Andijon viloyati sharoitida g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosilini ta’minlovchi resurstejamkor agrotexnologiyalarning ilmiy asoslari

Ushbu dissertatsiya Andijon viloyati sharoitida gʻoʻzadan yuqori va sifatli paxta hosilini ta'minlovchi resurstejamkor agrotexnologiyalarni ilmiy asoslarini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda chigit ekish usullari va tizimlarining tuproqning agrofizik, suv-fizik va agrokimyoviy xususiyatlariga, gʻoʻza oʻsimligining oʻsishi, rivojlanishi va paxta hosildorligiga ta'sirini ilmiy asoslashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari asosida paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari va klasterlar uchun tavsiyanomalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya ishining dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi, tadqiqot usullari, muammoning oʻrganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy etilganligi, aprobatsiyasi va nashrlari hamda hajmi va tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
  • Chigit ekish usullari va tizimlarining gʻoʻza oʻsimligining oʻsishi, rivojlanishi va paxta hosildorligiga ta'siri: Ushbu bobda dissertatsiya mavzusi yuzasidan xorijiy va mahalliy sharoitlarda olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar sharxlangan. Shuningdek, chigitlarni turli ekish usullari va tizimlarini tuproqning agrofizik, suv fizik xossalariga va agrokimyoviy xususiyatlariga, gʻoʻza oʻsimligini oʻsishi, rivojlanishi, hosil elementlarining shakllanishi hamda paxta hosiliga va sifat ko'rsatkichlariga ta'siri yuzasidan ma'lumotlar keltirilgan.
  • Tadqiqot olib borilgan xududning geografik joylashuvi, tuproq va iqlim sharoiti, tadqiqot olib borish usuli va uslublari: Ushbu bobda tadqiqot o'tkazilgan xududning geografik o'rni, tuproq-iqlim sharoitlari va tadqiqot oʻtkazish uslublari, tajriba maydoni tuprogʻining dastlabki agrofizik va suv fizik xossalari hamda agrokimyoviy xususiyatlari, tuproq va oʻsimliklar ustida olib boriladigan tahlillar va fenologik kuzatuvlar uslublari hamda qoʻllanilgan agrotexnik tadbirlar boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan.
  • Chigit ekish usullari va tizimlarining tuproqning agrofizik, suv-fizik va agrokimyoviy xossalariga ta'siri: Ushbu bobda turli usul va tizimlarda chigit ekishni tuproqning hajm massasiga, gʻovakligiga, suv oʻtkazuvchanligiga, fraksiyalar oʻlchamiga, agregatlar miqdoriga, agrokimyoviy xususiyatlariga, tuproq haroratining oʻzgarishiga ta'siri boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
  • Chigit ekish usullari va tizimlarini gʻoʻzaning oʻsishi, rivojlanishi va paxta hosiliga ta'siri: Ushbu bobda chigit ekish usullari va tizimlarini nihollarning unib chiqish dinamikasiga va koʻchat qalinligiga, oʻsuv davrida sugʻorish muddatlari va me'yorlariga, gʻoʻza oʻsimligining oʻsib rivojlanishiga va hosil elemetlarini shakllanishiga, paxta hosildorigiga, tolaning texnologik sifat koʻrsatkichlariga, ta'siri boʻyicha ma'lumotlar bayon qilingan.
  • Ishlab chiqarish sharoitida olib borilgan tadqiqotlar va ularning natijalari: Ushbu bobda 2022 yilda ishlab chiqarish sharoitida olib borilgan sinov tajriba natijalari bayon etilgan. Tajriba variantlar oʻrtasida chigitli paxta hosildorligi aniqlanganda, pushtaga plyonka toʻshab, chigitlar qoʻshqator qilib, 90x(60x30)x12-1 va (76x38)x9,7-1 tizimlarda ekilganda paxta hosildorligi oʻrtacha 38,0-40,4 ts/ga, rentabellik koʻrsatkichi 28,8-34,6 foizga teng boʻlib, pushtaga plyonka toʻshab, chigitlar yakka qator qilib, 90x10-1 tizimda ekilganda paxta hosildorligi 40,4 ts/ga, boshqa variantlarga nisbatan qoʻshimcha hosil olingan va rentabellik oshganligi aniqlangan.