Turk xoqonligi davri Choch vohasi chorvadorlari madaniyati

Ushbu kitob Oʻzbekiston arxeologiyasi, xususan, Turk xoqonligi davridagi Choch vohasi chorvadorlari madaniyatini ilmiy tadqiq etadi. Tadqiqotda ushbu davr chorvadorlarining moddiy madaniyatini, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy hayotini, shuningdek, ularning siyosiy va ma'muriy tuzilmalarini oʻrganishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Choch vohasi tarixiy-geografik oʻrni va arxeologik tadqiqoti: Ushbu bo'limda Choch vohasining tabiiy sharoiti, Chorvoq hududi, arxeologik joylar, jumladan, Soʻngak qabristonining oʻrni, tavsifi va tadqiqot tarixi haqida ma'lumot beriladi.
  • Turk xoqonligi davri chorvadorlari madaniyatining arxeologik va moddiy-madaniy jihatlari: Bu bo'limda So'ngak qabristonidan topilgan moddiy madaniyat namunalari, jumladan, sopol buyumlar, temir va suyakdan yasalgan buyumlar, shuningdek, ot anjomlari va diniy e'tiqodlar, ko'mish udumlari atroflicha o'rganilgan.
  • Turk xoqonligi davri siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy jarayonlar: Ushbu bobda Choch vohasining siyosiy-ma'muriy boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, chorvadorlarning diniy dunyoqarashi va ot kulti kabi masalalar tahlil qilingan.