“Turkiy filologiyaga kirish” fanidan ma’ruza matni
Kitob turkiy filologiyaga kirish fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, unda turkiy tillarning kelib chiqishi, rivojlanishi, tasnifi, tarixi, madaniyati va etnografiyasi kabi masalalar yoritilgan. Kitobda turkiy tillarning oltoy tillari orasidagi o'rni, turkiy filologiya va turkshunoslik fanining yuzaga kelishi, turkiy xalqlarning etnogenezi, turkiy yozuvlar tarixi, qadimgi turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari, qadimgi va hozirgi turkiy tillarning munosabatlari, turkiy tillar qurumi, hozirgi turkiy xalqlarning madaniy-etnografik tarixi kabi mavzular batafsil ochib berilgan.