Innovatsion menejment
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Namangan muhandislik pedagogika instituti tomonidan tayyorlangan "Innvatsion menejment" fani boʻyicha oʻquv-uslubiy majmua boʻlib, unda menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, usullari, shakllari, investitsiyalari, yangiliklar, innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari, marketingi hamda moliyalashtirish kabi muhim masalalar qamrab olingan. Shuningdek, ushbu kitobda innovatsion menejmentning nazariy va amaliy jihatlari, tadqiqot uslublari, hamda innovatsion faoliyatni baholash mezonlari ham keltirilgan.