Xalqlar buyuk ko‘chishining german tillari shakllanishidagi roli
Ushbu dissertatsiya Xalqlar buyuk koʻchishining german tillari shakllanishidagi rolini tadqiq etadi. Tadqiqotda ushbu hodisaning Yevropa tillariga, xususan, german tillariga ta'sirining lingvistik, tarixiy va sotsiologik jihatlari koʻrib chiqiladi. Jumladan, german tillarining fonetik, grammatik tuzilishi va lug'at boyligida yuz bergan oʻzgarishlar, shuningdek, turkiy va german tillari o'rtasidagi kontaktlarning ta'siri tahlil qilinadi.
Asosiy mavzular
- Tarixiylik tamoyili va uning hozirgi zamon tilshunosligidagi talqini: Bobda tilshunoslikda tarixiylik tamoyilining hozirgi zamon talqini, uning mohiyati va o'rganilish holati tahlil qilinadi. German tillari tarixini oʻrganish, Xalqlar buyuk koʻchishining hozirgi kundagi tarixiy va tilshunoslikdagi talqini hamda gunnlarning tili haqidagi masalalar koʻrib chiqiladi.
- Xalqlar buyuk koʻchishining german tillari shakllanishidagi roli: Ushbu bobda Xalqlar buyuk koʻchishining Yevropa lingvistik xaritasining shakllanishiga ta'siri, german va turkiy tillar oʻrtasidagi kontaktlarning rolini, ularning ahamiyati, fonetik, grammatik tuzilishi va lug'at boyligidagi oʻzgarishlar tahlil qilinadi.
- Xalqlar buyuk koʻchishining german tillari fonetik, grammatik strukturalari va lug'at boyligi taraqqiyotiga ta'siri: Bobda Yevropa qit'asidagi Xalqlar buyuk koʻchishi natijasida yuzaga kelgan oʻzgarishlarning sotsiolingvistik tabiati, g'arbiy german tillari fonologiyasidagi tovush koʻchishlari, german tillari lug'at tarkibini boyitishda xizmat qilgan innovatsiyalar va ularning sodir bo'lishida mavjud boʻlgan sotsiolingvistik fon, qadimgi german tillaridan roman tillariga kirib kelgan toponim va antroponimlar tahlil qilinadi.
- Xalqlar buyuk koʻchishining german va turkiy xalqlari oʻrtasidagi kontaktlarning tillar strukturasiga koʻrsatgan ta'sirining funksional tahlili: Ushbu bobda german va turkiy tillaridagi oʻzaklar strukturasi tahlil qilinib, ular oʻrtasidagi yaqinlik va oʻxshashliklar lingvogenetik jihatdan asoslanadi. Bundan tashqari, Yevropa lingvistik xaritasining shakllanishida Xalqlar buyuk koʻchishining oʻrni va roli, tilning turli qatlamlarida zohirlanishi va politk-iqtisodiy omillarning tahlili beriladi.