Klasterli yondashuv asosida talabalarning verbal intellektini rivojlantirish metodikasi (informatika o‘qitish texnologiyasi va loyihalash fani misolida)

Ushbu dissertatsiya avtoreferati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2022.3.PhD/Ped3910 raqami bilan roʻyxatga olingan. Dissertatsiya Chirchiq davlat pedagogika universitetida bajarilgan. Ushbu tadqiqot O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati jahon tajribasida ta'limni rivojlantirishning bosh omillaridan biri sifatida e'tirof etilayotgan talabalarning verbal intellektini rivojlantirish masalasi YUNESKO tomonidan Janubiy Koreya Respublikasining Incheon shahrida 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim konsepsiyasida 'Butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish' kabi belgilangan vazifalar ijrosi oʻz vaqtida ta'minlanishi, oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchilarni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalanib ta'limni olib borish asosida ularda verbal intellekt, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini kengaytirishning nazariy asoslari hamda metodik ta'minotini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
  • Tadqiqotning vazifalari:: Talabalarning verbal intellektini rivojlantirishda klaster yondashuvining pedagogik-psixologik imkoniyatlarini aniqlash; Bo'lajak informatika oʻqituvchilarida verbal intellektni rivojlantirishning klaster modelini takomillashtirish; Talabalarning verbal intellektini rivojlantirish texnologiyalarini rivojlantirish; Bo'lajak informatika oʻqituvchilarining verbal intellektini rivojlantirishning metodik ta'minotini takomillashtirish.
  • Tadqiqotning maqsadi: Klasterli yondashuv asosida bo'lajak informatika o'qituvchilarining verbal intellektini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Talabalarning verbal intellektini rivojlantirishda klaster yondashuvining ma'lumotlar taqdim shakli va ulardan foydalanish reglamentini monitoring qilishga yo'naltirilgan pedagogik, kasbiy muloqotda barqarorlikka erishish kabi psixologik imkoniyatlari analiz va sintezning ijtimoiy-adaptiv oriyentatsiya darajalariga koʻra aniqlashtirilgan; Bo'lajak informatika oʻqituvchilarida verbal intellektni rivojlantirishning klaster modeli pedagogik faoliyat subyektlarida axborot muhitini ta'minlashning “motiv-reja-qaror