Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari
Ushbu kitob "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" fanidan olingan ma'ruzalar va laboratoriya mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi. Unda mashinasozlik ishlab chiqarishda qo'llaniladigan turli dastgohlar, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, kinematikasi, sozlash usullari, jihozlarning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari va ularni hisoblash usullari yoritilgan. Shuningdek, fan tarixi, rivojlanish tendentsiyasi, sanoat robotlari, manipulyatorlar, avtomatik liniyalar va boshqa zamonaviy texnologiyalar hamda ulardan foydalanish usullari bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta'lim tizimidagi o'zgarishlar hamda mashinasozlik sanoatining rivojlanishi va mashinasozlik ishlab chiqarishida avtomatlashtirishning ahamiyati haqida ma'lumot beradi.
- Quyidagicha talablar:: - Zamonaviy avtomatlashtirilgan mashinasozlik ishlab chiqarish texnologik jihozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilish ko'lami, hisoblash asoslari va ulardan foydalanish bo'yicha yo'nalish profiliga mos bilim, ko'nikma va malaka darajasini ta'minlash. - Stanoklar klassifikatsiyasi, shakllantirish harakatlari asosidagi ishlash printsiplari, asosiy qurilmalari, muhim qismlari, avtomatik boshqarish, sanoat robotlari haqidagi ma'lumotlarni o'zlashtirish. - Ishlab chiqarish sharoitlarida ulardan munosibini tanlash usullarini o'rgatish.