Jamol Kamol she’riyatida tojikcha-o‘zbekcha leksemalarning leksik-semantik xususiyatlari

Ushbu dissertatsiya mavzusi Jamol Kamol she'riyatida tojikcha-o'zbekcha leksemalarning leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Tadqiqot jahon tilshunosligida, xususan lingvopoetika va lingvokulturologiya yo'nalishlarida badiiy asarlar tilini o'rganishning dolzarbligidan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. Tadqiqot Jamol Kamol ijodida tojik va o'zbek tillarining o'zaro aloqadorligini, leksemalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahon tilshunosligida muayyan xalqning adabiy tili taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan ijodkorlarning badiiy asarlari tilini turli leksik-semantik, lingvopoetik va lingvokulturologik aspektlarda o'rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Badiiy asarlar tilining badiiy-estetik, lug'aviy-ma'noviy va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish hamda adabiy tildagi mazkur jihatlarning taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlash filologiya fani uchun dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda. O'zbek va tojik tillarining lisoniy mushtarakligini, o'zaro ta'siri masalalarini Jamol Kamol she'riyati misolida tadrijiy rivojlanishini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish zarurati mavjud.
  • Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida Jamol Kamol she'riyatidagi tojik va oʻzbek adabiy tillariga mansub leksik birliklar belgilangan. Tadqiqotning predmeti Jamol Kamol she'riyatida tojikcha va oʻzbekcha leksemalarning leksik-semantik tahlili tashkil etadi.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Jamol Kamol she'riyati leksikasidagi tojikcha-o'zbekcha leksemalarning qoʻllanish darajasi, genetik asosi, oʻzaro nisbati, faollik darajasi, miqdori, mavzuviy guruhlari aniqlanib, ikki tilga xos soʻzlarning metaforik, metonimiya va sinekdoxa kabi leksik-semantik xususiyatlari ochib berilgan. Shoir she'rlarida hayot osmoni, umid ummoni kabi metaforalarning poetik-estetik tabiati hamda soʻz, ibora, omonim, antonim va she'riy san'atlarni ta'minlovchi lingvopoetik imkoniyatlari isbotlangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Tadqiqot natijalarida chiqarilgan ilmiy xulosalar kelgusida ijtimoiy va falsafiy yoʻnalishdagi ilmiy izlanishlar uchun qimmatli manba boʻlib xizmat qilishi, tilshunoslik va adabiyotshunoslik doirasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ilmiy tadqiqotlar yaratish uchun foydalanish mumkinligi aniqlangan. Jamol Kamol ijodi orqali tojik va oʻzbek tilining oʻzaro aloqadorlik oʻrinlari belgilangan. Ushbu mavzu tadqiqi natijasida chiqarilgan xulosalar tilshunoslikda muhim ilmiy-nazariy ma'lumotlar berishiga, ijodkor she'riyatining oʻziga xos jihatlari borasidagi nazariy-amaliy mashg'ulotlarning tashkil etilishiga xizmat qilishi mumkin.