Andijon viloyati xududlarida etishtirilayotgan tut o’simligiga ekologik omillarning ta’siri va muhofazasi
Ushbu tadqiqot Andijon viloyati sharoitida tut daraxtining ekologik omillarga nisbatan ta'sirini va uni himoya qilish usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda turli tut navlarining biologik va hosildorlik ko'rsatkichlari tahlil qilingan. Shuningdek, tut parvonasi hamda uning zararli organizmlariga qarshi biologik va kimyoviy kurash usullari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari asosida tutzorlarni rivojlantirish va parvarishlash bo'yicha takliflar berilgan.