda katolik cherkovi ta'limotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bo`lib o`tgan va XVII asraing birinchi yarmida g`arbiy Yevropaning qator davlatlariga ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir. Bu harakat oqibatida katolik cherkovida bo`linish yuz berdi. Zamon ruhiga mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan xoli, isloh qilingan yangi oqim - protestantlik vujudga keldi. Xristianlikning bungacha ikki oqimga bo`linib ketishi qachou yuz bergan edi? Xo`sh, nega reformatsiya yuz berdi? Katolik cherkovining mavqei haqida. XVI asr boshlarida ham katolik cherkovi qudratli edi. Rim Papasining qudratini qavmlarning faqat Xudoga chuqur va sidqidildan ishonishigina belgilab qolmagan. Bu qudrat asosida Rim katolik cherkovining behisob boyliklarga egaligi ham yotardi. Zero, hamma - oddiy dehqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o`z daromadinmg 1/10 qismini cherkovga tortiq qilardi. Ayni paytda cherkovning o`zi ham katta yer-mulk egasi edi. Bundan tashqari, indulgensiya savdosi ham cherkovga katta daromad keltirardi.
  • XVIII-XIX asrlarda harbiy bilimlarning rivojlanishi: XVII asrning boshida. Fransiya hukumati "jamoat qiziqtirgan" o'zining asosiy tamoyilini e'lon qildi. Fransiya fuqarolik urushlar oxiriga bilan hukumatning proteksionistik siyosat (Merkantalizm) hissa qo'shgan nisbiy iqtisodiy o'sishga boshladi. Rivojlangan sanoat va savdo, ichki iqtisodiy aloqalarni qayta tiklandi va fuqarolik urushlari frasuzlarning umumiy ichki bozorni yig'ma jarayonini so'zini davom ettirdi. Frantsiyada katta kapitalistik zavod kuchlari hisobidan va seminar ishlab chiqarish siljishi tashkil etildi. Engels bu davr haqida shunday yozgan edi: «...so'ngra mavjud sharoitda ichki ishlab chiqarish sanoati faqat köylülüğün hisobidan tuzilishi mumkin. Qishloqi borliq Iqtisodiyot putur etkazdi, va siz qilindi, pul iqtisodiyotni suqilib; ichki bozorni ishlab chiqdi va yana bir vaqtning o'zida, deyarli butunlay tufayli jarayoni o'zi uchun va, shuningdek, chunki tovlamachilik pul va odamlar o'sish unga yo'l iqtisodiy zarurat, sabab bo'lgan mislsiz kuch, hech bo'lmaganda bir marta, vayron etilgan paytda turgan qo'shinlar va harbiy xizmatga joriy etish ... "
  • O‘rta osiyo xonliklarida harbiy unvon va mansablar: Mang‘itlar sulolasi hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki yillarda amirlik o‘zining muntazam qo‘shiniga ega emas edi. Amirlikda mavjud bo‘lgan oz sonli harbiylarning asosiy vazifasi amir va uning a’yonlarni qo‘riqlash hamda shahar osoyishtaligini ta’minlash ishlari bilan xarakterlanar edi. Urush vaqtlarida amir buyrug‘i bilan xalq lashkarlari to‘planib harbiy harakatlariga jalb etilgan. Buxoro amirligida qo‘shin tuzishiga kelsak, Temuriylarning saltanati parchalangandan to XIX asrning birinchi choragiga qadar bu masalada deyarli katta o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Amir Shohmurod hukumronligi davrida qo‘shin ikki qanotdan iborat bo‘lgan. So‘l qanotda mang‘it, kenegas, keroit, do‘rman, qo‘ng‘irot, qiyot, qirg‘iz, xitoy, qipchoq, o‘taji, turkman, arlot, qalmoq, uyg‘ur, mo‘g‘ul, qori, hofiz, o‘g‘lonlardan tuzilgan dastalar tashkil etgan. Chap qanotda qatag‘on, saroy, yabu-yabg‘u, bahrin, jaloir, qang‘li, yuz, ming, paymon, qarluq, berkut, qo‘rchi, arg‘un, og‘lon, qalliq, fulodchi, qirq, olchin, mojar, chinboy, bedoyil, as, jibirg‘in, qilgiy, timoy, masid, tar, bog‘lon, iloji, tugut va shogirdpesha guruhlari joylashgan.
  • Buxoro amirligida qurol - yarog‘ va xarbiy taktika: O‘zbek davlatchiligi tarixiga nazar tashlasak, har qanday mamlakatning harbiy siyosiy qudrati bevosita uning iqtisodiy rivoji, salohiyati bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘ramiz. Biroq XVIII-XIX rda xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar, mamlakatdagi ichki nizolar qoloqlik girdobini yanada chuqurlashtirdi. Ana shu bois mang‘itlar sulolasi hukumronligining dastlabki davri bilan amirlikning Rossiya imperiyasi vassaliga aylangan vaqtidagi qurol-yarog‘, armiyaning jangovorlik holati, ta’minoti masalasida katta o‘zgarishlar sezilmaydi. Bunday tashqari, Buxoro amirligidagi, qolaversa, barcha xonliklar harbiy-siyosiy holati to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar rus savdogar, elchi, josus, sayohatchi va boshqa qiyofasidagi kishilar tomonidan chor Rossiyasi hukumatiga XVII asr boshlaridan etkazib berila boshlangan edi. Rossiya elchiligidan ko‘zlangan asosiy maqsadlaridan biri o‘lkani mustamlakaga aylantirish ekanligi ayon. Amir Haydar hukumronligi davrida rus elchilari safida Buxoroga kelgan E. Meyendorf o‘zining “Orenburgdan Buxoroga sayohat” nomli asarida amirlik harbiy kuchlari xuusida fikr yuritib shunday yozadi: “Sipohiylar pilta miltiq, juda uzun nayza va eroniylarniki kabi yoysimon qilichlar bilan qurollangan. Ulardan ayrimlari kalta jibalar kiyishadi, temir va ho‘kiz terisidan qilingan dubulg‘a taqishadi. Artilleriyasi esa 20 ta eron zambaragidan iborat bo‘lib, uchta yoki to‘rttasi temir qoziqlari bo‘lmagan lofetlar bilan
  • Qizil armiya va milliy qo‘shin masalasi: 1917-yilgi fevral inqilobi Rossiyada tub o‘zgarishlarning yuz berishiga olib kelmadi. Buning boisi shuki, burjua Muvaqqat hukumati o‘zining tor, xudbin manfaatlari doirasidan chetga chiqa olmay, yetilgan tub masalalarni hal etishga ojizlik qildi. Natijada siyosiy tuzumda o‘zgarish bo‘lgani holda muhim ijtimoiy-iqtisodiy, agrar, milliy, sulh masalalari amalda yechilmay qola berdi. Bu esa mamlakat hayotining yanada boshi berk ko‘chaga kirib, tanglik, tanazzullik holatlarining kuchayib borishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Rossiyaning Birinchi jahon urushida ishtirokining davom etishi, rus armiyasining frontda ketma-ket mag‘lubiyatga uchrayotganligi umumxalq noroziligi va qahr-g‘azabini tobora kuchaytirmoqda edi. Lenin boshliq bolsheviklar huddi mana shu qaltis vaziyatdan ustamonlik bilan foydalanib, ommani o‘z tomoniga ag‘darishni ko‘zlovchi shiorlarni maydonga tashlab, siyosiy hokimiyatni egallash sari yo‘l tutdilar. Ular ommabop chaqiriqlarni ilgari surib, barcha tub masalalarni hal etishga qasamyod qildilar. Mana shunday ustakorlik va hiylakorlik yo‘li bilan bolsheviklar 1917-yilning 24–25-oktabr kunlari Petrogradda davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar. Ular Muvaqqat hukumatni ag‘darib, hokimiyatni egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Tez orada mamlakatning boshqa hududlarida ham ularning hukmronligi o‘rnatila boshlandi. “Proletariyat diktaturasi” nomi bilan atalgan zo‘ravon tuzum mana shu zaylda vujudga keldi.
  • Osiyo va Amerika halqlarining mustaqillik uchun kurashlari davrida harbiy san`atni rivojlantirish: Osiyo va Amerika halqlarining mustaqillik uchun kurashlari davrida harbiy san`atni rivojlantirish. Osiyo va Amerika xalqlari. Bu xalqlarning geografik joylashuvi. Harbiy safarbarlik e`lon qilish. Osiyo va Amerika xalqlari armiyasida askarlar taminoti. Milliy ozodlik xarakatini boshlanishi va uning sabablari. Milliy ozodlik xarakati yo‘lboshchilari. Simon Bolivar. Migel’ Idalgo. Mustaqillikka erishgan davlatlarda harbiy ishning yo‘lga qo‘yilishi. Ularning qurol aslaha bilan ta`minlanishi va unda Evropa davlatlarining ishtiroki. Jahon harbiy san’ati tarixi sohibqiron Amir Temurni haqli ravishda jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifa-tida e’tirof etadi. Ul zotning harbiy iste’-dodi, asosan ikki yo‘nalishda: mohir harbiy tashkilotchi va atoqli sarkarda sifatida yorqin namoyon bo‘lgan. Temurbek tuzgan armiya o‘ta intizomli bo‘lib, buyuk sarkarda muhoraba vaqtida qo‘shin qismlarini san’atkorona boshqa-rishga, jang taqdiri hal bo‘ladigan joylarda harbiy kuchlarini o‘z vaqtida ustalik bilan yo‘llashga, har qanday to‘siq va g‘ovni tadbirkorlik bilan oshib o‘tishga, lash-karning jangovar ruhini zarur darajada saqlashga erishgan. Qo‘shinlar tarkibi Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo‘g‘uliston, Xorazm, Mozandaron, Jata singari joylardan yig‘ilgan navkarlardan iborat edi. Qo‘shin son jihatdan aniq va puxta
  • O‘zbek xalqining fashizimga qarshi kurashdagi harbiy jasorati: Insoniyat juda ko‘plab urushlarni boshidan kechirgan bo‘lib, bular ichida eng dahshatlisi, 50 mlndan ortiq kishining yostig‘ini quritgan, XX asr fojeasi bo‘lmish ikkinchi jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentabr-1945 yil sentabr) davom etgan bu urush yer sharining 80% aholisi joylashgan hududni o‘z ichiga olgan 61 ta mamlakatni qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushini Angliya, Fransiya va SSSR kabi yirik davlatlar o‘rtasidagi ixtiloflar, xususan, paydo bo‘lgan dastlabki damlaridanoq tashqi siyosat strategiyasi “jahon proletar inqilobi” mafkurasiga tayanib, butunjahon kommunistik imperiyasini tuzishga qaratilgan sovet davlati hamda Germaniya va Yaponiya kabi agressiv kuchlarning dunyoga hukmron bo‘lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushning asosiy aybdorlari jahonga hukmronlik qilish da’vosi bilan maydonga chiqqan Adolf Gitler va Iosif Stalin yurgizgan agressiv siyosat bo‘ldi. Fransiya va Angliya siyosiy yetakchilarining javobgarligi shundan iborat bo‘ldiki, ular bolshevizm xavfiga qarshi turuvchi kuchni tashkil qilish g‘oyasi bilan Germaniyada gitlerchilar partiyasining mustahkamlashuviga yordam beribgina qolmasdan, Avstriyaning Germaniya tarkibiga qo‘shib olinishiga (1938y mart) va Myunxen bitishuviga (1938 y sentyabr) yo‘l ochib berdilar. Bu esa, Ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 30-yillar oxirlarida xalqaro keskinlikning va ikkinchi jahon urushining boshlanishida Stalin boshliq sovet rahbarlari kapitalistlarni o‘zaro urushtirib, ularning kuchi kamayishi bilan qizil armiya
  • O‘zbekiston respublikasida milliy armiyaning barpo etilishi va harbiy islohotlar: O‘zbekiston respublikasining Qurolli Kuchlari 1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston respublikasi prezidenti farmoniga asosan tashkil qilingan. O‘zbekiston respublikasi Qurolli Kuchlari o‘z tarkibiga sobiq SSSRning turkiston harbiy okrugi qismlarini olgan. Respublika Qurolli Kuchlari 3 turdan iborat ular: Quruqlikdagi qo‘shinlar, Harbiy havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa kuchlari. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy tehnikasi 2255 tank, 150 samolyot, 400 BTR va BMP, 40 vertolyot, 2000 artileriya quroli va minomyot, 283 o`ziyurar to`p,va bir necha divizion C-125 zenit raketalari, 146 zenit to‘pi, 80 Grad artilerya kompleksi, 40 Uragan artileriya kompleksi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari son jihatdan O‘rta Osiyoda eng yirig hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari quruqlikdaqi qo‘shinlar soni 80000 kishini tashkil etadi. Bundan tashqari Milliy Gvardiya, IIV ning Ichki Qo`shinlari (17000), 25000 harbiy Aviatsiya Hizmatchilari,va 4 diviziya Maxsus Qo‘shinlar. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘rta Osiyodagi eng qudratli va jangovar tayorgarligi va qobiliyati eng yuqori armiya deb tan olingan. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga Quruqlikdagi qo‘shinlar, Havo Hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy Havo Kuchlari, Maxsus qo‘shinlar, chegara va ichki qo‘shinlar, Milliy xavfsizlik, favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklar va muassasalarga qarashli harbiy bo‘limlar kiradi.