Innovatsion iqtisodiyot

Ushbu kitob “Innovatsion iqtisodiyot” fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni, fanning maqsadi va vazifasi, ilmiy-uslubiy asoslari, innovatsion faoliyatni rivojlantirish omillari, shuningdek, Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimi, intellektual kapital, intellektual mulkni shakllantirish va boshqarish, ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash, innovatsion menejment strategiyalari, innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi, iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish zaruriyati, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, korxonalarda eksport salohiyatni oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish, innovatsion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish va boshqa tegishli mavzularni oʻz ichiga oladi.

Asosiy mavzular

  • Innovatsion iqtisodiyot fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni: Ushbu fan mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot dasturini amalga oshirishdagi roli, innovatsion rivojlanishini belgilovchi omillari, innovatsion faoliyatni boshqarishning muhim muammolari, sanoat korxonalarida ilmiy loyihalarning mohiyati va ularni ishlab chiqarishga joriy etish, innovatsion taraqqiyotni ta’minlovchi omillar, sanoatda innovatsion taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchlar, barqaror iqtisodiy yuksalishini ta’minlovchi omillar, zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarni rivojlantirishning prinsipial xususiyatlari va yo‘nalishlari kabi masalalarni qamrab oladi.
  • Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari: Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida, innovatsiyalarni joriy etish, milliy korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsion faoliyatni rivojlantirish insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylanmoqda. Innovatsion faoliyatni doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‘zgarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
  • Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslari: Innovatsiya faoliyat infratuzilmasini ahamiyati. Innovatsion infratuzilmani shakllantirish. Ilmiy-texnologik va innovatsion salohiyat. Innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar transferi. Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasi. Ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, injiniring markazlari, texnoparklar, biznes-inkubatorlar, tajriba markazlari, ekspertiza markazlari, kichik innovatsion firmalar, intellektual mulkchilik bo‘yicha axborot markazlari.
  • Innovatsion faoliyat infratuzilmasini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari: Fan, ta’lim va ishlab chiqarish tizimlari innovatsiyasi. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat.Innovatsion faoliyat infratuzilmasini tashkilish-iqtisodiy mexanizmi. Innovatsion ishlanmalarni loyihali moliyalashtirish. Innovatsion klaster faoliyatini konsession mexanizimi. Innovatsion mahsulotlarni raqobatbardolikka ta’sirini baholash. Innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar transferini rivojlantirish. Innovatsion bozorni rivojlantirish. Innovatsion iqtisodiyotda samarali integratsion aloqalarni tashkil etish va risklarni samarali boshqarish.
  • Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari: Korxonada innovatsion faoliyatda iqtisodiy usullarni ahamiyati. Innovatsion boshqarish konsepsiyalari. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari. Mehnat motivatsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy usullarini tadbiq etish. Innovatsion faoliyatni iqtisodiy samaradorligi. Korxonaning innovatsion salohiyati. Innovatsiyalarning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni. Korxonaning innovatsion salohiyati va uning elementlari.
  • Innovatsion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish: Innovatsion tizimda inson omili. Inson omilining tarkibiy-tashkiliy tuzilmasi. Inson omilining faollik darajasini baholash mezonlari. Inson omilini faollashtirishning tashkiliy-iqtisodiy samaradorligini baholash. Inson resurslarini boshqarish konsepsiyasi. Innovatsion sohada personalni boshqarish xususiyatlari. Kadrlarni boshqarish startegiyasining mohiyati va turlari. Inson omili strategiyasi. Kadrlarni tanlash, baholash va vazifalarga tayinlash tizimi. Moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi. Malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi.
  • Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish: Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini faoliyati shartlari va asosiy tamoyillari. Innovatsion xizmatlar bozorining salohiyatini aniqlash yo‘llari. Innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. Hududda innovatsion xizmatlar faolligini ta’minlovchi va to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash. Innovatsion xizmatlar faoliyatini rag‘batlantirish mexanizimini shakllantirish. Innovatsion xizmatlar faoliyatini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish yo‘llari.
  • Innovatsiyalarning sohalar bo‘yicha turlari: Innovatsion siyosat. Innovatsion loyihalar. Innovatsion jarayonlarda aloqalarni tarmoqli modeli. Iqtisodiy sohasidagi innovatsiyalar. Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasi. Texnologik innovatsiyalar. Marketing innovatsiyalari. Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar. Tashkiliy va biznesni yuritishdagi innovatsiyalar. Innovatsion hamkorlikda shartnoma munosabatlarini belgilash.
  • Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish: Innovatsion texnologiyalar va ulardan korxonalarda foydalanish zarurati. Davlatning innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlari. Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir qiluvchi omillar. Ilmiy-texnika taraqqiyotini boshqarishning huquqiy asoslari. Korxonada innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishda innovatsion klaster strategiyalaridan foydalanish. Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari. Innovatsion rivojlanish indekatorlari. Innovatsion texnalogiyalarni erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlanishiga ta’siri.
  • Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan foydalanish: Faol innovatsion-investitsion siyosat. Ilg‘or mamlakatlar innovatsion faoliyatini o‘rganish. AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, MDH va boshqa mamlakatlarini tajribalari. “Fan – innovatsiya – investitsiya - ishlab chiqarish” zanjiri ekspremental va amaliy ishlanmasi.
  • Korxonalarda eksport salohiyatni oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish: Korxonalarga innovatsion marketing joriy etishning nazariy-uslubiy asoslari. Innovatsion marketing turlari va uni eksport amaliyotiga joriy etish. Innovatsion marketing texnologiyalarini joriy etish muammolari. Korxonalarda eksport imkoniyatlarini kengaytirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari. Innovatsion marketingni joriy etish istiqbollari. Korxonalarni eksport faoliyatida innovatsion marketingni rivojlantirishning institutsional asoslarini takomillashtirish.
  • O‘zbekiston milliy innovatsion tizimi: O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning dolzarbliligi. Bilim, yaratish va innovatsiya iqtisodiy tizim raqobatbardoshligini ta’minlashning bosh omili sifatida. Mamlakatning innovatsion rivojlanish strategiyasi va 2030 yilgacha global innovatsion rivojlanish indekisini belgilovchi ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi. O‘zbekistonning jahon bozoridagi fan sig‘imi yuqori mahsulotlardagi roli va o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining milliy innovatsion tizimdagi roli. Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari. Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi. Innovatsion faoliyatni axborot ta’minoti. Kadrlar ta’minoti. Davlat ilmiy texnik dasturi va uni bajarilishini muvofiqlashtirish va manitoring tizimi. Intellektual mulk huquqini himoyalash tizimi.
  • Intellektual kapital, intellektual mulkni shakllantirish va boshqarish: Intellektual kapitalning mohiyati va tarkibiy tuzilishi. Insondagi intellektual qobiliyat. Insonning rivojlanishi, bilim olishi, ixtiro qilishiga tabiiy intilishi va ijodi mahsulidan iqtisodiy samara olishi. Ijodiy salohiyat. Jahon-moliyaviy iqtisodiy inqiriozi sharoitida iqtisodiy rag‘batlantirishning eng maqbul usuli. Intellektual salohiyat natijalariga va mulkchilik huquqiga ega bo‘lish. Intellektual ijod natijalari. Intellektual mulkni tijoratlashtirishning mohiyati va amalga oshirish bosqichlari. Intellektual kapitalning qiymat modeli. Intellektual mulkni innovatsiyaga aylantirish jarayoni. Inttelektul mulkni yaratish, baholash, huquqiy muhofazasini ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari. Ixtiro, patent, sanoat namunalari, tovar belgilari huquqiy himoyasini tashkil etish. Intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash. Intellektual mulk fuqarolik huquqining kichik sohasi sifatida. Patent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirokchilarining individuallashtirish vositalarini muhofazalash. Noan’anaviy ob’ektlarni muhofazalash. Mualliflik huquqi va sanoat mulki. Intellektual mulkni boshqarish tizimi. O‘zbekistonda intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofazalash sohasidagi amaldagi qonunchilik. Xalqaro shartnomalar va kelishuvlar.
  • Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash: Ilmiy kashfiyotlarning mohiyati va asosiy turlari. Ilmiy kashfiyot ustunligi. Kashfiyotlarni aniqlash. Ixtiro va litsenziyalash. YAngi g‘oya. Texnik echim. Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash innovatsion loyihalarni boshqarishning o‘ziga xos ob’ekti sifatida. Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash bozori. Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalashni innovatsiyalashtirish strategiyasi va ular bo‘yicha to‘lovlar tartibi. Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash huquqi, tijorat sirlari va ularning turkumlanishi. Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalashga O‘zbekiston Respublikasida talabnoma tuzish qoidalari.
  • Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari: Zamonaviy innovatsion strategiyalarning mohiyati va turlari. Innovatsiyalar menejment konsepsiyasi. Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalarni natijalarini tijoratlashuvi strategiyasini ishlab chiqishda maqsadli bozor tahlili. YAngi mahsulot va texnologiyalarni bozorga kirish strategiyasi. YUqori texnologik mahsulotlarning menejment xususiyatlari. Bozorga kirishning diffuziya modeli. YUqori texnologik mahsulotlar xaridorining xususiyatlari. Bozorni baholash. CHegaraviy narx. Narxni belgilash usuli. Intellektual mulk bozori parametrlari innovatsiyaning tijorat potensialini baholash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot sifatida.
  • Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish: Innovatsion marketingni mazmun-mohiyati. Innovatsion faoliyatni tashkil etish jarayonlari. Innovatsion marketing tushunchalari. Innovatsion marketinga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Innovatsion marketingni qo‘llash uslubiyoti. Innovatsion marketin faoliyati samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tukumi. Innovatsion marketing salohiyatini baholash. Innovatsion marketing faoliyati samaradorligini oshirish. Innovatsion mahsulotlar bozorida narxning shakllanishi va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Ilmiy tadqiqot va texnologik hujjatlarni tijoratlashtirish tizimi va ularning huquqiy muhofazasi. Innovatsiya bozorida marketing jarayonida raqobatchilar ta’sirini bashoratlash va raqobatni bartaraf etish choralari.
  • Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi: Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi. Innovatsion kompaniyalar ustav kapitalini shakllantirishning xususiyatlari. Innovatsiyalarning turli hayot bosqichlarida moliyalashtirishning tartibi. Davlat innovatsion dasturlarini moliyalashtirish va uning asosiy bosqichlari. Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan innovatsion loyihalar. Moliyalashtirish manbalari. Davlat grantlari. Vunchur fondlarning tashkil etilishi va faoliyatini boshqarish. Moliyalashtirish darajasini aniqlash usullari. Korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish. Joriy xarajatlar. Kapital xarajatlar. Ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish manbalari. Loyihalar va ularning turlari. Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda xalqaro tashkilotlarning roli. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning xorij tajribasi.
  • Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish zaruriyati: Innovatsion iqtisodiyotda klasterlar siyosati. Innovatsion texnologiyalarni amalga oshirishda klaster usullarni qo‘llashni ahamiyati. Innovatsion faoliyatni klaster usulida qo‘llashda uni davlat tomonidan boshqarish. Innovatsion klasterlar va ularni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasi. Mintaqa va xalqaro innovatsiyalar almashinuvi. SHartnoma munosabatlarini belgilash. Istiqbolli ishlab chiqarish va texnologiyalar sxemasi. Innovatsion klasterlarni turlari. Innovatsion klasterlarni tashkil etish afzalliklari. Intellektual klasterlar. Sanoat klasterlari. Texnologik klasterlar. Innovatsion klasterlar bo‘yicha strategik dasturlar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish.