Bulutli texnologiyalari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya avtoreferati
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, obyekt va predmet, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi, e'lon qilinganligi, ishning tuzilishi haqida ma'lumotlar kiritilgan.
- Birinchi bob: Bo'lajak oʻqituvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish pedagogik muammo va bulutli texnologiyalar raqamli kompetentlikni rivojlantiruvchi vosita sifatida qaralib, bu vositadan boʻlajak o'qituvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantiruvchi pedagogik imkoniyatlari yoritib berilgan.
- Ikkinchi bob: Bulutli texnologiyalari vositasida raqamli kompetentligini takomillashtiruvchi model, raqamli kompetentligini rivojlantirish bosqichlari, mazmuni bo'lajak oʻqituvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish mexanizmi bayon etilgan.
- Uchinchi bob: Bulutli vositalar orqali talabalarining raqamli kompetentligini rivojlatirishning baholash mezonlari va darajalari, samaradorligi, tajriba-sinovning tashkil etilishi va natijalarining tahlili bayon qilingan.
- Xulosa: Olingan ilmiy-pedagogik muammolar tahlil qilingan va bulutli texnologiyalar vositasida bo'lajak o'qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
- Tavsiyalar: Bo'lajak oʻqituvchilarning harakatlarni rejalashtirish, oʻz-o'zini tanqid qilish va introspeksiya qilish, loyiha faoliyatidagi ko'nikmalarni rivojlantirish, individual ta'lim trayektoriyasini boshqarish qobiliyatlarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta'minlash hamda raqamli jamiyat tomonidan talab qilinadigan kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lish uchun oʻquv va kognitiv faoliyatga kasbiy oʻzini oʻzi belgilash vazifalarini bulutli texnologiyalar vositasida amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.