Jismoniy tarbiyaning tibbiy asoslari
Ushbu kitob sport tibbiyoti va davolash jismoniy tarbiyasi fanlarini o'rganishning ahamiyatini yoritadi, jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun trenirovka jarayonini to'g'ri tashkil etish va insonlar salomatligini yaxshilashdagi rolini ochib beradi. Kitobda sport tibbiyotining vazifalari, jismoniy mashqlarning organizmga ta'siri, kasalliklarni davolash va reabilitatsiya usullari bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Sport tibbiyotining O`zbekistonda tashkil etilishi: Sport tibbiyotining predmeti, vazifalari, jismoniy tarbiya va sportning sog'liqni saqlashdagi ahamiyati, rivojlanish tarixi, sport tibbiyotining amalga oshirish yo'llari (vrach jismoniy tarbiya dispanser va kabinetlarining vazifalari) haqida ma'lumot berilgan.
- Umumiy va sport patologiyasi asoslari: Sog`liq va kasallik tushunchasi, etiologiya va patogenez, kasalliklarning sabablari, kasalliklarning ichki va tashqi omillari, tibbiyotda qo`llaniladigan ba`zi bir atamalar haqida ma'lumot berilgan.
- Sportchilarni kasallanishi va jarohatlanishi: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanganda vrach nazoratining umumiyligi va ayrimliligi, sportchilarning kasallanish sabablari, sport turlarida kasallanish darajalari, sport jarohatlari sabablari va ularni oldini olish, sport turlarida jarohatlarning o`ziga xosligi, reabilitatsiya va reabilitatsiya markazlari haqida ma'lumot berilgan.
- Vrach-pedagog nazoratining tarkibiy qismi: Vrach-pedagog nazoratining ahamiyati, vazifalari, o`ziga xosligi, anamnez, antropometriya (fizik tekshirish metodlari, somatometrik, somatoskopiya), telemetriya, organlar sistemalarining funktsional holatini tekshirish metodlari (yurak qon-tomir, nafas olish, nerv-muskul va boshqalar), funktsional probalar va testlar haqida ma'lumot berilgan.
- Bolalar va o`smirlar jismoniy tarbiyasida vrach nazorati: Yosh davrlar, bolalar va kizlar o`sishida qanday xususiyatlar mavjudligi, bolalani jismoniy tarbiyada qanday organlar funktsional holatini xisobga olish lozimligi, bolalarni funktsional holatini tekshirishda qanday tekshirish usullari qo`llaniladi, Maktabgacha tarbiya va o`quv yurtlarida vrach nazoratini olib borish nimalardan iboratligi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Sportchilarning ish qobiliyatini tiklantiruvchi vositalar: Pedagogik, psixologik va medik-biologik tiklantiruvchi vositalar, vitaminlar, oqsil preparatlari va sportda doping va unga qarshi kurash haqida tushunchalar berilgan.
- Travmatologiyada davolash mashqlari: Bilak suyaklari jarohati va elka suyagi singanda davolash jismoniy tarbiyasi, son suyagi va umurtqa pog'onasi singanda davolash jismoniy tarbiyasi, CHanoq suyagi singanda davolash jismoniy tarbiyasi va YUmshoq to`qimalar zararlanganda davolash jismoniy tarbiyasi haqida ma'lumot berilgan.
- YUrak qon-tomir sistemasi kasalliklarida mashqlari: YUrak qon tomir kasalliklariga qisqacha xarakteristika, sportchilarda yurak kasalliklari va ularni asorati, jismoniy mashqlarni yurak qon-tomir kasalliklarini davolashdagi ta`sir mexanizmi, ayrim kasalliklarda davolash mashqlari haqida ma'lumot berilgan.
- Nafas olish organlari kasalliklarida davolash mashqlari: Nafas olish organlari kasalliklariga qisqacha xarakteristika, nafas olish organlari kasalliklarida davolash mashqlari metodikasi, plevrit, zotiljam, o`pka emfizemasi, bronxit astma, o`pka sili, bronxit va boshqalar kasalliklarni davolash usullari haqida ma'lumot berilgan.
- Moddalar almashinuvining buzilishi va bo`g`im kasalliklarida davolash mashqlari: Moddalar almashuvining buzilishi va ularda davolash mashqlari, bo`g`im kasalliklari va ularni davolash mashqlari haqida ma'lumot berilgan.
- Nerv sistemasi kasallik va jarohatlarda davolash mashqlari: Nerv sistemasi jarohat va kasalliklari to`g`risida qisqacha ma`lumot, Bosh miya jarohat va kasalliklarida davolash mashqlari, Orqa miya va perifirek nerv sistemasi kasallik va jarohatlarida davolash jismoniy tarbiyasi haqida ma'lumot berilgan.
- Tayanch – xarakat organlari o`zgarishi va kasalliklarda davolash mashqlari: Qomat buzilganda davolash jismoniy tarbiyasi, Skaliozda davolash jismoniy tarbiyasi va YAssi oyoqlikda davolash jismoniy tarbiyasi haqida ma'lumot berilgan.
- Mascaj turlari va metodlari: Mascajning fiziologik ta`siri, Mascajga tayyorgarlik kurish, Mascajning umumiy metodikasi, Apparatlar yordamida mascaj haqida ma'lumotlar keltirilgan.